VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
AQSh: Qozog'iston ishonchni oqlamayapti


21/05/2009

Nazarboyev
Nazarboyev, deydi AQSh siyosatchilari, G'arb bilan kelishib ishlay oladigan rahbar, ammo yakkahokim
Qozog'iston kelasi yili Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga raislik qiladi. 

2007 yili bu borada Madridda kelishib olinganida Nursulton Nazarboyev boshchiligidagi hukumat xalqaro hamjamiyat oldida katta va'dalar bergan.  

Xususan mamlakatni demokratlashtirish,  so'z va matbuot erkinligini ta'minlash, siyosiy muxolifatni ezmaslik, korrupsiyaga qarshi kurash va hokazo. 

Qozog'istonning bu yirik tashkilotga rahbarlik qilishini qo'llab-quvvatlagan AQSh bugungi vaziyatdan rozi emas.

Shu paytgacha Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotini sobiq Sovet Ittifoqi hududidagi davlatlardan birortasi boshqarmagan. Ularning hammasi bu tashkilotga yo a'zo, yo uning hamkori.

Jami 56 mamlakatni o'z ichida olgan bu uyushma Markaziy Osiyoning har bir respublikasida o'z vakolatxonasiga ega.  

Bu yil Gretsiya yuritayotgan tashkilot qarorgohi Avstriya poytaxti Venada joylashgan.  

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining asosiy maqsadi demokratiya va inson huquqlarini targ'ib qilish, mintaqaviy mojarolarga barham berib, siyosiy-ijtimoiy islohotlarni olg'a surish. 

AQShning bu tashkilot bilan yaqindan ishlaydigan (Xelsinki Komissiyasi) senator va kongressmenlari "Qozog'iston bunday yuksak missiyaga bosh-qosh bo'lishga tayyormi?"- deb so'ramoqda. 

Cardin
Senator Ben Kardin fikricha Qozog'iston ikki yil oldin bergan va'dalarini hali bajargani yo'q. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotini boshqarish demokratiyani targ'ib qilish degani. Vaholanki, deydi senator, Qozog'iston hali erkin jamiyat emas. 
"Amerika", deydi demokrat senator Ben Kardin (Cardin) Qozog'istonning Vashingtondagi elchisi Erlan Idrissov bilan yuzma-yuz muloqot qilarkan, "o'z va'dasida turgan davlatlarni hurmat qiladi".

"Qozog'iston 2007 yilda muayyan sohalarda islohotlar qilishni, 2010 yilga qadar demokratik bir jamiyatga aylanayotganini isbotlashga so'z bergan edi. Biz hozircha bunga guvoh bo'lganimiz yo'q. Yana olti oy vaqtingiz bor",- deydi senator.

Qozog'istonni Markaziy Osiyo lideri sifatida ko'radigan respublikachi kongressmen Kristofer Smit (Smith) fikricha ham Nursulton Nazarboyev demokratik prezident emas.

"Bu davlat parlamentida o'tirganlarning deyarli hammasi Nazarboyev partiyasining odamlari.  Matbuot hamon na Nazarboyevni, na uning atrofidagi shaxslarni tanqid qila oladi", -  deya afsus bildiradi kongressmen Smit. 

Amerika siyosatchilari nazarida Qozog'istonda diniy va siyosiy erkinliklar hamon cheklangan.  Bu davlatda shu kungacha o'tgan biror saylov xalqaro talablarga javob bermagan.  

Qozog'iston elchisi, sobiq tashqi ishlar vaziri Erlan Idrissov, "biz harakat qilayapmiz, majburiyat va burchimizni bilamiz",- deydi.

"Qozog'iston yosh davlat. Kommunizm davridan qolgan illatlardan qutulish uchun 17 yil kamlik qiladi",- deydi Erlan Idrissov. 

"Biz tub o'zgarishlar qilishga kirishganmiz. Bunda Amerikadek erkinlik barq urgan jamiyatga tayanayapmiz. Biz hozir demokratiyaning debochasidamiz xolos",- deydi elchi. 

Erlan Idrissovning qayd etishicha Qozog'iston siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yonma-yon, biri-biri bilan qorishtirgan holda olib borishga ahd qilgan va bu harakatlar samara bermoqda. 

Iqtisodiy taraqqiyotsiz siyosiy rivojlanish, siyosiy taraqqiyotsiz esa iqtisodiy rivojlanish bo'lmaydi, deydi Qozog'iston diplomati. 

"Adliya va qonunchilik organlarini isloh qilmoqdamiz. Xalqimiz erkin saylov, erkin ovoz berish nima ekanini bila boshlagan,  o'z huquqlarini qadrlay boshlagan",- deydi Erlan Idrissov. 

"Qozog'iston",- deydi elchi, "Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotidek yirik tizimni boshqarish oson kechmasligini, bu idoraviy, moliyaviy va demokratik salohiyat talab etishini biladi".

Qozog'iston dunyoda korrupsiya eng chuqur ildiz otgan jamiyatlardan biri bo'lib qolmoqda. Yillik byudjeti 200-250 million dollardan iborat tashkilotni nazorat qilish mas'uliyat va oshkoralik talab qiladi. Respublika bu borada ham savol ostida.   

AQShning Markaziy Osiyo bilan aloqalariga mas'ul diplomati Jorj Krol Qozog'istonni yaqin hamkor sifatida tilga oladi, ammo uning ta'riflashicha bu davlat boshqaruvi hamon repressiv.

