VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Grippning yangi turi dunyo bo'ylab xavotir uyg'otmoqda

28/04/2009

[insert caption here]
Cho'chqa grippi, deydi mutaxassislar, oson yo'llar bilan yuqadigan, xavfli kasallik
Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti
pandemiya ehtimoli haqida ogohlantirmoqda. 

Meksikada cho'chqa grippidan 152 kishi o'lgan. 1600 dan ziyod odam kasallik bilan olishmoqda.  AQShda hozirgacha 50 kishida virus alomatlari aniqlangan. Bu bemorlardan 11 nafari Meksika bilan chegaradosh Kaliforniyadan ekani ma'lum.

Meksikada harbiylar aholi orasida tibbiy niqoblar tarqatmoqda. Bu mamlakatdan chiqqan kasallik qo'shni Amerikaga o'tgan, qolaversa Kanada va Ispaniyagacha yetib borgan. Yangi Zelandiyada ham topilgan. Janubiy Koreya ham virus alomatlari borligini ma'lum qilmoqda.

Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti bosh shifokorlaridan Keyji Fukuda deydiki:

"Grippning bu xavfli turi odamlar orasida tezlikda tarqaladigan kasallik. Qamrovi juda keng bo'lishi mumkin deya xavotirdamiz".

AQSh yuqumli kasalliklarni o'rganish markazi bosh mutaxassisi Richard Besser bu grippning oldini olish qiyin deydi.

"Bemorlar virusni yuqtirganidan keyin bir haftagacha uni atrofdagilarga tarqatishi mumkin. Kasallik har safar yangi tusga kiradi",- deydi u. 

[insert caption here]
Cho'chqa grippi alomatlari oddiy gripp alomatlariga o'xshab ketadi

Kasallik alomatlari

Cho'chqa grippi odatda bu hayvonlarda kuzatilgan xolos. Hozirgi virus bu grippining yangi turi, ham bu hayvonlar, ham  insonlar uchun, deydi olimlar.

Simptomlar, shamollash yoki oddiy grippga o'xshab ketadi. 

Masalan, odamning issig'i ko'tariladi, boshi og'riydi; kishi holdan toyib, bog'imlar zirqiraydi, mushaklar tortishadi, bosh aylanadi, ayrim hollarda qusish va ichketishi kuzatiladi.

Doktorlar odatdagidek  "O'zingizni saqlash uchun gigiyenaga rioya qiling.  Kasalman deb o'ylasangiz, uyda o'tiring. Yo'talsangiz yoki aksirsangiz og'zingizni yoping", deya eslatmoqda.

Hukumatlar ham, BMT ham ortiqcha vahimagaga hojat yo'q demoqda, ammo haqiqat shuki bu virusga qarshi aniq bir dori mavjud emas.

Xalqaro choralar 

Meksikadan kelayotgan kishilar maxsus tekshiruvdan o'tishi kerak.  Amerikada gripp chiqqan maktablar vaqtincha yopilgan va sanitariya ishlari avjida.

[insert caption here]
Meksikada grippning bu turidan o'lganlar asosan o'smirlar
Prezident Barak Obama yangi virus tashvishga molik ekanini aytib, odamlarni  ogohlikka chaqirmoqda.

Amerikada bemorlar soni 40 nafardan oshgach, hukumat favqulodda tibbiy holat e'lon qilgan. Grippga qarshi, zahiradagi eng kuchli dori Tamiflu shtatlar bo'ylab tarqatilib, muolajalar boshlangan.

Cho'chqa grippiga qarshi vaksina yo'q, ammo Tamiflu va Relenza kabi dorilar effektiv ekani ma'lum.

Shifokorlarning aytishicha Meksikada bu grippga chalinganlarning ahvoli og'ir. Unga bardosh bera olmaganlar asosan o'smirlar. Odatda bu yoshda inson gripp kabi kasalliklarni yenga oladi. 

Shu sabab ham mutaxassislar bu grippning juda murakkab turi deya xulosa qilmoqda. 


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Inqiroz Markaziy Osiyoni chetlab o'tayotgani yo'q
O'zbekistonning temir ayollari oldidagi bugungi mashaqqatlar
Paxtaga talab past, O'zbekiston eksportni kamaytiradi
Axborot asrida sifatli axborot topish amri mahol
Markaziy Osiyoda ob-havo xizmatlarini yaxshilash kerak
Suv masalasi Markaziy Osiyoda birinchi o'ringa chiqishi kerak
Inson savdosi bugun uyushgan jinoyatchilik tizimi
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
Jurnalist ba'zida ko'r, kar va soqov bo'lishga majburmi?
Qon orqali yuqumli kasalliklar yuqtirish ehtimoli yuqori
Inson savdosi Markaziy Osiyoda keng qanot yozmoqda
O'zbekiston - silning og'ir turi tez tarqalayotgan mamlakatlardan
O'zbekiston paxtasi ustidan xalqaro bahslar davom etmoqda
Vashington SPID bo'yicha AQShda birinchi o'rinda
Bugungi O'zbekiston: Boy ila xizmatchi
O'zbekistonda dori-darmon narxi va sifatiga ko'proq e'tibor kerak
O'zbekistonda og'ir turmush sharoiti aholi salomatligini yemirmoqda
Abort - O'zbekiston juvonlari orasida oddiy, ammo halokatli hol
O'zbekistonda SPID mamlakat kelajagini yemirmoqda
O'zbekistonda sil kasalining og'ir shakli tarqalmoqda
O'zbekiston parranda grippi bilan kurashga 48 million so'm ajratdi
O'zbekistonda SPIDga oid ma'lumotlar sir saqlanmoqda
O'zbekiston SPID bo'yicha mintaqada birinchi o'rinda
O'zbekiston kasalxonalarida VICH yuqtirish hollari ko'paygan
O'zbekiston donor qoniga tashna
O'zbekistonda immunitet taqchilligidan azob chekayotganlar soni mavhumligicha qolmoqda
 
  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available
  Qo'shimcha manbalar
Cho'chqa grippi haqida qo'shimcha ma'lumotlar -inglizcha