VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
AQShda Andijonni qanday eslashmoqda?

13/05/2009

U.S. Congress
Kongressda "AQSh va O'zbekiston: Andijon voqealaridan to'rt yil o'tib" mavzusida xotira marosimi bo'lib o'tdi
Andijon voqealarining to'rt yilligi munosabati bilan Vashingtonda, Kongress qoshida maxsus brifing bo’lib o’tdi. 

Tadbirni xalqaro maydonda huquq himoyachilari sifatida tanilgan Freedom House - Ozodlik Uyi va Human Rights Watch hamkorlikda tashkil etgan. 

Xotira marosimida Amerika siyosiy arboblaridan - respublikachi senator Jon Makkeyn (John McCain) so’zga chiqqan.  

"Amerika Ovozi" yarim soatlik kundalik dasturida brifingni yoritar ekan, studiyadan Nasiba Tohir va Kapitoliydan Navbahor Imamova orasida kechgan  muloqot bilan tanishing:   

Navbahor Imamova: Nasiba, brifing endi boshlandi, ancha gavjum. Senator Makkeyn hali so’z olgani yo’q. Bilasiz,  Makkeyn o’tgan saylovlarda Barak Obama bilan prezidentlik uchun kurashgan arbob. Qolaversa, Amerika tashqi siyosatini belgilab kelayotgan, sobiq Sovet Ittifoqi hududidagi davlatlar, xususan, Rossiya va Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan tanish siyosatchi. Makkeyn Andijon voqealarini so’nggi yillardagi eng dahshatli fojialardan biri sifatida tilga oladi. U O’zbekiston hukumatini mas’uliyatsizlikda, mustaqil tekshiruvga yo’l bermay, xalqdan haqiqatni yashirayotganlikda ayblab keladi.  Makkeyn azaldan Markaziy Osiyo diktatorlar qo’lida, Islom Karimov bu yo’lda birinchi o’rinda deydi. Bugun ham shu gaplarni takrorlashi mumkin. Makkeyn Islom Karimov siyosatini qoralab, esingizda bo’lsa, rezolyutsiya chiqarishni ham taklif qilgan edi. Bugun omma oldida so’zlayotgan yana bir kishi bu – Lutfullo Shamsutdinov. Andijon voqealari guvohi bo’lgan inson va ko’rgan-bilganlarini to’plab, xalqaro hamjamiyatga ulashgan. Hozir Amerikada boshpana olib, shu yerda yashaydi. O’zbekiston hukumati uni Andijon voqealari ortida turgan shaxslardan biri deb biladi. Brifingda hozircha O’zbekiston elchixonasidan hech kim ko’rinmayapti. Uni uyushtirgan Freedom House va Human Rights Watch tashkilotlari Obama ma’muriyati va Vashington e’tiborini O’zbekistondagi huquq ahvoliga qaratishga harakat qilmoqda va aloqalarda demokratiya targ’ibotiga urg’u berishi kerak deb chiqmoqda.

Nasiba Tohir: Andijon voqealaridan beri O’zbekiston-Amerika aloqalarida ancha oqsashlar bo’ldi. Achchiq so’zlar almashildi.  Lekin Vashington siyosiy doiralari respublika bilan u qadar tanish emas, ayrim senator va kongressmenlarni hisobga olmaganda, shundaymi?

Navbahor Imamova: Nasiba, Amerikaning Markaziy Osiyo bilan ishlaydigan diplomatlari va rasmiylarigina O’zbekistondagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy ahvolni yaxshi biladi yoki bir oz tushunadi desak xato bo'lmaydi. Agar Kongressda 535 a’zo bo’lsa, O’zbeksitonni yaxshi biladigan arboblar balki barmoq bilan sanarli. Senat va Vakillar Palatasida tashqi ishlar bo’yicha qo’mitalar bor. Ularning ayrim a'zolari O’zbekistonga tashrif buyurgan, rahbariyat bilan gaplashgan. Biroq ular ham respublikaga doir ma’lumotlarni odatda Freedom House, Human Rights Watch kabi tashkilotlar, Vashingtondagi tahlilchi va ekspertlardan oladi.   

