VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Barak Obama: Falastin davlati vujudga kelishi kerak

19/05/2009

[insert caption here]
Obama fikricha uzoq yillik nifoqqa barham berish uchun imkon bor
Isroil hozircha Falastin davlati haqida gapirishga shoshmayapti

AQSh prezidenti Barak Obama va Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu 18 may kuni Oq Uyda uchrashib, Falastin bilan til topishish hozirgi eng muhim vazifa deb belgilagan.   

Ammo Obama Isroilning yangi bosh vaziri bilan muzokarada asosiy diqqatni Falastinga qaratgan bo'lsa, Netanyaxu ko'proq Eron haqida gaplashishga urindi. 

Muloqot ketidan har ikki rahbar tinchlik va xavfsizlik haqida bir fikrda ekanini ayon qildi.

"Biz Falastin bilan darhol tinchlik muzokaralari boshlashni istaymiz",- dedi Benyamin Netanyaxu. 

"Isroil unga arab davlatlari qo'shilishini ham xohlaydi, chunki mening davlatim butun arab dunyosi bilan hamjihatlik tarafdori",- dedi u.

Lekin, deydi Isroil bosh vaziri, arablar avvalo "biz yahudiy davlati ekanimizni va o'zimizni har qanday xavfdan himoya qilishga haqqimiz borligini tan olishi shart".

Amerika Isroilni qanchalik quvvatlamasin, Falastin ham mustaqil davlatga aylanishi kerak deb keladi. Falastinliklarga moliyaviy yordamni oshirmoqda. 

Obama ma'muriyati nazarida Isroil 1967 yildan beri bosib olgan yerlarni bu xalqqa qaytarishi kerak. 

Benyamin Netanyaxu hali bunga ko'nmagan, ammo "Isroil Falastinni boshqarishni xohlamaydi",- deya qayd etmoqda.

Obama masalaga sabr-qanoat bilan yondashish tarafdori. 

"Falastin va Isroil bir-biridan nima istashisni o'zaro kelishib olishi zarur, biz vositachilik qilamiz xolos",- deydi u.  

Iran_map_nuclear
Eron hozircha AQSh taklifiga ijobiy javob bermagan
Amerika Eron bilan muloqot qilish niyatida qat'iy, Isroil Eronga qarshi arablar bilan hamkorlik tarafdori 

Obama Eronni murosa qilishga undamoqda. AQSh rahbari fikricha bu qadim tarix va madaniyatga ega davlat G'arb bilan muloqotdan bosh tortib, yadro maqsadlaridan qaytmasa, qo'shimcha sanksiyalar bilan yuzlashishi mumkin. 

"Eron xalqaro hamjamiyat bilan sidqidildan gaplashsin, maqsadi nima ekanini aytsin",- deydi Obama. 

"Biz uni tinglashga, o'zaro manfaatlarimizni hisobga olgan holda kelishib olishga shaymiz",- deydi Obama.

Benyamin  Netanyaxu esa arablar va Isroil Eron atom maqsadlariga qarshi birdamlikda harakat qiladi degan umidda. "Eron bizning umumdushmanimiz",- deydi Isroil bosh vaziri. Ayrim arab davlatlari bu fikrni tasdiqlagan.

Eron hozircha yuqoridagi chaqiriqlarga javob bermagan. Obama kelasi hafta Misr prezident Husni Muborak va Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan uchrashadi. 

G'arbiy sohilda yahudiylar uchun yangi uy-joy quriladi

[insert caption here]
Isroil falastinliklar o'zi yer deb biladigan hududda yahudiy aholi uchun uy-joy qurishda davom etmoqda
Benyamin Netanyaxu Vashingtonda tinchlik haqida gapirayotgan bir paytda Isroil Iordan daryosining g'arbiy sohilida, falastinliklar o'z yeri deb biladigan hududda, yahudiylar uchun yangi uy-joy qurishga kirishgan.

"Amerika Ovozi"ning Quddusdagi muxbiri Luiz Ramirezning xabar berishicha u yerda bunyodkorlik ishlari avjida. 

Falastinliklar Isroildan bu yerlarni tark etishni talab qilib keladi. G'arbiy sohilda hozir 280 ming yahudiy yashaydi. Ularga yangi uylar qurish loyihasi o'tgan yili ma'qullangan. 

AQSh mojaroli nutqalarda bunday harakatlarga qa'tiyan qarshi va Isroildan maqsad tinchlik bo'lsa, muammoni yanada chigallashtirmaslikni so'ramoqda.

Falastin rasmiysi Yassir Obid Rabu Isroilning biror bir va'dasiga ishonch yo'q deydi.  Qo'shma Shtatlar, uning fikricha, bu davlatga Falastin yerlarini bo'shatish uchun bir yil vaqt berib, keskin talablar qo'yishi kerak. Shundagina odamlar Vashingtonga umid bilan qaray oladi, deydi u.

"Biz o'z davlatimizga bir yil ichida ega bo'lishimiz, yerlarimizni qaytib olishimiz kerak",- deydi Falastin rasmiysi.

Isroilda jamoatchilik Falastin davlati tuzilishi borasida turlicha fikrda. Ko'pchilik agar falastinliklar o'z mamlakatiga ega bo'lsa, u yer musulmon jangarilar makoni bo'ladi deb qo'rqadi.  Falastinliklar tarqoq ekan, ular o'z-o'zini boshqara olmaydi degan xavotir hukmron.  Boshqalar esa "ularning davlat bo'lishga haqqi bor", deydi.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Ilm ahli Obamani musulmon dunyosida izchil siyosatga chaqirmoqda
Yaqin Sharqda tinchlik hozircha faqat bir orzu
Aksariyat musulmonlar AQSh jamiyatimizni tark etsin deydi
AQSh Falastinga 900 million dollar bermoqchi
Isroildagi saylovlar - Falastin taqdirini belgilovchi jarayon
Barak Obamadan global va bexato qarorlar kutilmoqda
Ekspertlar: Obama Yaqin Sharqda pragmatik qadamlar tashlasin
Yaqin Sharqda Suriyaning diplomatik nufuzi oshmoqda
BMT Isroil va Falastinni xalqni ezayotganlikda ayblamoqda
O'zbekistonda jamoatchilik G'arb bilan yaqinlik tarafdori
AQSh G'azoga qo'shimcha 20 million dollar yordam ajratmoqda
Barak Obama musulmon dunyosini muloqotga chorlamoqda
AQSh Eron rahbariyatini ochiq muloqotga undamoqda
Barak Obama: Yaqin Sharqqa haqiqiy tinchlik kerak
Isroil harbiylarini urush jinoyatlari ayblovidan himoya qiladi
Obama Yaqin Sharq va Afg'onistonga yangi vakillar tayinladi
AQSh musulmon jamiyatlari bilan yangicha muloqot boshlamoqchi
Jahon hamjamiyati Obamaga umid bilan qaraydi
Barak Obama AQShning Yaqin Sharqdagi rolini yangilamoqchi
Isroil va Xamas tinchlik tarafdori ekanini isbotlashi kerak
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available