VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
O'zbekistonda Internet axborot vositalari ta'qibga uchramoqda


27/02/2009

Xalqaro tashkilotlar nazarida, totalitar mamlakatlarda Internetdagi axborot resurslari ta'qib ostiga olinmoqda. Jumladan rasmiy Toshkentning so`z erkinligi borasida islohotlar o`tkazish va`dasi hanuz va`daligicha qolmoqda. Matbuot mutlaq nazoratga olingan bir paytda ta'qiblar endi ko`proq Internetdagi mustaqil axborot manbalari va Internet jurnalistlariga qaratilmoqda.

O`zbekistonda Internetning o`rni kengaymoqda, undan foydalanuvchilar soni 2 million atrofida.

Biroq shu bilan birga Internet axborot vositalariga to`siq qo'yish ham keng quloch yozmoqda.

Internetni nazorat etuvchi idoralar tomonidan ta`qiqlangan saytlar maxsus ro`yxati tuzilgan.
Unga O`zbekistondagi hayot haqida ma'lumot tarqatuvchi barcha mustaqil axborot vositalari kiritilgan.

""Amerika ovozi", "Ozodlik", "BBC" sahifalarini ochish qiyin. Ayrim Internet kafelarga kirsangiz, O`zbekistonga qarshi qaratilgan saytlarga kirish man etiladi yoki jarima solinadi deb yozib qo`yilgan. Lekin bunday saytlar nomlari ko`rsatilmagan", - deydi mustaqil jurnalistlardan biri. 

Matbuot Qirg`iziston, Qozog`iston, Tojikistonda ham rivojlanmoqda. Qo`shni davlatlarda nafaqat  Internet nashrlar, balki mustaqil gazetalar ham qiyinchilik bilan bo`lsada faoliyatini davom ettirmoqda.

O`zbekiston mintaqada aholi soni jihatdan axborot bozorining eng yirik iste`molchisi bo`lishi mumkin.

Biroq erkin matbuot, jumladan Internet jurnalistikasining keskin ta`qibga uchrayotgani axborot bo`shlig`ini kengaytirmoqda.   

Yaqinda so`z erkinligi bilan shug'ullanuvchi bir nechta xalqaro tashkilot hisobot e`lon qilgan. O`zbekiston ana`naviy tarzda bu hisobotlarda so`nggi o`rinlardan birini egallab keladi. Hukumat bunday hisobotlarni inkor etadi. Mamlakatda demokratik islohotlar o`tkazilayotgani, so`z erkinligi rivojlanayotgani yuqori minbarlardan ham takrorlanadigan so`zlar.

"Hukumatning so`z erkinligi ta`minlangani haqidagi gaplari ko`zbo`yamachilik xolos. Haqiqatda esa mamlakatda so`z erkinligini ta`minlash, axborot vositalarini demokratlashtirish uchun biror ish qilinayotgani yo`q", - deb hisoblaydi mustaqil jurnalist.

Erkin so`z imkoniyatidan nafaqat jurnalistlar, balki muxolif partiyalar ham mahrum. O`zbek muxolifatiga tegishli Internet sahifalarga kirish ham ta`qiqlangan.

"Internet odamlar hayotiga kirib keldi. Axborot vositasi sifatida o`rin egalladi. Internetni ham xuddi matbuot, radio, televideniye kabi qo`lga olaman deyish imkonsiz va axmoqona ish. O`zbekistonda haqiqiy axborot va axborot manbasini yo`q qilish, uni obro`sizlantirishga harakat juda kuchli", -  deydi muxolifatdagi "Erk" partiyasi bosh kotibi Otanazar Oripov.

Ma`lumotlarga ko`ra Markaziy Osiyoda Internet jurnalistikasini ta`qiqlash tajribasi faqat O`zbekiston va Turkmanistonda qo`llanadi.

O`zbekistonda Internetdagi tanqidiy maqolalari bilan tanilgan bir necha jurnalist qamoqda saqlanmoqda.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
Xitoy Shinjonda "taraqqiyot", uyg'urlar "ko'zbo'yamachilik" demoqda

  Boshqa xabarlar
Saudiya Arabistoni haj kunlari xavfsizlik va salomatlikka ko'z-quloq
Afg'oniston hukumati ayrim toliblar bilan muloqotga kirmoqchi
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available