VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Mo'tabar Tojiboyeva kelajakdan umidvor, faol bilan TV suhbat


18/03/2009

Mo'tabar Tojiboyeva – Amerika Qo'shma Shtatlar nazarida nafaqat mo'tabar ayol,  balki o'z vatanida huquq va adolat uchun kurashayotgan jasur va mard faol. 

"Amerika Ovozi" telestudiyasida mehmon bo'lgan Mo'tabar Tojiboyeva intervyuda Jasoratli ayol mukofotini o'z xalqiga bag'ishladi. 

Sovrindor nazarida O'zbekistonda fuqaro jamiyati bor. Uning aytishicha hukumatning tinimsiz bosim va tazyiqlariga qaramay huquq va erkinlik uchun kurash davom etmoqda. 

"Xalqaro hamjamiyat o'tgan uch oyda meni uch yuksak mukofot bilan taqdirlab, men singari huquq himoyasi yo'lida ter to'kayotgan insonlarni quvvatlashini ochiq ko'rsatdi",- deydi Mo'tabar Tojiboyeva. 

Faol 2008 yilning iyun oyida qamoqdan ozod etilganidan beri inson huquqlari uchun Martin Ennals mukofoti  va Fransiya hukumatining yuksak unvoniga hamda mana Amerika tomonidan jahonning yetuk ayollariga beriladigan oliy sovringa loyiq topildi. 

"Qamoqda azob chekib o'tirganimda menga kuch bergan narsa shu bo'ldiki",- deydi Mo'tabar Tojiboyeva "odamlar mening nima uchun u yerda o'tirganim, taqdirim haqida "Amerika Ovozi", "Ozodlik" va BBC kabi axborot vositalari orqali ma'lumot olayotgan edi. Bu radiolarning roli katta, ular hukumatning qilmishlarini yoritadigan asosiy manbalar".

"Ularda chiqqan xabarlar hatto qamoqxonalarga yetib boradi. Odamlar ularga tayanadi,  tinglaydi, Internetni ularni o'qiydi va haqiqatni o'rganadi",- deydi Tojiboyeva.

O'zbekiston qamoqxonalaridagi siyosiy mahbuslarni himoya qilish bugunning asosiy vazifasi, dedi huquq faoli. 

AQSh Davlat departamentida qilgan nutqida Tojiboyeva Obama ma'muriyatidan panjara ortida o'tirgan muxolifatchi va faollar ahvoliga e'tibor berishni, "bu nohaq qamalgan" insonlarni  erkinlikka chiqarish uchun harakat qilishni so'ragan.  

Vashington nazarida O'zbekistonda tuzum juda repressiv va AQShning bu boradagi yillik hisobotda respublika uzviy haq-huquqlar muntazam poymol etiladigan jamiyat sifatida tilga olinadi.

Inson huquqlari "Ezgulik" jamiyati, Mo'tabar Tojiboyeva Vashingtonda bo'lib turgan paytda, O'zbekistonda fuqaro jamiyati faollarini birlashishga va mahalliy hamda xorijiy vakillarni bir davraga to'plab, e'tiborni qamoqdagi faollar va siyosiy mahbuslar taqdiriga qaratishga chaqirdi.

Mo'tabar Tojiboyevaning aytishicha uning boshchiligidagi O'tyuraklar Klubi bu taklifni quvvatlaydi va yuqorida tilga olingan masalalar yuzasidan muloqot va hamkorlikka tayyor.

AQShda ro'yxatdan o'tgan "Serquyosh O'zbekiston" koalitsiyasi ham "Ezgulik" ko'tarayotgan muammolarga qarshi birgarlikda kurashish tarafdori ekanini bildirgan. Ma'lumki, bu tashkilot asoschisi Sanjar Umarov qator moliyaviy jinoyatlarda ayblanib, 2006 yilda sakkiz yilga qamalgan. Tojiboyeva Vashingtonda Umarov haqida ham so'zlagan.

Mutabar Tajibayeva, Navbahor Imamova, VOA Uzbek
Mo'tabar Tojiboyeva "Amerika Ovozi" bilan suhbatda, 13 mart, 2009, Vashington
Mukofotdan oldin, aniqrog'i fevral oyidan boshlab,  "Novosti Uzbekistana" gazetasi Mo'tabar Tojiboyevani Andijon voqealariga hissa qo'shganlikda, ularning ortida turganlikda ayblab, bir necha qismli maqolalar chop etgan. 

