VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
"Ezgulik" jamiyati ustidan tergov-surishtiruv boshlangan


26/03/2009

[insert caption here]
Chilonzor prokuraturasida tergov ishi ochilgan, biroq "Ezgulik" jamiyati qaysi modda asosida so'roqqa tutilayotgani noma'lum, deydi Vasila Inoyatova
O’zbekistonda rasman ro'yxatdan o'tgan “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati ustidan tergov boshlangan. 

O’zbekiston huquq-tartibot organlari rasmiylarining aytishicha, “Ezgulik” tarqatgan xabarlar ustidan fuqarolar shikoyati ko’paygan.

Prokuratura va IIB vakillari shu asosda “Ezgulik” ofisida va jamiyat rahbari Vasila Inoyatovaning uyida surishtiruv o’tkazgan.    

“Ezgulik” a’zolarining so’zlariga ko’ra, so’nggi paytda jamiyat tomonidan huquq-tartibot organlarida korrupsiya holatlariga doir bir necha ma'lumot tarqatilgan. Tekshiruv shu bilan bog`liq bo`lishi mumkin.

Chilonzor tumani Ichki ishlar boshqarmasi esa “Ezgulik” jamiyati ustidan 4-5 fuqaro shikoyat arizasi yozganini bildirgan.   

Inoyatovaning aytishicha, “Ezgulik” jamiyati ustidan surishtiruv inson huquqlari faollariga ko’rsatilayotgan yana bir bosim.

“Chilonzor prokuraturada shu bo`yicha ish ochilgan, lekin hozir qanaqa modda, nima ayblar bo`laypti - bu haqda ma`lumot berilmadi. Aslida bu oldindan rejalangan, chunki kimni agar bartaraf etish kerak bo`lsa, shunday tagi puch bahonalar bilan ish ochishadi. Samarqandda Komiljon Ashurov ustidan ham centrasia.ru saytida chiqqan maqolasi uchun boshiga katta ishlar solishgan. Jarimaga tortib, huquq himoyachisi sifatidagi faoliyatiga bolta urishgan edi”, - deydi Inoyatova.

“Ezgulik” tarqatgan so`nggi xabarda Toshkent shahar IIB sobiq amaldorlaridan biri  jinoiy ishni yopish uchun yuqori lavozimda turgan hamkasblariga, prokuratura xodimlariga, sudyalarga advokatlar yordamida pora bergani aytilgan.

Vasila Inoyatova Chilonzor tuman prokuraturasiga va Sobir Rahimov tuman Ichki ishlar boshqarmasiga chaqirtirilgan. Biroq tergovga rasman chaqiruv qog`ozi berilmagan.

Yaqinda andijonlik keksa yoshli jurnalist va yozuvchi Kushodbek Usmonov bezorilikda ayblanib, 6 oyga qamalgan.

Usmonovning yaqinlari jinoiy ish jurnalistning huquq-tartibot organlari xodimlari faoliyati haqida tanqidiy maqola e’lon qilgani bilan bog’liq, demoqda.

Ayni paytda hibsda saqlanayotgan yana bir mustaqil  jurnalist Dilmurod Sayid ustidan tergov-surishtiruv ishlari ketmoqda. Pora talab qilishda ayblanayotgan jurnalistning salomatligi og’irlashgan.

“Dilmurod aka hibsga olingan kungacha turli idoralarga arizalar jo’natgan bu ish bo`yicha, fotolavhalarni ilova qilib. Pul so’raydigan odam arizalarni to`xtatib, murosa qilishga o`tadi. Bu hammasi uning tanqidiy chiqishlari, jurnalistik faoliyati bilan bog’liq”, - deydi jurnalistning turmush o’rtog’i Barno Jumanova.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
O'zbekistonda inson huquqlari hamon salbiy ahvolda
O'zbekistonda qonunlar nomiga, bolalar yana paxtazorda
Amnistiya diniy ayblov bilan qamalganlarga taalluqlimi?
Amnistiya siyosiy mahbuslarni chetlab o'tishi mumkin
"Human Rights Watch" vakili O'zbekistondan chiqarib yuborildi
Muxolifatchi shoir Yusuf Juma taqdiri noma'lum qolmoqda
O'zbekiston matbuoti: amalda ahvol qanday-u, qog'ozda qanday?
 
  Bosh mavzu
O'zbekiston Navro'zi ayyomni qanday nishonlamoqda?

  Boshqa xabarlar
Turk-arman mojarosi yuzasidan bahslar davom etmoqda
Muhojirlar: Amerikadagi hayot quvonchlari va tashvishlari  Audio Clip Available
Tahlilchilar: Isroil-Falastin nizosini cho'zishdan manfaatdorlar ko'p
Qoradoriga qarshi kurashayotgan ayol agentlar
Falastin davlatini barpo etish uchun ikki yil muhlat
AQSh va Rossiya: Strategik qurollar bitimi deyarli tayyor
Qirg'izistonda matbuot va muxolifatga tazyiq kuchaygan  Audio Clip Available
Amerika diplomati Jorj Mitchell hafta oxirida Yaqin Sharqqa boradi
O'zbekiston hukumati Internetni cheklashda davom etmoqda
AQSh-O'zbekiston orasida muzokaralar; konkret qadamlar zarurati
O'zbekiston va Qozog'iston mintaqada GESlar qurilishiga qarshi
Amerikada ilm olib vatanga qaytish ishtiyoqidagi yoshlar
Afg'onistonda AQSh qo'shinlari NATO boshqaruviga o'tadi
AQSh Yaqin Sharq tinchlik jarayoniga vositachilik qila oladimi?
Tahlilchilar: BMTda O'zbekistonga doir muloqot hissiyotli kechdi  Audio Clip Available
Qirg'iz oqsoqollari Amerika ketsin deydi, keng omma qanday fikrda?
Xillari Klinton: Ayollar manfaati birinchi o'rinda turishi kerak
Tojikiston: Afg'on zaminida tinchlikka erishish mumkinmi?
Tarixdan saboqlar: AQShga juda qimmatga tushgan yana bir urush
Afg'onistonga tinchlik kelsa, mintaqa uchun imkoniyatlar ko'payadi
Faollar: AQSh-O'zbekiston muloqotida huquq chetda qolmasin
Amerikalik yozuvchi yangi kitobida O'zbekistondan gap ochadi  Audio Clip Available
BMT maxfiy qamoqxonalarni tekshirmoqda, ayrim davlatlar norozi
BMTda O'zbekistonda inson huquqlariga doir ahvol o'rganilmoqda  Audio Clip Available
O'zbekiston BMT huquq bitimiga qanchalik rioya qilmoqda?