VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Obama NATOni kuchaytirmoqchi

26/03/2009

AQSh prezidenti Barak Obama NATOni kuchaytirishga yordam bermoqchi. U kelasi hafta tashkilotning 60 yilligini nishonlash uchun Yevropaga yo'l oladi. Alyans Afg'onistonda faolroq harakat qilishi kerak, deydi Obama.

NATO tantanalari Fransiya va Germaniyada o'tadi. Prezident Obamaga ko'ra, bu bilan bog'liq turli uchrashuvlarda NATOning o'tmishdagi faoliyati sarhisob qilinib, kelajagi muhokama etiladi.

"NATO oldida qator dolzarb muammolar turiibdi: terrorizm, jar yoqasida turgan davlatlar, yadro qurollarining tarqalish ehtimoli. Tahdidlarning ba'zilari yangi. Alyans ularni hal qilish uchun ish uslubini o'zgartirishi kerak," - dedi Obama kecha Oq Uyda NATO Bosh kotibi Yap de Xup Sxeffer bilan uchrashuvdan so'ng.

Obamaning aytishicha, Afg'oniston bo'yicha yangi strategiya deyarli tayyor. Ba'zi manbalarga ko'ra, hujjatning bir qismi ertaga e'lon qilinishi mumkin. NATO sammiti davomida esa ittifoqchilar strategiya bilan yaqindan tanishadi.

"NATO a'zolari ko'p ter to'kkan. Strategiyada Afg'onistondagi missiyani muvaffaqiyatli yakunlash uchun alyans ishini muvofiqlashtirish ko'zda tutilgan",- deydi Obama.

"Rossiya bilan aloqalarni yaxshilash o'ta muhim, ammo NATO talablariga javob bergan va unga a'zo bo'lishga istak bildirgan davlatga "yo'q" deya olmaymiz",- deydi Obama. Ma'lumki, Rossiya NATOning uning chegaralari tomon kengayishiga qarshi.

NATO rahbarining aytishicha, alyans Rossiyaga, Rossiya esa NATOga kerak.

"Umumiy manfaatli sohalarda hamkorlik qilish zarur. Kelishmovchiliklarni esa muhokama qilish lozim, shundagina munosabatlarimiz kuchayadi" ,- deydi iyul oyida vakolati tugayotgan Sxeffer.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available