VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
O'zbekistonda maosh kartochkada to'lanmoqda; xalq nima deydi?


01/04/2009

[insert caption here]
O’zbekiston hukumati moliyaviy inqirozga qarshi kurash dasturini muhokama qilmoqda. 

Rasmiylar fikricha, inqiroz O’zbekistonga jiddiy ta’sir etmaydi.

Mutaxassislar nazarida esa respublikaning shundoq ham og’ir iqtisodiyoti bugun krizis domida.

O’zbekistonda maoshni plastik kartochkaga o’tkazish tartibi avval ham mavjud edi. 

Biroq so’nggi paytda nafaqa pullari, yosh bolali onalarga to`lanadigan ijtimoiy yordam ham shunday to’lanmoqda.

“Inqiroz tufayli yosh bolalarga, pensionerlarga berilayotgan nafaqa ham plastik kartochkalarga o`tib ketdi. Sho`ring qurg’urlar plastik kartochkani nima qiladi? Bir narsa olib yeyolmasa, dori ololmasa”, -  deydi Shaxs huquqlarini himoyalash xalqaro jamiyati a’zosi G’anixon Mamatxonov.

Uning aytishicha, maoshlarning kartochkada berilishi naqd pul yo’qligi bilan izohlanmoqda.

“Farg’ona viloyatida naqd pul yo’q. Hammani oyligi plastik kartochkaga o`tib ketdi. Hozir ko`p do`xtirlar aytayapti “biz yo`lni nima qilamiz?”, “avtobusga nima beramiz?”, “majburmiz, 15 foizga bo`lsa, ham almashtirishga” deyishayapti”, - deydi huquq himoyachisi.

Kartochkadagi maoshni naqd pulga aylantirish muammo ekani, buning ustiga 15 foizi ushlab qolinayotgani aholi noroziligiga sabab bo’lmoqda.

Yaqinda O`zbekiston Oliy Majlisi moliyaviy inqirozga qarshi kurash chora-tadbirlarini muhokama qildi.

Oliy Majlisning 2009-2012 yillarga mo’ljallangan aksilinqiroz dasturiga ko`ra, mamlakatda qator tadbirlar amalga oshirilishi ta`kidlangan. Dastur tafsilotlari noma`lum.

O’zbekiston prezidenti Islom Karimov moliyaviy inqirozning O`zbekistonga ta`siri nisabatan yengil, 2009 yilda ham yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi deyarli 2008 yil darajasida bo’ladi, deydi.

Sharhlovchilar fikricha, hukumat moliyaviy inqiroz oqibatlarini O’zbekistonga qanchalik ta’sir etayotganini ochiq aytmaydi. Ayni paytda esa inqiroz aholi turmushiga tobora chuqurroq kirib bormoqda.  

Aksilinqiroz dasturi doirasida ko’rilayotgan chora-tadbirlar aholi noroziligini oshirmoqda.

“Tezkor guruh” analitik markazi vakili Suhrob Ismoilovning aytishicha, hokimiyatlar moliyaviy inqirozga qarshi kurash bahonasida aholidan ko’rsatilmagan xizmatlar uchun ham pul yig`moqda.  

“Vrachlar, o`qituvchilar aholidan kommunal to`lovlarni yig`ishga jalb etilgan. Biroq  mahalla qo`mitalari tomonidan qarzi bo`lmagan xonadonlardan ham pul yig`ish kuzatilmoqda”,  - deydi u.

Uning aytishicha, bu bevosita moliyaviy inqiroz bilan bog’liq.

“O`zbekistonga unchalik ta`sir ko`rsatmaydi deyishayapti. Albatta ta`sir ko`rsatadi. Hozirgi voqealar ham shuning asoratlari, so`m taqchillashgan. Sabab esa oddiy - hukumat moliyaviy inqiroz ta`sirini rad etib, milliy valyutaning devalvatsiya (qadrsizlanish) qilishiga ruxsat bermayapti”,  - deydi Ismoilov.

Mustaqil ekspertlarning so’zlariga ko`ra moliyaviy inqirozning mintaqaga, jumladan, O`zbekistonga ta`siri kutilganidan og`irroq kechishi mumkin.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Tahlilchilar: Chetdan kelayotgan pul miqdori kamayishi mumkin
O'zbekistonda maosh va narx-navo birga oshadi
O'zbekistonda hayot Karimov aytganidek farovonlashyaptimi?
Maoshning oshishi narx-navoning ko'tarilishi deganimi?
O'zbekiston bozorlari: Ziyoli bebaho ilmini savdoga bag'ishlamoqda
O'zbekistonda iste'mol savati haqidagi ma'lumot nega sir tutiladi?
O'zbekistondagi iqtisodiy ko'rsatkichlar haqiqatni aks ettirmaydi
O'zbekistonda og'ir turmush sharoiti aholi salomatligini yemirmoqda
O'zbekistonda ko'pchilik hayotdan rozi, so'rov natijasi haqiqatmi?
O’zbekistonda aholi turmush darajasi juda past
O'zbekistonda tadbirkorlar yuqori soliqlardan nolimoqda
O'rta yoshli fuqarolar hali ham SSSR sog'inchi bilan yashamoqda
O'zbekistonda uy-joy to'lovlari xalqqa og'irlik qilmoqda
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available