"Qozog'iston Markaziy Osiyoning yetakchi davlati, ammo u yerda demokratik tizim va fuqaro jamiyati jadal rivojlanayotgani yo'q. Erkin matbuot yo'q",- deydi Jorj Krol.

Amerika Qozog'istondagi eng yirik sarmoyador va neft sanoati aynan uning kompaniyalari kiritgan mablag' evaziga yuritilmoqda.  

Davlat departamentining  amaldagi va sobiq rasmiylarining aytishicha Qozog'iston Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotini boshqarish uchun bejiz tanlanmagan.  

Ular nazarida Nursulton Nazarboyev yakkahokim, mamlakatda muammolar talay, ammo respublika mintaqadagi boshqa davlatlarga qaraganda jadalroq taraqqiy etmoqda. 

Nazarboyev, ular nigohida, G'arb ta'siridan hayiqmaydigan, tashqi dunyo bilan muvozanatli siyosat yuritadigan rahbar.

Jorj Krolning aytishicha Amerika Qozog'istondan aniq va dadil qadamlar tashlashni, xo'jako'rsinga emas, xalq hayotini osonlashtirish uchun uning huquqlarini e'zozlashni so'ramoqda. 

Davlat kotibasi Xillari Klinton va Qozog'iston Tashqi ishlar vaziri Marat Tajin shu oy boshida uchrashganida,  AQSh bu davlatdagi "yutuqlardan" hali to'liq qoniqmaganini bildirgan.  

Qozog'istonda so'z erkinligi bilan bog'liq ahvol tanqid ostida. Axborot vositalari erkin bo'lmagan jamiyatda demokratiya rivoji haqida gapirish qiyin. 

Erkin so'z va fikrdan qo'rqqan hukumat esa demokratiya targ'iboti bilan mashg'ul tashkilotni boshqara olmaydi, deydi Nursulton Nazarboyev siyosatini qoralayotgan tomonlar.

Xalqaro tashkilotlar ta'biricha kelasi olti oy Qozog'iston uchun keskin sinovlar davri bo'ladi.


Download Lavhani tinglang
Download  (MP3)
Listen to This Report Lavhani tinglang
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Inqiroz Markaziy Osiyoni chetlab o'tayotgani yo'q
AQSh: O'zbekistondan baza so'raganimiz yo'q
Mo'tabar Tojiboyeva kelajakdan umidvor, faol bilan TV suhbat
Axborot asrida sifatli axborot topish amri mahol
Amerika Markaziy Osiyo bilan ochiq muloqot yuritishga tayyor
Qirg'izistonda omma Manas emas, tirikchilik haqida o'ylamoqda
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Suv masalasi Markaziy Osiyoda birinchi o'ringa chiqishi kerak
Markaziy Osiyoda tabiiy boyliklardan kim foyda ko'rmoqda?
Ekspert: Markaziy Osiyo xorijiy sarmoyani saqlab qolishi kerak
Turkmanistonda saylovlar, o'zgarish o'zi nima?
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
Obamaga Markaziy Osiyoda katta umidlar bog'langan, lekin...
O'zbekistonlik kuzatuvchi: amerikaliklar davlatiga ishonar ekan
Islomiy bank: tavakkal qilish moliyaviy inqirozga yetaklaydi
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi
Markaziy Osiyo birlashishidan kim nima foyda ko'radi?
"O'zbekiston ipak parda ortida yashaydi"
AQShda rahbar o'zgarishi O'zbekiston uchun nimani anglatadi?
AQSh olimlari O'zbekiston bilan keng hamkorlikka tayyor
Inson savdosi bugun uyushgan jinoyatchilik tizimi
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi
Jurnalist ba'zida ko'r, kar va soqov bo'lishga majburmi?
Ahmad Rashid: AQSh Markaziy Osiyoda xalq dardiga quloq tutsin
AQSh, O'zbekiston yangicha hamkorlik haqida fikr almashmoqda
AQSh: Afg'oniston Markaziy Osiyo yordamiga muhtoj
AQSh Markaziy Osiyoga yordam bermoqchi, aql o'rgatmoqchi emas
Amerika kimni qancha moliya bilan ta'minlamoqda?
AQSh: O'zbekistonda siyosat o'zgarishi kerak
O'zbekistonda saylov va saylovchi bir-biridan juda yiroq
Markaziy Osiyo ayoli uchun siyosat darvozalari hali ham yopiq
O'zgarishni O'zbekistonda xalqning o'zi istashi lozim
Markaziy Osiyoda savdo va chegara hali ham muammo
AQSh: Qirg'izistondagi baza mintaqa xavfsizligi uchun muhim
AQSh: Markaziy Osiyo Rossiyaga tobe bo'lib qolmasligi lozim
O'zbekistonda fuqaro jamiyatiga umid bormi?
Nohukumat tashkilotlar tanqidga qaramay xalqaro siyosiy o'yinchilar
Nohukumat tashkiloti haqiqatdan no-hukumat tashkilotimi?
Qonun ustuvor bo'lmasa, iqtisodiy barqarorlik uzoqqa cho'zilmaydi
AQSh: Ashgabat bilan hamkorlik, Toshkent bilan esa mavhumlik
Markaziy Osiyoni tashqi kuchlar o'zgartira olmaydi
Senator Makkeyn: Karimovga ishonib, huquq chetda qolmasin
Amerika va Markaziy Osiyo rahbarlari orasida ishonch past
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi
 
  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available