VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
"General Motors" O'zbekistondagi biznesidan mamnun


18/05/2009

GM
Yil boshidan beri O'zbekistonda "Chevrolet" rusumidagi mashinalardan 25 mingi sotilgan
AQShning yirik avtomobilsozi – "General Motors" (GM) kompaniyasi og'ir davrni boshdan kechirmoqda. O'tgan bir yil ichida o'nlab ming ishchilarini bo'shatgan, o'nlab zavodlar yopilgan. 

Lekin "GM"ning O'zbekistondagi qo'shma korxonasi biznes joyida deydi. 

"GM" O'zbekistonda 2007 yilda ish boshlagan. Kompaniya  O'zbekistonda ikki loyiha ustida ishlamoqda -- biri mashina, ikkinchisi motor ishlab chiqarishga  ixtisoslashgan. 

"GM-Uzbekistan" qo'shma korxonasining 75 foiz aksiyasi "O'zAvtoSanoat"ga, 25 foizi esa "GM"ga tegishli.  Tabiiyki, moliyaviy mas'uliyat asosan O'zbekiston zimmasida.  

"GM-Uzbekistan" Asakadagi zavodda "Chevrolet" (Captiva, Epica, Tacuma), "Lacetti", "Nexia", "Matiz" va "Damas" mashinalari ustida ishlamoqda. Kelgusida mahsulot qisman Chkalov nomidagi samolyotsozlik zavodida yasalishi ko'zda tutilgan.

"Amerika Ovozi" kompaniyaning mintaqa bo'yicha matbuot kotibi Mark Kempe (Marc Kempe) bilan suhbatlashdi.  

"Kelajakda nima bo'lishini hech kim aniq ayta olmaydi. Ayni damda biror salbiy ta'sir sezmayapmiz. GM ishlab chiqarayotgan Chevrolet avtomobillarining oshig'i olchi. O'zbekistonda joriy yilning dastlabki to'rt oyida 25 mingdan ziyod mashina sotdik. Savdodan xursandmiz",- deydi Kempe.

GM
"GM-Uzbekistan"ga asosan "O'zAvtoSanoat" egalik qiladi
Amerika avtosanoatidagi mushkul ahvolni kuzatayotgan  mutaxassislar fikricha  "GM" AQShda bankrot bo'lsa, xorijdagi zavodlar hukumatlar qo'liga o'tib ketishi mumkin.  Bu esa, deydi tahlilchilar, kompaniya uzoqqa bormasligini anglatadi.  

Mark Kempe nazarida ortiqcha bashoratga hojat yo'q.

"Bankrotlik deganda asosan AQSh bozori nazarda tutilmoqda. Krizis "GM"ning Amerikadagi faoliyatiga zarba bergan. Bu tanazzul kompaniyaning xorijdagi ishlariga bevosita ta'sir qilmaydi".

Shu yil boshida kompaniya O'zbekiston bilan hamkorlikda yana bir yangi korxona tuzdi - "GM Powertrain Uzbekistan". Maqsad - ekologiyaga zarar keltirmaydigan motorlar ishlab chiqarish.  Mahsulot 2011 yilda bozorga chiqishi kutilmoqda.  

Bu qo'shma loyihaning 52 foizi "GM",  qolgani esa "O'zAvtoSanoat" qo'lida.

"General Motors" xorijdagi faoliyatini oshirar ekan, AQShda ishchilar norozi. "Nima uchun kompaniya Amerikada minglab odamlarni ishdan bo'shatadi-yu, chet elda yangi zavodlar qurmoqda?" deb so'raydi ular. 

Mark Kempe buni shunday izohlaydi.

"O'zbekistonda biznes qilish qarori krizisdan ancha oldin qabul qilingan. Ikkinchidan, biz O'zbekistonda yangi zavod qurayotganimiz yo'q, aksincha, mavjud zavoddan foydalanayapmiz…  Bu avtomobillar respublikada bozorga chiqmoqda.  Bu biznesning Amerika ishchilariga umuman aloqasi yo'q".

Lekin, ayrimlar nazarida, O'zbekistonda sotilgan avtomobillar xorijga arzonroq narxda eksport qilinadi.

Mark Kempening aytishicha har bir davlat uchun alohida modellar yaratiladi va "o'zbek" bozori uchun ishlab chiqarilgan mashinalar chetga sotilmaydi.  