"Novosti Uzbekistana" ning AQShdagi muxbiri Aydin Gudarzi o'z maqolalarida Mo'tabar Tojiboyevani firibgarlikda, radikal guruhlar bilan til biriktirganlikda, vatanini tashqi dunyoga sotib, G'arbdan mablag' undirganlikda, grant uchun o'zini bir jabrdiyda sifatida ko'rsatayotganlikda ayblaydi. 

Faol bu tanqidlar va ayblovlarni quruq safsata va navbatdagi nohaq hujum deb biladi. 

Mo'tabar Tojiboyeva Aydin Gudarzini G'arbda sudga bermoqchi. 

"Mening qo'limda aybsiz ekanimni isbotlovchi maxfiy hujjatlar yetarli",- deydi u. "Bu "jurnalistni" javobgarlikka tutish orqali O'zbekistonda aybsiz qamalgan o'nlab insonlarning taqdirini ko'tarib chiqmoqchiman",- deydi faol. 

Mo'tabar Tojiboyeva vatanga qaytishga qo'rqmaydimi? 

Qonun va huquq haqida gapirganda, ularning ustuvor emasligiga faqat hukumat aybdormi? Qonunni hurmat qilish har bir fuqarodan boshlanmaydimi? O'zbekistonda xalqning siyosiy-huquqiy ongi bugun qay darajada?

Javoblarni yuqoridagi TV intervyudan olishingiz mumkin. 

Suhbatni to'liq holda mana bu link orqali tomosha qiling real-video.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Mo'tabar Tojiboyeva AQSh bergan mukofotni xalqiga bag'ishladi
Mo'tabar Tojiboyeva ozodlikka chiqdi
Tojiboyeva xorijda qahramon, vatanda siyosiy mahbus
Qamoqdagi huquq faoli xalqaro sovringa sazovor bo'ldi
Vatanda jinoyatchi, xorijda yurtining "sodiq o'g'loni"
O'zbekistonning temir ayollari oldidagi bugungi mashaqqatlar
Axborot asrida sifatli axborot topish amri mahol
Amerika Markaziy Osiyo bilan ochiq muloqot yuritishga tayyor
Markaziy Osiyoda tabiiy boyliklardan kim foyda ko'rmoqda?
Turkmanistonda saylovlar, o'zgarish o'zi nima?
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
Obamaga Markaziy Osiyoda katta umidlar bog'langan, lekin...
Barak Obama haqida yurtdoshlaringiz nima deyapti?
O'zbekistonlik kuzatuvchi: amerikaliklar davlatiga ishonar ekan
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi
Markaziy Osiyo birlashishidan kim nima foyda ko'radi?
"O'zbekiston ipak parda ortida yashaydi"
Ikrom Yoqubov: sobiq agent yoki vatan xoini?
Jurnalist ba'zida ko'r, kar va soqov bo'lishga majburmi?
Ahmad Rashid: AQSh Markaziy Osiyoda xalq dardiga quloq tutsin
"Ayollar yetakchilikka intilmasa, jamiyat ham olg'a siljimaydi"
AQSh O'zbekistonga yordamni davom ettiradi, islohot talabi ostida
AQSh Markaziy Osiyoga yordam bermoqchi, aql o'rgatmoqchi emas
Amerika kimni qancha moliya bilan ta'minlamoqda?
Markaziy Osiyo ayoli uchun siyosat darvozalari hali ham yopiq
O'zgarishni O'zbekistonda xalqning o'zi istashi lozim
Markaziy Osiyoda savdo va chegara hali ham muammo
Ijtihodchi, islohotchi musulmonlar ko'paymoqda
O'zbekistonda fuqaro jamiyatiga umid bormi?
Nohukumat tashkilotlar tanqidga qaramay xalqaro siyosiy o'yinchilar
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi

  Boshqa xabarlar
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available
Amerikada Eronga aloqador bir necha masjid yopilgan
AQShda cho'chqa grippidan shu kungacha 4 ming odam o'lgan
Mushohada: G'arb bizni qadrlamayaptimi yoki biz o'zimizni?  Audio Clip Available