VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Vatanda jinoyatchi, xorijda yurtining "sodiq o'g'loni"


13/03/2009
[insert caption here]
Abdulaziz Dadaxonov, deydi uni Amerikadagi do'stlari, vatani uchun jonini fido qilishga tayyor bola edi
"Amerikada o'qib, malaka oshirib ketgan o'zbekistonlik bugun vatanida - xalq dushmani". AQSh matbuotida shu mazmunda xabarlar chiqqan.

Gap 32 yoshli Abdulaziz Dadaxonov taqdiri haqida ketmoqda. U ekstremistik tashkilotga a'zolikda aybdor deb topilib, yaqinda sakkiz yilga qamaldi.  

Dadaxonovni "Abdul" deb chaqirishga o'rgangan amerikalik do'stlari "nahotki"? deb so'ramoqda. Vatanda jinoyatchi deb topilgan yigit amerikaliklar nazarida O'zbekistonning asl  farzandi. Abdul Dadaxonov, deydi uni bilganlar, yurti uchun jonini berishga tayyor bola edi.

"O'zbekistonga "vatanimni rivojlantiraman" deb qaytgan edi. Ingliz tili markazi ochgan edi",- deydi Dadaxonovga mezbonlik qilgan amerikalik ona, Judi Skartvedt.

[insert caption here]
Skartvedtlar oilasi Abdulaziz Dadaxonovni Amerika hayoti bilan yaqindan tanishtirgan. Uni o'z o'g'lilaridek ko'rgan.
Abdul, deydi O'zbekiston haqida u bilan tanishmaguncha deyarli hech narsa bilmagan bu ayol, matbuot va diplomatlar qila olmagan ishni amalga oshirgan. U yashagan Konnektikut shtatini Markaziy Osiyo va uning yuragida joylashgan O'zbekiston bilan tanishtirgan.

"Xalq orasidan chiqqan diplomatlar deyishadi-ku, Abdul xuddi shulardan biri edi. Xalqining haqiqiy vakili. Yursa ham, tursa ham, vatani haqida so'zlardi. Men uning o'z xalqi tinchligiga raxna solishi mumkinligiga hech ham ishonmayman",- deydi Judi Skartvedt.

O'zbekistonda "Nurchilar" harakatiga a'zolikda ayblanib, Abdulaziz Dadaxonov qatorida yana to'rt kishi - Bahrom Ibrohimov, Davron Qobilov, Ravshanbek Favoyev and Botirbek Eshqo'ziyevlar ham qamoq jazosiga mahkum etilgan. Sud ularni "Irmoq" degan jurnal chiqarib, diniy radikalizm urug'ini sochganlikda aybdor deb topgan. 

Abdulaziz Dadaxonov bilan AQShda yaqindan do'stlashgan va unga bu mamlakatda diniy, xayriya va umuman nohukumat tashkilotlar qanday ishlashini tushuntirgan ruhoniy Jon Kidd "bu yigit mag'rur va iymonli musulmon edi", - deydi.

"Abdul men boshqaradigan Cherkovlar Kengashida tajriba oshirgan. Juda halol, rostgo'y yigit edi. Amerika jamiyatida nohukumat tashkilotlar muhim rol o'ynashini ko'rib juda hayratlangan. "O'zbekistonga qaytsam kutubxonalar ochaman, ta'lim masalasi bilan shug'ullanaman" der edi. Bilishimcha, shunday qilishga uringan ham",- deydi Jon Kidd. 

"Qayerga bormasin, o'zbek to'ni va do'ppisini olib yurar, ularni darrov kiyib yurti haqida gapira ketardi.  O'zbekistonni targ'ib qilib, qancha-qancha kechalar uyushtirgan. "Bizda din madaniyatimiz bilan qorishib ketgan" der edi. Uning biror eksremistik harakatga a'zo ekaniga ishonish qiyin".

"Amerika Ovozi" bilan gaplashgan amerikaliklar O'zbekistonda bo'lmagan va u yerdagi vaziyat bilan asosan do'stlari va xalqaro manbalar orqali tanish. Abdulaziz Dadaxonov bilan muntazam aloqada bo'lgan odamlar.  

