VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Yevropa va Rossiya: Markaziy Osiyodagi ziddiyatlar


28/05/2009

Rossiyaning Xabarovsk oblastida o’tkazilgan Rossiya-Yevropa Ittifoqi oliy darajali muzokaralarida tomonlar o`rtasida jiddiy ziddiyatlar mavjud ekani aniqlandi. 

Yevropa Ittifoqining sobiq Sovet respublikalari bilan rejalagan strategik hamkorligi Kreml noroziligiga uchramoqda. Yaqin kunlarda Markaziy Osyo bilan ham hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi. 

29 may kuni Dushanbeda Yevropa Ittifoqi  va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashib, hamkorlik strategiyasi muhokama qilinadi. 

May oyining boshida Pragada  “Sharqiy hamkorlik” dasturi yuzasidan sammit o`tgan edi.
Bu dastur Yevropa Ittifoqi, Ukraina, Belarus va Kavkaz davlatlari aloqalarini jadallashtirishga qaratilgan.

Sammitda energetik ta`minot bo`yicha janubiy koridor deklaratsiyasi qabul qilindi. Janubiy koridor Markaziy Osiyo resurslariga asoslanadi. 

Kreml nazarida bu hamkorlik Rossiya manfaatlariga qarshi harakat. 

O’zbek sharhlovchilari fikricha Rossiya mintaqada gegomonlikni, ayniqsa energetik resurslar ustidan monopoliyani saqlab qolmoqchi. 

“Rossiyaning umidi sobiq ittifoq davlatlarini o`z qaramog’ida saqlab qolish. Qarama-qarshiliklar aslida shunda. Biz agarda rivojlanmoqchi bo`lsak, bizga Rossiyadan tashqari yo’llar bizga kerak.  G`arb uchun emas, birinchi navbatda o`zimiz uchun kerak”,  - deydi tahlilchi Iskandar Xudoyberganov.

Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo neft va gazini Rossiyani chetlab o’tgan holda sotib olishni istaydi. 

Ittifoqning Markaziy Osiyo bilan 2013 yilgacha mo’ljallangan  strategik dasturiga ko’ra mintaqa davlatlariga 700 million yevro yordam ajratilgan.

“Bu umumiy yordam. Yevropa Ittifoqi bu strategiyani o`zining muvaffaqiyatli tajribasidan kelib chiqqan holda taklif qilmoqda. Bir paytlar Yevropaning birlashishi, taraqqiyotga erishishi AQSh tomonidan shunday yordam taklif qilinishi bilan boshlangan edi. Bugun kuchga to`lgan Yevropa shunday yordamni boshqa mintaqalarga ham taklif qilmoqda”, -  deydi siyosiy sharhlovchi Farxod Tolipov.

Rossiya va Yevropa Ittifoqi mintaqa qanday taraqqiy etishi kerakligi yuzasidan turlicha qarashga ega. Yevropa o’z strategiyasini tuzib chiqqan, ammo Kremlning pozitsiyasini aks ettiruvchi aniq dastur yoki hujjat ayon etilmagan. 

Mintaqa davlatlari uchun dolzarb muammo bo`lib turgan suv masalasiga Rossiyaning aralashuvi avval Tojikistonda, keyinchalik esa  O`zbekistonda keskin tanqid bilan kutib olindi.

O`zbekistonda turib suv inshootlari qurishda kelishuv lozimligi haqida gapirgan Rossiya prezidenti sal o`tmay Qirg`izistondagi qurilishlar uchun salkam 2 millard dollar mablag` ajratishini bildirdi.  

"Suv yo`llarini to`sish mintaqa davlatlari o`rtasida ziddiyatlarni nihoyatda kuchaytirishi aniq. Bundan Rossiya mintaqa davlatlarining o`zaro nizolaridan, ziddiyatlaridan manfaatdor degan xulosa chiqarish mumkin”, -  deydi sharhlovchi Komron Aliyev.

So`nggi voqealar Markaziy Osiyo hukumatlari o`rtasidagi munosabatlarni  keskinlashtirib,  Almati sammiti salbiy tusda yakunlandi. 

Bugungi vaziyatda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo`yicha umumiy strategiyasini amalga oshirish oson kechmaydi.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Mo'tabar Tojiboyeva kelajakdan umidvor, faol bilan TV suhbat
Paxtaga talab past, O'zbekiston eksportni kamaytiradi
Axborot asrida sifatli axborot topish amri mahol
Amerika Markaziy Osiyo bilan ochiq muloqot yuritishga tayyor
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Suv masalasi Markaziy Osiyoda birinchi o'ringa chiqishi kerak
Markaziy Osiyoda tabiiy boyliklardan kim foyda ko'rmoqda?
Ekspert: Markaziy Osiyo xorijiy sarmoyani saqlab qolishi kerak
Turkmanistonda saylovlar, o'zgarish o'zi nima?
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
Islomiy bank: tavakkal qilish moliyaviy inqirozga yetaklaydi
Muhojirotdagi o'zbekistonliklar huquqiy himoya so'ramoqda
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi
Markaziy Osiyo birlashishidan kim nima foyda ko'radi?
"O'zbekiston ipak parda ortida yashaydi"
Inson savdosi bugun uyushgan jinoyatchilik tizimi
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi
Ahmad Rashid: AQSh Markaziy Osiyoda xalq dardiga quloq tutsin
Iqtisodiy inqiroz O'zbekistonda hayotni yanada og'irlashtirgan
O'zbekiston sarmoyaga muhtoj, ammo zarur sharoit yaratilmagan
Markaziy Osiyoda hamjihatlik – tanqis ne'mat
Yevropa-O'zbekiston aloqalari - huquq masalasi chetda qolmoqda
O'zbekistonda jamoatchilik G'arb bilan yaqinlik tarafdori
Ishsizlik O'zbekistonda vaziyatni izdan chiqarishi mumkin
O'zbekistonlik olimlar: mintaqa rahbarlari kelishib ishlashi lozim
O'zbekiston-Rossiya aloqalaridan kim naf ko'rmoqda?
Prezident Medvedev O'zbekistonga safarini yakunladi
AQSh-O'zbekiston munosabatlarida Afg'oniston muhim omil
O'zbekistonda inson huquqlari hamon salbiy ahvolda
Strategik  mahsulot import - eksportida bir davlatga tayanish xatarli
Yevropa-O'zbekiston: Afg'oniston va energetika bosh mavzu
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available