VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Video o'yinlar uchun musiqa yozayotgan yoshlar


28/05/2009

[insert caption here]
AQShdagi Berkli Musiqa Kolleji (Berklee College of Music) ajoyib kasb egalarini tayyorlaydi - video o’yinlar uchun musiqa bitadigan mutaxassislarni.

Ko’pincha video o’yinlar bolani chalg’itadi deyishadi. Biroq ushbu maktabda buning aksiga guvoh bo'lasiz.

"Dastur hali yangi va unga sayqal berish bilan bandmiz",- deydi kollej professori Maykl Svit.  

Esingizda bo’lsa, deydi mutaxassislar, eski video o’yinlarda tovush va musiqa jo’n bo’lar edi. Mashhur “Tetris” o’yini musiqasi bunga misol.

Hozir esa bu mahsulotning bozori chaqqon va eng zo’r kompozitorlarni yollash uchun mablag’ yetarli.

Studentlar musiqa yordamida odam hissiyotini boshqarish yo’llarini izlaydi. Video o’yinlarda, masalan, har bir muxlis-o’yinchiga mos kuy yaratish kerak. Chunki odamlarning fe’li-xarakteri har xil, uni video o’yindagi voqealarga qiziqtirish kerak, toki u o’sha muhitga kirib keta olsin.

Massachussetts shtatida joylashgan bu oliygoh musiqa va texnologiya uzviy bog’liq ekanini anglab yetgan ta’lim dargohlaridan.

1990-yillarda almashinuv dasturi orqali O’zbekiston Davlat Konservatoriyasida o’qib, izlangan professor Kreyg Makrey (Craig Macrae) hozir Berkli Kollejida jazzdan dars bermoqda.

[insert caption here]
Berkli musiqa maktabida 70 davlatdan kelgan yoshlar bilim oladi
Uning aytishicha, boshqa dargohlardan farqli ravishda kollej klassik emas, balki zamonaviy kuy-asarlarga urg’u beradi.

Studentlar, masalan, filmlar uchun musiqa yozadi, televideniye va radiodagi mashhur shoularda siz tinglayotgan ohanglar ham Berkli studentlari, bitiruvchilarining ishi.

So’nggi yillarda video o’yinlar ommalashib, hatto film va musiqiy to’plamlardan o’zib ketdi.

Video uchun yaratilgan kuy tezroq shuhrat qozonmoqda. Katta farqlardan biri shuki, video musiqa klassik kuyga qaraganda ancha qisqa bo’ladi – ko’pi bilan 3 minut.

"Bu",- deydi Kreyg Makrey, "film uchun kuy bastalashdek gap. Klassik muzika odamni ohanglar olamiga yetaklasa, video o’yin uchun yozilgan kompozitsiya yordamchi vazifani o’taydi, o’yindagi voqealarga fon berib turadi".  

Yangi yo’nalish shuhrat qozongani sari sohani egallashga ishtiyoqmand yoshlar ham ko’paymoqda.

Berkli musiqa kollejiga 1945 yilda muhandis va sozanda Lorens Berk asos olgan. Ta’lim maskani endi ochilganida unda faqat uch talaba o’qir edi xolos.

Bugun bu yerda dunyoning 70 davlatidan 2700 dan ziyod student musiqa san’atini o’rganmoqda. To’rt yillik maskanda jami 12 yo’nalish bo’yicha (kompozitorlik, zamonaviy musiqa va prodyuserlik, film uchun musiqa, jazz, musiqa biznesi, musiqiy ta’lim, musiqiy muhandislik, sintez, terapiya, professional musiqa, sahna uchun kuy yozish) dars beriladi.

Professor Makrey O’zbekistonda musiqashunos olimlar Fattohhon Mamadaliyev va Fayzulla Karamatovlar bilan ishlab, o’zbek milliy musiqasiga ixlosi oshgan.

"Markaziy Osiyo bilan hamkorlikda loyihalar boshlash niyatimiz bor",- deydi u.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Amerikalik professor O'zbekistondagi talabalarini eslaydi
Muallimlik AQShda ham sharafli kasb
AQSh armiyasi muhojir tilmoch va vrachlarga fuqarolik beradi
Muhojir ota-onalar: bolani o'qitish har yerda katta pul
Amerikada muhojir uchun o'z sohasida ishlash oson emas
AQShda moliyaviy tanglik; xorijlik talabalar qay ahvolda?
"Amerika Ovozi" muxlislar savollariga javob beradi
Amerikaning yashash uchun xavfsiz va qulay maskanlari
AQShda siyosat sirlarini o'rganishni istaganlar, qaydasiz?
AQShda magistratura darajasi uchun o'qishni xohlaysizmi?
Ko'hna Xivada mennonitlar tarixiga oid ko'rgazma ochiladi
Tibbiy xato fojiaga yetaklaydi, ammo professional uni tan oladi
Qo'li gul inson istagan yerda yo'lini topib ketadi
Olimlar ilmiy hamkorlik va aloqa muhim ekanini eslatmoqda
Tadqiqotchilar uchun AQShda izlanish imkoniyatlari
O'zbekistonlik yetim bolalar AQShda panoh topishi mumkin
O'zbekistonlik mehnatkash yoshlar yozni AQShda o'tkazdi
Taniqli olim Xayrulla Ismatullayevni xotirlab…
Imtihon natijasidan shubha qilsangiz, apellyatsiyaga yo'llang
Amerikada Markaziy Osiyo tillarini o'qitish ancha kamaygan
Amerikada qolishning eng oson yo'li soxta nikohmi?
G'arb buyuk yozuvchi Chingiz Aytmatovni xotirlamoqda
Fulbraytning magistrlik dasturiga hujjatlar qabul qilinmoqda
Orol qo'ldan boy berildimi? Qozog'iston bunday fikrda emas
Telejurnalistlar uchun AQShda tajriba almashish imkoniyati
AQShda o'zbekistonliklar qayerda va kim bo'lib ishlamoqda?
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available