Iqtisodiy inqiroz O'zbekistonda hayotni yanada og'irlashtirgan
Malik Mansur Amerika Ovozi 10/03/2009
Yaqinda
prezident Islom Karimovning "Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf
etishning yo‘llari va choralari”" nomli kitobi nashrdan chiqdi.
Global moliyaviy tanazzul
ta'siri O`zbekistonga eng yuqori pog'onada,
deydi mutaxassislar.
Aksariyat aholi chetdan kelayotgan daromad evaziga kun
ko'rar ekan, mehnat muhojirlari tomonidan yuborilayotgan mablag' oqimi deyarli
to'xtab qolgan.
O'zbekiston korxonalarida esa ish o'rinlari qisqarib bormoqda.
Karimov nazarida jahon bo'ylab moliyaviy inqirozga qarshi ko'rilayotgan chora-tadbirlar uyg'un bo'lsagina, samara berishi mumkin.
Prezident fikricha bank
tizimini qo'llab-quvvatlash, ishlab chiqarish sektorini rivojlantirish, innovatsion texnologiyalardan keng qo'llanishga o'tish kerak.
Karimov deydiki, global inqiroz O'zbekistonga boshqa davlatlardagi kabi kuchli ta'sir qilmagan.
Mustaqil tahlilchilar bu fikrga qisman qo'shiladi. Lekin aksariyat aholi inqirozga qadar ham yetishmovchilikda kun ko'rayotgani sabab bugun yanada mushkul ahvolda.
"Tezkor" guruh analitik markazi
vakili Suhrob Ismoilovning aytishicha mehnat muhojirlari yuborayotgan
mablag' keskin qisqargan.
"20
yanvardan 20 fevraligacha respublikani bir qator viloyatlarida chet eldan
kelayotgan pul tushumlari bo`yicha xizmat ko`rsatayotgan bank
bo`limlarida monitoring o`tkazdik. Unga ko`ra chet eldan kelayotgan
pul tushumlari 92 foizgacha qisqargan. Ilgari har bitta bank bo`limi bir
kunda 70 dan 600 kishigacha xizmat ko`rsatgan bo`lsa, hozir bu ko`rsatkich
10-20 kishiga tushib qolgan", - deydi Ismoilov.
O'zbekiston
prezidenti so'nggi paytdagi chiqishlarida moliyaviy inqiroz asosan mamlakatni
eksport salohiyatiga ta'sir etishini ta'kidlab keladi.
"Bir
so`z bilan aytganda, mamlakatimizda global moliyaviy inqirozning bugungi va
ertangi ta`sirini hisobga olgan holda, har tomonlama o'ylangan qat;iy
harakatlar amalga oshirilmoqda. Albatta, bu jiddiy sinovni yengish hammamizdan
mas'uliyatni teran his qilishni, barcha imkoniyatlarni ishga solishni talab
etadi", -deydi prezident Karimov.
"Samarqandda
Yaponiya bilan hamkorlikda tuzilgan va mikroavtobuslar ishlab
chiqarishga mo'ljallangan korxonada ish o'rinlarini qisqargan. Davlat tasarrufidagi yana bir korxona "Sino" muzlatgich ishlab
chiqarish zavodida ham ishchilar o'rni kamaygan yoki odamlari ish haqi to'lanmasdan
majburiy ta'tilga chiqarilmoqda", - deydi Suhrob Ismoilov.
O'zbekistonda qabul qilingan aksilinqiroz dasturi qishloq joylarida ish
o'rinlari yaratishni ham nazarda tutadi.
Hozircha bu dastur biror natija bergani yo'q, deydi tahlilchilar, chunki sarmoya yo'q.
Islom Karimov yaqinda Jahon Bankining Markaziy Osiyo va Yevropa bo'yicha vitse-prezidenti Shego Katsuni qabul qildi.
Karimov Jahon Banki faoliyatini, ayniqsa hozirgi moliyaviy krizis
davridagi amaliyotlarini yuksak baholashini va yangi loyihalarga umid
bog'lashini ta'kidlagan.
Xorijiy sarmoya miqdori kamligi, deydi "Amerika Ovozi" bilan gaplashgan tadbirkorlar va ekspertlar, O'zbekiston iqtisodiyoti, bank tizimi va rahbariyatiga ishonchning pastligidadir.