VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
O'zbekiston ta'lim tizimi tub o'zgarishlarga muhtoj


26/05/2009

ta'lim
Maktablar 9-sinfgacha o'qitar ekan, yoshlarning undan keyingi taqdiri ko'p hollarda mavhum
Kecha O’zbekiston maktablarida bitiruvchilar uchun so'nggi qong'iroq chalindi. Bu yil 108 mingdan oshiq yoshlar 11-sinfni bitiradi. 9 sinf-o'quvchilarini qo'shib hisoblaganda bitiruvchilar soni 700 mingdan oshadi.

Mutaxassislar nazarida respublika ta'lim tizimi islohotlarga muhtoj, o’qitish saviyasi tushib ketgan va o'quvchilar ko’p hollarda hokimyat uchun arzon ish kuchiga aylangan.

Oliy o'quv yurtlariga xos bo'lgan korrupsiya umumta'lim maktablarida ham ildiz ota boshlagan.

Ilm maskanlarida o'qituvchilarga sovg'a-salom berish azaliy bir odat, ammo keyingi yillarda bu pora berish yo'li odatiy, tabiiy bir holga aylangan. Buning sabablaridan biri esa o'qituvchilarning maoshi juda oz ekanidir. Maktablarda ularning oyligi uzog'i bilan 200 ming so'm.  Buning ustiga u o'z vaqtida berilmaydi.  

Yana bir muammo, deydi jamoatchi faollar, bolalarning ta'lim olish huquqi muntazam buzilishidir.

“Hatto Sovet davrida ham o'quvchilar umumiy hasharga jo'ntilmagan paytda asosiy e'tibor ta'lim va maktabda edi. O'quvchilar o'zicha darsni tashlab ketolmas edi. Mas'uliyat bor edi. Hozir ta'lim haqida ko'p gapiramiz. Lekin saviyaning pastligi va darslarning to'g'ri yo'lga qo'yilmaganioquvchilar zimmasiga turli jamoat ishlari yuklanayotgani bilan bo'gliq. Masalan dalada terim yoki chopiqda qatnashayotgan bolaga o'qituvchi hech narsa deya olmaydi.  O'qituvchilarning o'zi qishloq xo'jaligi kampaniyalariga doimiy jalb qilinadi. Ularda huquq yo'q. Bu huquq hokimyat tomonidan olib qo'yilgan ”, -deydi huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov.  

Bu yilgi bitiruvchilarning qanchasi jamiyatda o'z o'rnini topib ketishi noma'lum. O'zbekistonda ishsizlik darajasi kun sayin oshib bormoqda. Hukumat ochiq tan olmaydigan yana bir muammo.     

Maktab bitiruvchilarini keying taqdiri jamoatchilik, ayniqsa ota-onalar oldida turgan jiddiy masala.

Yoshlarda esa jamiyatda o'z ornini topish asosan pulga bog'liq degan qarash shakllanib bo'lgan.

“Hozir pul bo'lmasa, hech narsa qilib bo'lmaydi",- deydi bitiruvchi qizlardan biri.

"Imtihon olayotgan o'qituvchilar halol bo'lishsa ehtimol o'quvchilar ham katta institutlarga kirishi mumkin”, - deydi u

Farzandining oliy o'quv yurtida o'qishiga imkoniyat yaratib bera oladigan ota-onalar soni esa moddiy sharoitga ko'ra tobora kamayib bormoqda.

“Pulsiz odam o'qiy olmaydi. Qanchalik kuchli bo'lmasin, falon pul berib men bolalarimni o'qita olmayman. Bu juda o'gir. O'qitish uchuno'g'irlik qilish kerak. Nimanidir o'marish kerak. Shuning uchun o'qishning hojati ham yo'q”,- deydi bir ota.

O'zbekiston yangi ta'lim tizimiga o'tgach, maktablar asosan 9-sinfgacha o'qitadigan bo'ldi.

Undan keyin esa yoshlar kollejlarda tahsil olishi kerak. Bunday imkoniyat esa ko'pchilikda yo'q hisob.

“Tuman markazlarida qurilgan kollejlarda chekkaqishloqdagi yoshlarni o'qishlari qiyin. Birinchidan ota-onada pul yo'q. Ikkinchidan yotoqxonalar qurilmagan yoki yetishmaydi.   Uchinchidan bu kollejlarning hammani o'qita olish imkoniyati cheklangan. Shu bois ko'pchilik 9-sinf ma'lumoti bilan qoladi. Qizlar esa, mentalitetimizga ko'ra, baribir uyda qolsa ajabmas”, - deya afsus bildiradi Tashanov.

