VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Afg'onistonda turkiy xalqlar merosidan kim xabar olmoqda?


21/03/2009

[insert caption here]
Navro'z
Afg’oniston, Eron va Tojikistan – forsiyzabon davlatlar rahbarlari hamkorlikni mustahkamlash masalasini muhokama qilmoqda. 

Afghonistonda yig’ilgan rasmiylar Navro’zni ham nishonlagan. 

Biroq bayram Kobulda emas, Mozori Sharifda, asosan turkiy xalqlar yashovchi hududda o’tgan. 

Bu esa turkiyzabon xalqlar orasida turli taxmin va xavotirlarga sabab bo’lmoqda.

Afg’oniston matbuotiga ko'ra, Navro’z tantanlarining “shimoliy poytaxt” Mozori Sharifda o'tishi shaharning qadimiy tarixi bilan bog`liq.

Mozori Sharif aholisi asosan turkiy xalqlar, jumladan, o`zbeklar.

Hukumatning kichik elatlar, ular madaniyati, tarixiga nisbatan siyosati turkiy xalqlar, jumladan, o`zbeklar noroziligiga sabab bo`lmoqda.

Ma’lumotlarga ko’ra, Mozori Sharifda Alisher Navoiy nomidagi maktab qayta nomlangan. So’nggi paytda turkiy yodgorliklarga nisbatan shunday siyosat ko’zga tashlanmoqda.

Yaqinda afg`onistonlik o`zbeklar etakchisi general Abdurashid Do`stum  bayonot tarqatgan.

“Kecha eshitdim bayonotni. Ayrim toshlarni ko’chirishgan, ayrim lavhalarni o`chirishgan. Alisher Navoiy nomidagi maktab bor edi, nomini o’zgartirishgan. Husayin Boyqaro nomi bilan bog`liq  joylar bor edi, uni o`chirishgan.  Madaniyat vaziri bor, o`sha olib tashlagan. Xalqning madaniy yodgorliklarini o`chirish yomon, shu harakat qoralandi. Afg`onistonda  avval o`tgan millatlar tarixi, obidalari, yodgorliklarini o`zgartirish harakati kuchaygan”, - deydi afg`onistonlik o`zbeklardan, tarixchi Ustoz Hamidulla.

Ustoz Hamidulla Mozori Sharifdagi bayram tadbiri, unda Eron, Tojikiston prezidentlari Mahmud Ahmadinajod va Imomali Rahomnning ishtiroki ham ma`lum siyosiy maqsadlarni ifodalaydi, deydi.

“Bu yerdan o`zlariga bir nuqta, markaz qidirishmoqchi.  Shu nuqtalardan biri  Afg’oniston shimolidagi shahar - Balx deyishmoqda. Siyosiy jihatdan Karzay tojiklarni xursand qilib, prezidentlikka nomzodini mustahkamlamoqchi”, - deydi Ustoz Hamidulla.

Sharhlovchilarning aytishicha, rasmiy Toshkentning Afg’oniston bilan aloqasi xavfsizlikka asoslangan.

O`zbekiston prezidenti Islom Karimov chiqishlarida Afg`onistonda turli millatlar yashashini ta`kidlagan. Biroq o`zbeklarning haq-huquqlari borasida aniq bir fikr kuzatilmagan.

Sharhlovchi Fayzulla Is’hoqovning aytishicha, O`zbekiston hukumatida  Afg’onistondagi o`zbeklarni madaniy qo`llashga qaratilgan siyosat bor deyish juda qiyin.

“Afg’onistonda turkiy millatalr juda ko`p, lekin eng ko`pi o`zbeklar. Ochig`ini aytsam, O`zbekistonda Navoiy haqida juda ko`p gapiriladi. Nafaqat Navoiy, Boburning qabri ham Afg`onistonda. Hukumatda Hamid Karzay bo`ladimi, boshqasi bo`ladimi, u yerdagi o`zbeklar bilan munosabat kengayishi kerak. To`g`ri, O`zbekistonda mablag` kamdir, lekin bu ish katta mablag` talab etmaydi, faqat siyosiy iroda zarur”, - deydi Fayzulla Is’hoqov.

Sharhlovchilarning aytishicha, O`zbekistonning o`zida inson huquqlari og`ir. Afg`onistondagi o`zbeklarning haq-huquqlari haqida rasmiy Toshkentdan biror harakat kutish amri mahol.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available