VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Vatanga tobutda qaytayotganlar: urush omma nigohida

18/04/2009

[insert caption here]
Afg'onistonda jang qilib, halok bo'lgan askar Filip Mayers bilan vidolashuv. 5 aprel, 2009 yil
18 yildirki AQSh hukumati jang maydonida halok bo’lgan askarlarning tobuti vatanga qaytayotganini ko’rsatmay kelayotgan edi. 

Axborot vositalari bu siyosatni qoralab, Oq Uyga bu taqiq qonunga xilof ekanini eslatib, Amerika urushlarda jon bergan farzandlari bilan vidolashishga haqli deya talablar qo’ygan. 

Barak Obama yaqinda maxsus qaror qabul qilib, tobutlar xalqqa ko’rsatilsin  deya farmon berdi.

Afg’onistonda o’lgan serjant Fillip Mayerzning tobuti samolyotdan tushirilar ekan, faqat foto-kameralarning ovozi quloqqa chalinadi. Amerika bayrog’iga o’ralgan tobut va sukunat…

Pentagonning bildirishicha 30 yoshli uchuvchi bomba hujumi oqibatida halok bo’lgan.

Marhum zobit - bronza medali bilan taqdirlangan qahramon. 

Yangi qoidaga ko’ra tobutni ommaga ko’rsatish yoki ko’rsatmaslik marhum askarlarning oilasi ixtiyorida. Pentagon ulardan ruxsat olibgina, aerodromga axborot vositalarini kiritadi. 

1991 yildan beri harbiylarning tobuti televizor ekranlarida ko’rsatilmay kelayotgan edi. Qarorni keksa Jorj Bush qabul qilgan va og’li prezidentlik paytida ham kuchda qolgan.

Bush ma’muriyati bu bilan “askarlarning oilalarini himoya qilayapmiz” desa, matbuot hukumat urush talofatlarini yashirayapti deya tanqid qilar edi.  

AQSh mudofaa vaziri bu taqiqqa hojat yo’q deydi.  

“Bizning nazarimizda tobutlarning axborot vositalarida ko’rsatilishi yoki ko’rsatilmasligini marhumlarning oilasi hal etishi kerak. Tobutlar Dover aviabazasiga keladi va tarqatiladi,” deydi Geyts.

Ko’pchilik amerikaliklar yangi qoidalardan mamnun. Urushda yaqinlaridan ayrilganlarga juda qiyin, deydi mana bu oila.

Pol Shvarts: “Qahramonlar oilasini hurmat qilishimiz kerak. Ular tobutni ko’rsatmasa mayli, lekin hukumatning bunga haqqi yo’q”.

Jan Shvarts: “Menimcha axborot vositalari bunga ehtiyotkorlik  bilan yondashishi kerak. Tobutlarga qarang deb nog’ora chalishi shart emas. Haqiqatni ko’rsatsin xolos. Bu tobutlarda vatan qahramonlar yotibdi axir”.

Boshqa bir amerikalik esa tobutlar albatta ko’rsatilsin deydi:

“Bu tobutlar urush naqadar dahshatli narsa ekanini eslatadi. Xalq ularni ko’rishi kerak”. 

2001 yildan beri AQShning urushga ketgan askarlaridan besh mingga yaqini tobutda qaytdi. 

Telekanallar aviabazalarda qatorlab terilgan tobutlarni sukutda, ortiqcha sharhsiz ko’rsatmoqda.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Qo'shimcha askarlar bilan Afg'onistonni xavfsizroq qilish mumkinmi?
AQSh Afg'onistonda qo'shin sonini oshirmoqda
AQShning yangi prezidenti oldida cheksiz jumboqlar
AQSh Afg'onistonga to'rt brigada, 89 vertolyot yuboradi
AQSh Iroqda qo'shin sonini kamaytirib, Afg'onistonda oshiradi
Afg'onistonda yorug' kunlarga umid bormi?
AQSh askarlari diplomatik daxlsizlik huquqidan ayrilishi mumkin
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available