Ta'limni davom ettirib, mutaxassislikka ega bo'lgach ham ish topolmay sarson bo'lib yurganlar juda ko'p.  

Yuqorida tilga olingan barcha muammolar yoshlarni umidsizlikka tushirayotgani sir emas. Kelajak ular qo'lida ekan, yosh avlod bilimli va kasbli bo'lishi, hayotga ijobiy qarashni o'rganishi lozim. Biroq bugun bitiruvchilarning ko'pchiligi o'qituvchilariga sovg'a-salom berib, bir amallab 9-sinfni tugatganidan xursand.

E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi
Odam savdosi – bugunning yirik fojeasi
Amerika Markaziy Osiyo basketbolchilarini quvvatlamoqda
Amerikalik professor O'zbekistondagi talabalarini eslaydi
O'zbekistonda xorijda o'qib kelgan yoshlar tekshiruv ostida
Amerikadagi vatandoshlar bir-biriga tayanch
Yoshlar va zamon: Tojikiston misolida
Muallimlik AQShda ham sharafli kasb
Iqtisodiy inqiroz O'zbekistonda hayotni yanada og'irlashtirgan
AQSh oliygohlarida o'qish oson emas, ammo eshiklar ochiq
Inqiroz paytida yoshlar uchun ish topish yanada qiyinlashgan
Axborot asrida sifatli axborot topish amri mahol
O'zbekistonda inson huquqlari hamon salbiy ahvolda
Yoshlar yili xulosalari: o'qish qimmat, bilim sayoz, fikr tor  
Amerikada ish topish mashaqqatlari ... qanday imkoniyatlar bor?
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
Ishchi muhojirlar Rossiyaga kerak bo'lmay qoldimi?
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Yoshlar uchun AQShda ta'lim olish imkoniyatlari ko'payishi mumkin
O'zbekistonda SPIDga oid ma'lumotlar sir saqlanmoqda
O'zbekistonlik kuzatuvchi: amerikaliklar davlatiga ishonar ekan
Islomiy bank: tavakkal qilish moliyaviy inqirozga yetaklaydi
AQShda magistratura darajasi uchun o'qishni xohlaysizmi?
Qo'shxotinlik amaldorlar orasida "moda"ga aylanmoqda
O'zbekistonda repperlar illatdan kuylamoqda
"O'zbekiston ipak parda ortida yashaydi"
Jahon bozoridagi tanglik O'zbekistonga qanday ta'sir qilmoqda?
Olimlar ilmiy hamkorlik va aloqa muhim ekanini eslatmoqda
Tadqiqotchilar uchun AQShda izlanish imkoniyatlari
Ikrom Yoqubov: sobiq agent yoki vatan xoini?
O'zbekistonlik mehnatkash yoshlar yozni AQShda o'tkazdi
Taniqli olim Xayrulla Ismatullayevni xotirlab…
O'zbek yoshlari dunyo folklorini asrashda hissa qo'shadi
Yoshlar va seks: Jinsiy tarbiya ortidagi bahslar
O'zbekiston aholisining qariyb uchdan biri xorijda
Yoshlar va seks: Jinsiy tarbiyani qachon boshlagan ma'qul?
Yoshlar Yaqin Sharq tinchlik jarayoniga jalb qilinmoqda
Imtihon natijasidan shubha qilsangiz, apellyatsiyaga yo'llang
Xalq dardini kuylagan san'atkor nega hijrat qilishga majbur bo'ldi?
Amerika yoshlari musulmonlarni faolroq bo'lishga chaqirmoqda
O'zbekistonda nohukumat tashkilotlar soni keskin kamaygan
O'zbekistonda kadrlar saviyasi pasayib bormoqda
Amerikada Markaziy Osiyo tillarini o'qitish ancha kamaygan
Alifbo islohoti O'zbekistonni intellektual tanazzulga yetaklamoqda
O’zbek ziyolilarining so’nggi maskaniga aylangan Toshkent qatlgohlari
O'zbekistonda tarixiy obidalarni asrash katta muammo
O'zbekistonda muammo ko'p, yechimi ko'rinmaydi
Markaziy Osiyoda ilmiy-tanqidiy-tahliliy hamkorlik to'xtab qolgan
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available