VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Rossiya Afg'onistonga yordam bermoqchi, biroq Kremlga ishonch past


19/03/2009

[insert caption here]
Rossiya Afg'onistonga mo'ljallangan noharbiy yukni o'z hududidan o'tkazishga rozi
Yaqinda prezident Hamid Karzay va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov hamkorlikni kengaytirish masalasida gaplashgan.

Sharhlovchilar fikricha, Kremlning pozitsiyasi Afg`oniston barqarorligiga xizmat qilmaydi.

Sharhlovchilar fikricha, Rossiya  Afg`onistondagi harbiy amaliyotlarda bevosita ishtirok etmayotgan bo`lsa-da, mintaqa davlatlarining bu boradagi harakatlarini nazorat qilishga harakat qilmoqda.

Qirg`izistondagi “Manas” aerdorimidan AQSh harbiylarini chiqarish qarori  ortida asosan Rossiya turganligi ta`kidlanadi. 

Sergey Lavrov Afg’onistonga tashrifi chog’ida Rossiya NATOning noharbiy yuklarini o`z hududidan o`tkazadi, degan.

Afg’onistondagi amaliyotlar uchun mo’ljallangan bu yuk temir yo`l orqali Latviya, Rossiya, Qozog`iston va O`zbekistondan o`tadi.

O`zbekiston prezidenti Islom Karimov noharbiy yuklarni Afg`onistonga  tranzit qilishga rozilik bildirgan. Bu boradagi hamkorlikda davlatlar bloklar emas, o`z manfaatidan kelib chiqishi lozim, deydi u.

Sharhlovchilar fikricha, Karimovning bu iddaolari Rossiya yetkachiligidagi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga qaratilgan.

So’nggi paytda Rossiya hududidan o`tuvchi “Shimoliy” yo’nalish bilan birga Kavkaz orqali o’tuvchi trazit yo’li ham muhokama qilinmoqda.

Kavkaz davlatlari va Kaspiy dengizi orqali Markaziy Osiyo temir yo`llariga bog`lanishi taxmin qilinayotgan bu yo`l Rossiyani chetlab o`tadi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Gruziya va Ozarbayjon hukumatlari Kavkaz tranziti bo`yicha rozilik bildirgan.

AQSh diplomatlari izohiga ko`ra, Kavkaz yo`nalishidan ham faqat noharbiy yuklar yetkazishda foydalaniladi. 

AQSh bazasi Qirg`izistondan chiqarilgach, xalqaro qo`shinnni ta`minlash murakkablashgan.

“Markaziy Osiyoda boshqa harbiy baza ochish yoki Termizdagi aerodrom imkoniyatlarini kengaytirish haqida gap borayotgani yo’q. Faqat Afg’onistonga noharbiy yuk o`tkazish haqida gap borayapti, xolos. To`g`ri,  keyingi paytda AQSh Gruziyada yoki Turkiyada harbiy baza ochishi mumkinligi haqida gapirilmoqda. Biroq Gruziyadagi vaziyat beqarorligini inobatga olsak, bu unchalik to`g`ri bo`lmasa kerak. Turkiya hukumati esa bu borada biror munosabatini bildirmagan”, - deydi siyosiy sharhlovchi Abduvali Soyibnazarov.

Ma’lumotlarga ko’ra, Gruziya hukumati AQSh harbiy bazasining mamlakatda joylashishiga qarshi emas.

Siyosatshunos Farhod Tolipov nazarida Kavkaz  yo`nalishi muhim ahamiyat kasb etadi.

“Rossiya AQSh bazasini chiqarish uchun Qirg’izistonga bosim o`tkazdi. Bu bilan Afg`oniston bilan bog`liq vaziyatda o`zgarish qilishi mumkinligini ko`rsatdi. Rossiyaning bunday “kaprizlariga” bog’lanib qolmaslik uchun alternativ yo`nalish juda muhim.  Yo`lning boshqa qismida muammo yo`q, lekin  Rossiya bilan bog`liq qismida muammo chiqishi ehtimoldan holi emas. Bu NATOdagilarga yoqmagan”, - deydi siyosatshunos.  

Sharhlovchilar nazarida Afg`oniston bo`yicha hamkorlik qilishda vaziyatni barqarorlashtirish pozitsiyasidan ema,s ko`proq geosiyosiy manfaatlar yuzasidan yondashish kuchaygan.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
Xitoy Shinjonda "taraqqiyot", uyg'urlar "ko'zbo'yamachilik" demoqda

  Boshqa xabarlar
Saudiya Arabistoni haj kunlari xavfsizlik va salomatlikka ko'z-quloq
Afg'oniston hukumati ayrim toliblar bilan muloqotga kirmoqchi
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available