VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Suv muammosiga yana bir nazar


13/03/2009

[insert caption here]
Ekologlar fikricha, O'zbekistonda suvga munosabat achinarli
Birlashgan Millatlar Tashkiloti nazarida jahonda suv tanqisligi jiddiy muammoga aylanmoqda. 

Bu haqda qayg’urayotgan rasmiy Toshkent qo`shni davlatlarda rejalangan to`g`onlardan xavotirda. 

Energiyaga ehtiyojmand qo`shnilar esa O`zbekiston e`tirozini inobatga olmoqchi emas ko’rinadi.

BMT ma'lumotiga ko’ra, o'zbek fermeri paxta yetishtirishda amerikalik fermerga nisbatan to`rt marta ko`p suv ishlatadi.

Ekologlar fikricha, O`zbekiston qishloq xo`jaligida suvga nisbatan munosabat haqiqatda achinarli.

“Mintaqada kollektor suvlari ko'payib ketmoqda, nasos bilan chiqarilgan suv yana tashlandiq suvga ayalanishi kuzatilmoqda. Chuchik suv nihoyatda qimmat turadi. Drenajsiz sug`orish usullarini qo`llash kerak. Aylanma tizimlarni joriy etilishi kerak”, - deydi ekolog olim Rustam Razzoqov.   

O`zbekistonda paxta ekish 50 ming gektarga qisqargan. Ayrim yerlarda tomchilab sug`orishni joriy etish masalasi ko`rilmoqda. 

O`zbekiston senatori Xayrulla Ibrohimov jurnalistlar bilan uchrashuvda suv taqchilligi bu yil yanada kuchliroq kuzatilishi haqida ogohlantirish bergan.

“Xalq so’zi” gazetasida e’lon qilingan maqolaga ko’ra, O`zbekistondagi  taqchillik har yili Amudaryo hisobidan 1,5 – 3  kilometr kub, Sirdaryo hisobidan 2,5 kilometr kubgacha suv hajmini tashkil etmoqda.

Maqola muallifi A. Ibrohimov  bu raqamlar ortida minglab dehqonlar tadqiri yotganini,  Amudaryo va Sirdaryo havzasini yaxlit tizim sifatida ko`rish lozimligini ta`kidlaydi.
O`zbekiston Amudaryo va Sirdaryoni transchegaraviy daryolar sifatida tan olish lozimligini ta`kidlab keladi.

Biroq suvga energetik manba sifatida qarayotgan Tojikiston va Qirg`iziston O`zbekiston e`tirozlarini inobatga olish niyatida emas.

Qirg’iziston suvni mamlakat milliy boyliklaridan biri deb hisoblaydi.

Suv elektr energiyasi ishlab chiqarish, eksport qilishxa xizmat qiladi va  iqtisodni tiklashda muhim sohalardan biri.

Har ikki davlatda yangi suv to`g`onlarini qurish loyihalari mavjud.

“Sovet davrida qurilgan suv omborlari hammasi sug`orishga mo`ljallangan. Avval ham qish paytida yo’qotilgan energiya uchun pastdagi davlatlar yuqoridagi davlatlarga to`lov berardi, qancha turishini hisoblab. Hozir ham shunday taklif berilgan, lekin bu taklifga boshqa davlatalr qanday munosabatda bo`layotgani noma`lum”, - deydi Rustam Razzoqov.

Akademik Bekjon Toshmuhammedov so’zlariga ko`ra, vaziyat haqiqatda murakkab. Biroq siyosiy iroda ko`rsatilsa, bu chigallikdan chiqish mumkin.

“Manfaatlarning umumiy nuqtasini topish kerak. Deylik, Amudaryo suvi to`siladigan bo`lsa, bu nafaqat elektr energiyasiga, balki qishloq xo`jaligiga ham xizmat qilishi mumkin bo’lgan yo`llarni topish kerak. Bundan O`zbekiston ham, qo`shnilar ham manfaatdor bo`lsin”, - deydi akdemik.

Toshmuhammedovga ko`ra, vaziyatdan chiqishni yana bir yo`li mintaqada yaxlit eneregetik tizim barpo etish.

Sobiq ittifoq davrida ham bu muammo qo`shnilarga energiya yetkazib berish, suvni asosan qishloq xo`jaligi uchun ishlatish orqali yechilgan.

Hozir mintaqadagi suv zaxirasi kamayib, muammo yanada og'irlashmoqda.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Suv masalasi Markaziy Osiyoda birinchi o'ringa chiqishi kerak
O'zbekistonda dehqondan yer majburan tortib olinmoqda
Markaziy Osiyo davlatlari suv va energiyani baham ko'rishga rozi
Markaziy Osiyoda suv masalasi dolzarbligicha qolmoqda
Suv taqchilligi muammosi yaqin 10 yilda tabiiy ofat tusini oladi
Markaziy Osiyo: Suv taqsimoti bo'yicha kelishuvdan darak yo'q
Qishloq va suv xo'jaligi islohoti - iqtisodiy zarurat
Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga burish loyihasi yana muhokamada
Suv taqchilligi O'zbekistonda hosildorlikni pasaytirishi mumkin
Suv tanqis O'zbekistonda tuproq ham yaroqsiz holga kelmoqda
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available