Kompaniya mahsulotga narx-navoni belgilayotib, mahalliy aholining moliyaviy ahvoli, qanday mahsulot sotib olishga qurbi yetishini inobatga olayaptimi?

"Albatta. Qaysi davlatda savdo qilmaylik, "Chevrolet" mashinalari narxini mahalliy bozorga qarab belgilaymiz."

O'zbekiston bozorlari va avtomobil salonlarida narx-navo o'rtasida tafovut baland. 

Torg.uz veb-saytida yozilishicha, "Chevrolet" rusumidagi avtomobillar kamida 20-25 ming dollar, "Nexia" 11-13 ming dollar, "Matiz" esa 7-8 ming dollar atrofida.

"GM-Uzbekistan" qo'shma korxonasida 5 mingdan ortiq o'zbekistonlik ishlaydi. Yana 1200 ish o'rni yaratish rejalangan.


Download Lavhani tinglang
Download  (MP3)
Listen to This Report Lavhani tinglang
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Senator Makkeyn: Karimovga ishonib, huquq chetda qolmasin
Amerika va Markaziy Osiyo rahbarlari orasida ishonch past
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi
Amerika mintaqa farovonligini ko'zlasin, deydi tahlilchilar
AQSh sudyasi: O'zbekiston huquq bobida yordamga muhtoj
Amerika Markaziy Osiyo basketbolchilarini quvvatlamoqda
AQSh: O'zbekistondan baza so'raganimiz yo'q
Mo'tabar Tojiboyeva kelajakdan umidvor, faol bilan TV suhbat
Inqiroz Markaziy Osiyoni chetlab o'tayotgani yo'q
Vatanda jinoyatchi, xorijda yurtining "sodiq o'g'loni"
Paxtaga talab past, O'zbekiston eksportni kamaytiradi
Axborot asrida sifatli axborot topish amri mahol
Amerika Markaziy Osiyo bilan ochiq muloqot yuritishga tayyor
Qirg'izistonda omma Manas emas, tirikchilik haqida o'ylamoqda
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Ekspert: Markaziy Osiyo xorijiy sarmoyani saqlab qolishi kerak
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
Obamaga Markaziy Osiyoda katta umidlar bog'langan, lekin...
Barak Obama haqida yurtdoshlaringiz nima deyapti?
Islomiy bank: tavakkal qilish moliyaviy inqirozga yetaklaydi
Markaziy Osiyo birlashishidan kim nima foyda ko'radi?
"O'zbekiston ipak parda ortida yashaydi"
AQSh olimlari O'zbekiston bilan keng hamkorlikka tayyor
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi
Jurnalist ba'zida ko'r, kar va soqov bo'lishga majburmi?
Ahmad Rashid: AQSh Markaziy Osiyoda xalq dardiga quloq tutsin
AQSh, O'zbekiston yangicha hamkorlik haqida fikr almashmoqda
O'zbekistonda tadbirkorlar turli to'siqlardan shikoyat qilmoqda
Iqtisodiy inqiroz O'zbekistonda hayotni yanada og'irlashtirgan
O'zbekistonda moliyaviy tanglik oqibatlari ko'zga tashlanmoqda
O'zbekiston sarmoyaga muhtoj, ammo zarur sharoit yaratilmagan
O'zbekistonda jamoatchilik G'arb bilan yaqinlik tarafdori
Ishsizlik O'zbekistonda vaziyatni izdan chiqarishi mumkin
O'zbekiston-Rossiya aloqalaridan kim naf ko'rmoqda?
O'zbekistonda iqtisodiy inqiroz alomatlarini yashirib bo'lmaydi
Xillari Klintonga O'zbekistonda umid bilan qarashmoqda
O'zbekistonda kredit tizimi bor, ammo xalqqa nafi sezilmaydi
Inqiroz asoratlari: pul yo'q, xalq norozi, muhojirlar ishsiz
Moliyaviy inqiroz mehnat muhojirlarini uyiga qaytarmoqda
Tahlilchilar: Chetdan kelayotgan pul miqdori kamayishi mumkin
Moliyaviy inqiroz – o'zbekistonlik muhojirlar ishsiz, yurtiga qaytmoqda
Jahon bozoridagi tanglik O'zbekistonga qanday ta'sir qilmoqda?
Tahlilchilar: Janubiy Koreya – yaxshi ish topsa bo'ladigan davlat
O'zbekistonning rasmiy iqtisodiy ko'rsatkichlari shubha ostida
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available