Nasiba Tohir: Amerika xalqi va siyosatchilari Andijon voqealari haqida qanchalik biladi?  Bu mamlakat matbuoti, bilamizki, O’zbekistonni u qadar yoritmaydi.  

Navbahor Imamova: Andijon voqealari bu davlatda ham, tabiiyki, afsus bilan tilga olinadi. Aslida u yerda nima bo’lgan deb javob izlayotgan, o’ylanayotganlar juda ko’p. Amerika jamoatchiligi O’zbekiston haqida juda oz biladi, chunki ommaviy axborot vositalari u yerdagi hayotni ko’p ham yoritmaydi. Amerika katta mamlakat, ikki davlatda urush olib borayapti, iqtisodiy inqiroz avjida. To'g'ri, O’zbekiston Afg’onistonga qo’shni, ammo AQSh yer yuzining har bir nuqtasida qandaydir manfaatga ega ekan, ma’muriyat e’tiborini talab qiladigan mavzular bir dunyo. Bugun mana shu yerda Andijon voqealarining tilga olinayotgani, O’zbekiston yuzlashayotgan muammolar sanab o’tilayotganining o’zi katta gap.

Nasiba Tohir: Katta rahmat sizga, Navbahor.


Download Lavhani tinglang
Download  (MP3)
Listen to This Report Lavhani tinglang
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
AQSh: O'zbekistondan baza so'raganimiz yo'q
Mo'tabar Tojiboyeva kelajakdan umidvor, faol bilan TV suhbat
Inqiroz Markaziy Osiyoni chetlab o'tayotgani yo'q
Vatanda jinoyatchi, xorijda yurtining "sodiq o'g'loni"
Mo'tabar Tojiboyeva AQSh bergan mukofotni xalqiga bag'ishladi
Axborot asrida sifatli axborot topish amri mahol
Amerika Markaziy Osiyo bilan ochiq muloqot yuritishga tayyor
Qirg'izistonda omma Manas emas, tirikchilik haqida o'ylamoqda
Suv masalasi Markaziy Osiyoda birinchi o'ringa chiqishi kerak
Markaziy Osiyoda tabiiy boyliklardan kim foyda ko'rmoqda?
Ekspert: Markaziy Osiyo xorijiy sarmoyani saqlab qolishi kerak
Turkmanistonda saylovlar, o'zgarish o'zi nima?
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
Obamaga Markaziy Osiyoda katta umidlar bog'langan, lekin...
Barak Obama haqida yurtdoshlaringiz nima deyapti?
O'zbekistonlik kuzatuvchi: amerikaliklar davlatiga ishonar ekan
Oq Uy uchun kurash murakkab, ammo demokratik jarayon
Makkeyn yo Obama? O'zbekiston uchun kim ma'qul?
Muhojirotdagi o'zbekistonliklar huquqiy himoya so'ramoqda
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi
Markaziy Osiyo birlashishidan kim nima foyda ko'radi?
"O'zbekiston ipak parda ortida yashaydi"
AQShda rahbar o'zgarishi O'zbekiston uchun nimani anglatadi?
Makkeyn yoki Obama? Markaziy Osiyo bilan aloqalar kelajagi
Ikrom Yoqubov: sobiq agent yoki vatan xoini?
AQSh olimlari O'zbekiston bilan keng hamkorlikka tayyor
Amerika va Markaziy Osiyo rahbarlari orasida ishonch past
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi
Xitoy "uyg'ur ekstremistlari" haqida ogohlantirmoqda
 
  Bosh mavzu
Xitoy Shinjonda "taraqqiyot", uyg'urlar "ko'zbo'yamachilik" demoqda

  Boshqa xabarlar
Saudiya Arabistoni haj kunlari xavfsizlik va salomatlikka ko'z-quloq
Afg'oniston hukumati ayrim toliblar bilan muloqotga kirmoqchi
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available