VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Mo'tabar Tojiboyeva AQSh bergan mukofotni xalqiga bag'ishladi


11/03/2009

Mo'tabar Tojiboyeva va Mishel Obama
Mo'tabar Tojiboyeva fikricha dunyo ahli O'zbekistonda huquq ahvoli tashvishga molik ekanini tan olmoqda
AQSh hukumati jahonning sakkiz ayolini mard va jasoratli insonlar deb tan olib, ularni oliy mukofot (International Women of Courage - wm-video) bilan taqdirladi.  

Sovrindorlardan biri - Mo'tabar Tojiboyeva, 2005 yilning oktabridan 2008 yilning iyunigacha O'zbekistonda qamoqda o'tirgan faol.  

Mukofot Vashingtonda AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton tomonidan topshirildi. Marosimda prezident rafiqasi Mishel Obama ham ishtirok etgan.  

Mo'tabar Tojiboyeva qatorida bu unvonga Afg'onistondan Vajma Farog', Malayziyadan Ambiga Shrinivasan, Rossiyadan Veronika Marchenko, Iroqdan Suad Abbos Salmon Allamiy, Gvatemaladan Norma Kruz, Nigerdan Xadizatu Mani va Yamandan Rim al-Numiriy ham munosib topilgan. 

Mo'tabar Tojiboyeva mamlakatda tanilgan huquq himoyachilaridan biri va hukumatni o'z xalqiga nisbatan shafqatsizlik va zulm hamda korrupsiyada tanqid qilib keladi. 

2005 yil oktabrida O'zbekiston Jinoiy Kodeksining 16-bandi bo'yicha sakkiz yil qamoq jazosiga mahkum etilgan edi. U Andijon voqealariga hissa qo'shganlik va hukumatga qarshi fitnalar bilan chiqqanlikda ayblangan. O'tgan yilning iyun oyida muddatidan erta ozodlikka chiqarilgan. 

2008 yilning yozida Mo'tabar Tojiboyeva Martin Ennals nomidagi xalqaro sovrin, sal keyinroq esa Fransiya hukumatining oliy mukofotiga ham sazovor bo'lgan. 

Huquq oliy ne'mat ekani va O'zbekistonda buning uchun kurash ketayotgani xalqaro maydonda tan olinmoqda, deydi sovrindor. 

"Bu mukofot nafaqat Mo'tabar Tojiboyevaga, nafaqat "O'tyuraklar" nomli inson huquqlarini himoya qilish tashkilotiga balki O'zbekistonda fuqaro jamiyatining rivojlanishi uchun mamlakatda va uning tashqarisida kurashayotgan har bir insonga berilgan mukofot deb bilaman. Bugungi kunda O'zbekistondagi siyosiy-iqtisodiy vaziyatni hisobga olib qaraydigan bo'lsak, bu mukofotning O'zbekiston xalqi, ayollari, fuqarolik jamiyati faollari uchun yuksak o'rni bo'ladi deb umid qilaman",- deydi Tojiboyeva.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton fikricha huquq hurmat qilinishini ta'minlash faqat hukumatlar qo'lida emas. Qonunni e'zozlash har bir fuqarodan boshlanadi, deydi Klinton. 

Mo'tabar Tojiboyeva ham shu fikrda.

"O'zbek xalqi o'z haq-huquqlarining tiklanishidan umidvor, lekin eng achinarlisi Andijon fojiasiga o'xshagan fojialar xalqni juda ham qo'rqoq va har narsaga hadiksirab qaraydigan darajaga olib kelib qo'yayapti. Qachonki har bir fuqaro, hattoki ko'cha supuruvchi fuqaro, o'z haq-huquqini bilar ekan, ana shu yerda fuqarolik jamiyati rivojlanadi va ana shu yerda inson haq-huquqi haqida baralla gapirish mumkin bo'ladi".

Mo'tabar Tojiboyeva nazarida demokratiya fuqarolardan o'z huquqiy bilimini oshirishni talab qiladi. O'zbekistonda esa amaldorlar bunga imkoniyat bermayapti, deydi u.

"Bizning o'zbek xalqimizning huquqiy-siyosiy ongi juda ham past. Sabab shuki hukumat mansabdorlari fuqarolarning huquqiy-siyosiy onglari rivojlanishidan, o'z haq-huquqlarini taniy bilishlaridan juda ham qo'rqishadi",- deydi faol. "Chunki O'zbekistonni korrupsiya boshqarayotgani barchaga ayon.  Korrupsiya bor joyda inson huquqi haqida fikrlash, huquq himoyasi uchun kurashish o'limga tik borish bilan barobar deb aytsa bo'ladi".

Mo'tabar Tojiboyeva xalqaro hamjamiyat nazarida qahramon, lekin vatanda xoin, jinoyatchi, o'z yurtini tashqi dunyoga sharmanda qilayotgan, G'arbning nog'orasiga o'ynayotgan, mamlakatini yomonlab chet el tashkilotlaridan haq olayotgan, qolaversa mahalliy matbuot sahifalariga qarasangiz, Mo'tabar Tojiboyeva hatto ektremistik kuchlar bilan til biriktirgan, respublika tinchligiga raxna solayotgan bir shaxs sifatida tanqid qilinadi.  

Safdoshlari nigohida esa Mo'tabar Tojiboyeva - sobiq siyosiy mahbus, vijdonli, jasur va zahmatkash ayol, farzandlarining mehribon onasi va o'z yurtiga yomonlikni ravo ko'rmaydigan, haqiqatni aytishdan qo'rqmaydigan bir fuqaro.

