VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Faollar: Huquqiy ahvolni tuzatish jamoatchilik qo'lida


04/03/2009

[insert caption here]
Sharhlovchilar fikricha, G'arb-O'zbekiston aloqalari bir qadar iliqlashgan pallada bosim kuchaygani xavotirli
Marg’ilondagi “O’tyuraklar klubi” inson huquqlari tashkiloti raisi Mo'tabar Tojiboyeva AQSh hukumatining "Mard ayol" xalqaro mukofoti bilan taqdirlanmoqda. 

Jahonda jami olti ayol shunday sovringa loyiq topilgan. 

Ular mukofotni kelasi hafta Vashingtonda o’tkaziladigan marosimda AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton qo’lidan qabul qiladi.

Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilotlar O`zbekistonda mustaqil jurnalistlarga o’tkazilayotgan tazyiqdan tashvish bildirar ekan, mahalliy nodavlat tashkilotlar vaziyatni o’zgartirish uchun faoliyatni kuchaytirishi kerak deydi.

Markazi AQShda bo`lgan Jurnalistlarni himoya qilish qo`mitasining (Comittee to Protect Journalists) so’nggi bayonotida O`zbekiston tilga olinadi.

Unda mustaqil jurnalist Dilmurod Sayid va Kushodbek Usmonovni ozod qilish talab etiladi.
Andijonlik mustaqil jurnalist Kushodbek Usmonov bezorilikda ayblangan. Ayni paytda sud jarayoni ketmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Usmonov huquq-tartibot organlari faoliyati haqida tanqidiy maqola chop etgan.

“U  kishi ko'p maqolalar yozgan, bu maqolalar gazeta, jurnallarda bosilgan. Ustidan tuhmat qilishayapti”, - deydi Kushodbek Usmonovning turmush o'rtog'i.    

So'nggi tazyiqlardan keyin O’zbekistonda Vijdon tutqinlarini ozod qilish qo’mitasi xalqaro jamoatchilikka murojaat qilgan edi. Unda qamoqdagi 9 jurnalistni ozod etishda yordam so’raladi.

O'zbekiston hukumatiga, xalqaro jamoatchilikka bunday murojaatlar takror va takror yuborilgan, biroq samarasi kuzatilmagan.

Sharhlovchilar fikriga ko'ra, bosimlar O'zbekiston-G'arb aloqalari bir qadar iliqlashgan pallada kuchaygani xavotirli.

Vijdon tutqinlarini ozod qilish qo`mitasi rahbari Bahodir Nomozovning aytishicha, tazyiqlar to`xtashi uchun ichkaridan faolroq harakat qilish kerak.

“Murojaatimizga ko’plab tashkilotlardan javoblar oldik, lekin natijaga erishish uchun ichkarida biror harakat bo`lishi kerak. O`zimizdagi jurnalistlar bu murojaatni qo`llab-quvvatlashi kerak. Ichkaridan harakat bo`lmasa,  tashqaridan bir natijaga erishish qiyin”, - deydi Nomozov.

So`nggi yillarda o`nlab mustaqil jurnalistlar, huquq himoyachilari O`zbekistondan chiqib ketishga majbur bo`ldi.

Shoir Yusuf Juma, huquq himoyachisi A’zam Turg’unov, mustaqil jurnalist Solijon Abdurahmonov birin-ketin turli ayblar bilan qamoqqa tashlandi.

Ochiq tanqidiy maqolalari bilan jamoatchilikka tanilgan jurnalistlardan yana biri, Dilmurod Sayid ta`magirlikda ayblanib, hibsga olindi.

Dilmurod Sayid qamoqxonadan chiqargan xatida o’ziga nisbatan ayblovlar soxta ekanini jamoatchilikka yetkazishni so`raydi. 

“Bu xat hozir menda turibdi”, - deydi “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati vakili Abdurahmon Tashanov.

O`zbekiston Oliy sudi giyohvand moddalar savdosida ayblanib, 10 yilga qamalgan mustaqil jurnalist Solijon Abdurahmonovning ishini qayta ko`rish uchun Qoraqalpog`iston Oliy sudiga qaytargan.

“Ish avval qonunlar buzilgan holda ko`rilgan edi. Lekin hozirch aynan nimalarga bog`liqligini aniqlay olmadim. Fevral oyida akamni uyidagilari ham, men ham ko`rib keldik. Ahvoli yaxshi, agar biz ko`rgandan keyin biror kor-hol bo`lmagan bo’lsa”, - deydi Solijon Abdurahmonovning ukasi Bahrom Abdurahmonov.

Tashanovning aytishicha, bosimlar muxolif fikrini ochiq atymagan faollarni ham chetlab o'tmayapti.

“U xatida men hech qachon davlatga qarshi bo`lmaganman, prezident siyosatini qo`llaganman, Qishloq farovonligi yili munosabati bilan maqolalar e`lon qilganman, deb yozgan. Lekin bular inobatsiz qolgan. Kattaqo`rg`on qamoqxonasiga borgan ota-onasiga issiq kiyim kiygizishga ham ruxsat berishmagan”, - deydi Tashanov.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available