VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
O'zbek ziyolilari Obama faoliyatini ijobiy baholamoqda


05/05/2009

Obama
Obama hozircha to'g'ri qadam tashlamoqda, deydi jamoatchi faollar 
O'zbekistonda jamoatchilik Barak Obamaga nisbatan ijobiy fikrda. AQShning yangi rahbari Markaziy Osiyo bilan aloqalar borasida hali o'z fikrini bildirmagan.

Ammo sharhlovchi va faollar nazarida Obama prezidentlikka kelganidan beri dunyo siyosatida o'ziga xos burilish yasay oldi.  

"Obama faoliyatini kuzatayotganlar juda ko`p",- deydi tahlilchi Fayzulla Is'hoqov. 

"AQSh dunyoda eng boy davlat bo'lgani uchun emas, asosan Obamaning rahbarlikka saylangani uchun qiziqish katta... Obama hatto Eron bilan muloqot qilishimiz kerak degan gaplarni aytayapti, bu bu katta o'zgarish". 

AQShning Toshkentdagi elchxonasi internet sahifasida Obamaning xafsizlik masalalari bo`yicha maslahatchisi Jeyms L. Jounsning "Dastlabki yuz kun: Amerikaning XXI asrdagi vazifalari" nomli maqola chop etilgan.

Muallifning ta`kidlashicha, Barak Obama o'z tashqi siyosatida xavfsizlik yoki insoniy qadriyatlarni tanlaydi degan qarashlar noto'g'ri. Amerika uchun tinchlik va huquq masalasi teng yuradi, deydi Jouns.

Obama Amerika hech kimni qiynoqqa solmaydi deb e'lon qilgan.  Qiynoqlar O'zbekistonda ham nozik masala. Jorj Bush davrida mahbuslar qanday so'roq qilingani haqida hujjatlar yaqin orada omma e'tiboriga havola etiladi. AQSh rahbarining oshkora ish yuritayotgani, deydi o'zbek ziyolilari, butun mintaqaga o'rnak bo'lishi kerak.

AQSh prezidenti musulmon dunyosini yaqindan hamkorlik qilishga undamoqda.  

Islomshunos olim Abdulaziz Mansur Obamaning murojaati umid bag'ishlaydi deydi.

"Lekin amalda nima bo`lishiga qarash kerak. Amaliyot Iroqdan qo'shinlarni olib chiqib ketish, Afg`oniston masalasini faqat harbiy yo'l bilan emas, muzokaralar bilan hal qilishga bog`liq", - deydi mutaxassis.  

Islom olami bilan bog'lanish, shuningdek Yaqin Sharqdagi mojarolarga barham berish, xususan Isroil-Falastin orasida tinchlikni ta'minlashni ham talab etadi.

"Erk" partiyasi bosh kotibi Otanazar Oripov Amerika haqiqatni tan olgan holda ish ko'rishi kerak deydi.

"Chuqur mafkuraviy ziddiyatlar hal bo`lmas ekan, tinchlikdan darak bo'lmaydi", - deydi Otanazar Oripov. U bu yerda Xamasning G'azo sektoridagi saylovlarda g'alaba qilib, sektorda hokimiyatni egallaganiga ishora qilmoqda.

AQSh Falastin davlati barpo etilishi kerak deb keladi. Xalq istasa, deydi rasmiylar, Xamas guruhi hukumat tarkibida bo'lishi ham mumkin. Lekin bu kabi qarashlar Isroil tomonidan norozilik bilan kutib olingan.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
AQSh senatori: O'zbekiston hukumati istasa, vaziyatni o'zgartira oladi
Al-Qoida Amerika xavfsizligi uchun hamon jiddiy tahdid
Qo'shma Shtatlar va islom dunyosi o'rtasidagi chigalliklar
Obamaga ishonch baland, lekin iqtisod qachon tiklanadi?
Obamaning 100 kunlik tashqi siyosati muhokamada
Barak Obama Rossiya prezidenti bilan uchrashdi
Katta Yigirmalik umumiy dasturga kelishib oldi
Amerika Markaziy Osiyo basketbolchilarini quvvatlamoqda
AQSh Afg'onistonda Rossiya, Xitoy va Hindistonga tayanadi
Obama iqtisodiy inqirozni bartaraf etishda hamkorlikka chaqirmoqda
Xillari Klinton: AQSh endi "terrorga qarshi urush" demaydi
Obama strategiyasi har xil qarshi olinmoqda
AQSh: O'zbekistondan baza so'raganimiz yo'q
Karzay va Zardariy Barak Obamaning strategiyasiga tayyor
Guantanamodagi uyg'urlar taqdiri muhokamada
Obama NATOni kuchaytirmoqchi
Afg'oniston NATO kelajagini hal etishi mumkin
Eron ulamolari Obamaga ishonmayapti
Obama: Asosiy maqsad inqirozdan chiqish
Guantanamodagi uyg'urlar yaqin kunlarda ozod etilishi mumkin
Ilm ahli Obamani musulmon dunyosida izchil siyosatga chaqirmoqda
Mo'tabar Tojiboyeva kelajakdan umidvor, faol bilan TV suhbat
Inqiroz Markaziy Osiyoni chetlab o'tayotgani yo'q
Prezident Obama: AQSh harbiy qudratini boy bermaydi
Mo'tabar Tojiboyeva AQSh bergan mukofotni xalqiga bag'ishladi
Obama: Tolibonning ayrim a'zolari bilan gaplashishimiz mumkin
Barak Obama Amerika inqirozni yengadi demoqda
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available