VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
O'zbekistonda cho'chqa grippiga qarshi ehtiyot choralari


01/05/2009

[insert caption here]
Hozircha MDH miqyosida cho'chqa grippi bilan kasallanish holati aniqlanmagan
O'zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko`ra, mamlakatda cho`chqa grippi qayd etilmagan. Kasallikning oldini olish uchun maxsus chora-tadbirlar ko’rilmoqda.  

Chegara, aeroport va temir yo`l vokzallarida sanitariya-epidemiya nazorati kuchaytirilgan.

O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Boqijon Matkarimov so’zlariga ko’ra, respublika epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasi cho’chqa grippining oldini olish tadbirlari yuzasidan yig’ilish o`tkazgan.

“Yig’ilishda tegishli vazirliklarga nimalar qilish kerakligi belgilab berildi. Respublika miqyosida doimiy ishlaydigan shtab tashkil etildi. Shtab monitoring olib boradi, vaziyat bo’yicha har kuni ikki marta Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi. Bundan tashqari, Toshkent xalqaro aeroportiga sanitariya nazoratini kuchaytirish uchun qo’shimcha  tibbiy xodimlar biriktirildi. Ular xorijdan kelayotgan fuqarolar haroratini o’lchamoqda. Davlat chegarasida sanitariya nazorati ham kuchaytirilgan. Shifoxonalarda gripp yuqtirganlikda gumon qilingan kishilar uchun 20 tadan o’rinlar ajratildi. Hozircha O’zbekistonda bu gripp turi qayd etilmagan”, - deydi Boqijon Matkarimov.

Uning aytishicha, cho’chqa grippi asoratlari oddiysidan kam farq qiladi, faqat bu kasalikka qarshi vaksina yaratilmagan, cho’chqa grippi bilan og’rishda o’lim holati nisbatan ko’proq qayd etilgan.

“Qo`shni davlatlardagi vaziyat ham doimiy tahlil qilib borilmoqda. Kasallik kirib kelmasligi uchun barcha imkoniyatlar ishga qolayapmiz. Jahon Sog`liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko`ra, bu Gripp-A, H1-N1 deb nomlanayapti. Bunda ham tana harorati ko`tarilishi, aksa urish, tomoq og`rishi kabi belgilar bilan kuzatiladi, faqat asorati og’irroq”, - deydi Matkarimov.

Hozircha MDH miqyosida cho`chqa grippi aniqlangani haqida ma`lumot yo`q. 

Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti yaqinda epidemiyaning tahdid darajasini yana bir pog`onaga ko`targan. Tashkilot dunyo davlatlarini ehtiyot choralarini kuchaytirishga chaqirmoqda.
Cho`chqa grippi cho`chqa go`shtidan yuqishi mumkinligi haqidagi taxminlar muhokamada. Ayrim davlatlarda cho`chqa go`shti sotuvdan olinmoqda.

Mintaqa davlatlaridan Tojikiston birinchilardan bo`lib cho`chqa go`shti importini taqiqladi. O`zbekiston mahsulot hamon sotuvda.

Boqijon Matkarimov fikricha, gripp go`shtdan yuqishi haqidagi talqinlar asossiz.

“Gripp go`shtdan yuqishi qiyin, virus yuqishi uchun tirik to`qima bo`lishi kerak. Har bir davlat bu borada o`zi mustaqil ravishda qaror qabul qiladi”, - deydi u.

Respublika epidemiyaga qarshi kurash komissiyasiga ko`ra, sog`liqni saqlash tizimi epidemiyaga qarshi turishga tayyor, kasallikda gumon qilingan kishilarni izolyatsiya qilish uchun maxsus o’rinlar ajratib qo`yilgan.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available