"O'zbekistonda chop etiladigan "Novosti Uzbekistana" gazetasining muxbiri Aydin Gudarzi nomli bir kimsa "Cherchez le Femme для Исламистов" sarlavhali juda katta bir maqola e'lon qilayapti.  6 fevralda boshlab chiqayapti. Gazetaning bir betini tashkil etadi. Mana to'rtinchi qismi ham chiqqan. Asosiy qahramon qilib meni olgan. Uning yozishicha men Andijon voqealarining tashkilotchisi va hattoki uyimda o'tirib Andijon voqealarini boshqargan kimsa ekanman. Bu yerda juda katta ayblovlarni qo'ygan. Aynan mana shu narsa hukumatning menga bildirayotgan munosabati deb bilaman",- deydi Mo'tabar Tojiboyeva. 

"Men demokratiya o'chog'i deb biladigan Amerikaga borganimda amerikalik jurnalistlardan iltimos qilardimki, mana shu Aydin Gudarzi bilan  yuzma-yuz, matbuot orqali ochiq muloqot qilib berishsa-da,  men haqli ekanimni hujjatlar bilan isbotlab beraman, Aydin Gudarzi ham menga qo'yayotgan ayblovlarini isbotlab bersin.  Endi bu mukofot ketidan mansabdorlar menga hali boshqa ayblovlar ham qo'yishsa kerak",- deydi u.   

Mo'tabar Tojiboyevaning AQSh tomonidan yuksak mukofot bilan taqdirlanishi Amerika-O'zbekiston aloqalarida biroz iliqlashgan paytga to'g'ri kelmoqda.  

Mo'tabar Tojiboyeva AQSh Davlat kotibi muovini Richard Boucher Toshkentga safar qilgan paytda ozod etilgan edi.  

Amerika O'zbekiston bilan Afg'onistondagi vaziyat yuzasidan hamkorlikni kuchaytirish ilinjida. Obama ma'muriyati respublikada huquq va demokratiya masalasiga qanchalik urg'u beradi, buni vaqt ko'rsatadi.  

Xillari Klinton mukofotni topshirayotganida "Sovrindorlarning har biri o'z jamiyatida uzviy huquqlar uchun kurashmoqda va Amerika bu fidoiy insonlar olib borayotgan harakatni yaqindan quvvatlaydi",- dedi.


Download Mo'tabar Tojiboyeva bilan suhbatni tinglang
Download  (MP3)
Listen to This Report Mo'tabar Tojiboyeva bilan suhbatni tinglang
Tinglang (MP3)
Download Mo'tabar Tojiboyeva Mukofot Nutqi
Download 
Mo'tabar Tojiboyeva Mukofot Nutqi
(Default)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Mo'tabar Tojiboyeva AQShda yuksak mukofot sohibi
Faollar: Huquqiy ahvolni tuzatish jamoatchilik qo'lida
Axborot asrida sifatli axborot topish amri mahol
Amerika Markaziy Osiyo bilan ochiq muloqot yuritishga tayyor
Qirg'izistonda omma Manas emas, tirikchilik haqida o'ylamoqda
"Amerika Manzaralari" - 5 yil, 300 TV dastur
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Turkmanistonda saylovlar, o'zgarish o'zi nima?
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
Obamaga Markaziy Osiyoda katta umidlar bog'langan, lekin...
Barak Obama haqida yurtdoshlaringiz nima deyapti?
O'zbekistonlik kuzatuvchi: amerikaliklar davlatiga ishonar ekan
Muhojirotdagi o'zbekistonliklar huquqiy himoya so'ramoqda
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi
Markaziy Osiyo birlashishidan kim nima foyda ko'radi?
"O'zbekiston ipak parda ortida yashaydi"
Ikrom Yoqubov: sobiq agent yoki vatan xoini?
Inson savdosi bugun uyushgan jinoyatchilik tizimi
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
Jurnalist ba'zida ko'r, kar va soqov bo'lishga majburmi?
Ahmad Rashid: AQSh Markaziy Osiyoda xalq dardiga quloq tutsin
"Ayollar yetakchilikka intilmasa, jamiyat ham olg'a siljimaydi"
AQSh: Afg'oniston Markaziy Osiyo yordamiga muhtoj
Kongress Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatni tanqid qilmoqda
Inson savdosi Markaziy Osiyoda keng qanot yozmoqda
AQSh Qozog'istonda demokratiyaga umid bog'lagan
O'zbekistonda Amerikaning yangi rahbaridan umidlar katta
O'zbekistonda inson huquqlari hamon salbiy ahvolda
Qamoqxonalarda ahvol ayanchli, deydi mahbuslarning yaqinlari
O'zbekistonda e'tiqod erkinligi kafolatlanganmi?
Solijon Abdurahmonov ishi qayta ko'rildi, ammo hukm o'zgarmadi
O'zbekistonda matbuot kishanlanganicha qolmoqda
O'zbekistonda huquq faoli A'zam Turg'unov 10 yilga qamalgan
Faollar: O'zbekiston - siyosiy mahbuslar makoni
Huquq faollari Yevropa Ittifoqining so'nggi qaroridan norozi
O'zbekistonda qonunlar nomiga, bolalar yana paxtazorda
Human Rights Watch qamoqdagi faollar taqdiridan xavotirda
Sharhlovchilar: O'zbekiston xalqiga mustaqillik hissi hamon begona
Tojiboyeva xorijda qahramon, vatanda siyosiy mahbus
Yusuf Juma erkin so'z va fikri uchun panjara ortida
 
  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available
  Qo'shimcha manbalar
AQSh Davlat departamentida o'tgan marosim (video) video clip