2001-2004 yillarda, SOROS fondi yordamida Konnektikut (Connecticut) shtatidagi Feyerfild Universiteti (Fairfield University) biznes fakultetida o'qiganida, unga ilmiy rahbarlik qilgan Katerin Kidd sobiq talabasini ko'zida yosh bilan eslaydi.  

O'zini Abdulaziz Dadaxonovning Amerikadagi onasi deb biladigan Judi Skartvedt esa "O'zbekiston xalqiga bir gapim bor" deydi:

"O'zbekistonda erkin, ochiq fikrlashga uringanlar tazyiq ostida ekanini bilaman. Abdul bizga sizning yurtingizning a'lo jihatlarini namoyish etgan. Uning bugungi taqdiri esa O'zbekiston hayotining eng tashvishli tomonlarini ochib bermoqda".

Abdulaziz Dadaxonov uylangan, farzandli. Feyerfild Universiteti uni magistraturaga o'qishga taklif etgan va O'zbekiston hukumatidan Dadaxonov ishini qayta ko'rib chiqib, ozod qilishni so'ragan. O'zbekiston rasmiylari masala yuzasidan lom-mim demaydi.


Download Vatanda jinoyatchi, xorijda yurtining "sodiq o'g'loni"
Download  (MP3)
Listen to This Report Vatanda jinoyatchi, xorijda yurtining "sodiq o'g'loni"
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
O'zbekistonlik kuzatuvchi: amerikaliklar davlatiga ishonar ekan
Muhojirotdagi o'zbekistonliklar huquqiy himoya so'ramoqda
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi
Markaziy Osiyo birlashishidan kim nima foyda ko'radi?
"O'zbekiston ipak parda ortida yashaydi"
AQShda rahbar o'zgarishi O'zbekiston uchun nimani anglatadi?
AQSh olimlari O'zbekiston bilan keng hamkorlikka tayyor
Ikrom Yoqubov: sobiq agent yoki vatan xoini?
To'fonlar ostida kuy bastalayotgan iste'dod sohibasi
Jurnalist ba'zida ko'r, kar va soqov bo'lishga majburmi?
Ahmad Rashid: AQSh Markaziy Osiyoda xalq dardiga quloq tutsin
AQSh, O'zbekiston yangicha hamkorlik haqida fikr almashmoqda
Sietl-Toshkent birodarlik aloqalari o'rnatilganiga 35 yil to'ldi
Kongress Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatni tanqid qilmoqda
Ukrainada o'zbekistonlik muhojirlar tazyiqdan shikoyat qilmoqda
O'zbekiston - silning og'ir turi tez tarqalayotgan mamlakatlardan
AQSh O'zbekistonga yordamni davom ettiradi, islohot talabi ostida
Korrupsiya taraqqiyot kushandasi ekan, yechim xalq qo'lida
"Demokratik imkoniyat boy berildi"
AQSh Markaziy Osiyoga yordam bermoqchi, aql o'rgatmoqchi emas
Amerika kimni qancha moliya bilan ta'minlamoqda?
AQSh: O'zbekistonda siyosat o'zgarishi kerak
Musulmon adib dindoshlarini uyg'onishga chaqirmoqda
Alisher Soipovni uning hamkasblari xotirlaydi
O'zgarishni O'zbekistonda xalqning o'zi istashi lozim
AQSh: Markaziy Osiyo Rossiyaga tobe bo'lib qolmasligi lozim
Ijtihodchi, islohotchi musulmonlar ko'paymoqda
O'zbekistonda fuqaro jamiyatiga umid bormi?
Nohukumat tashkilotlar tanqidga qaramay xalqaro siyosiy o'yinchilar
Nohukumat tashkiloti haqiqatdan no-hukumat tashkilotimi?
Amerika "baxshilari" O'zbekistondan rubob bilan qaytdilar
AQShda o'qish imkonini beruvchi tashkilot O'zbekistonda endi yo'q
Kounterpart Toshkentdan ayblovlarga aniqlik kiritishni so'ramoqda
Matbuot Markaziy Osiyoda juda sekin rivojlanmoqda
 
  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available