VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
O'zbekistonliklar fikricha Obama to'g'ri qadam tashlamoqda


01/06/2009

obama, egypt, cairo
Obama 4 iyun kuni Qohiradan turib, musulmon dunyosiga murojaat qiladi
AQSh prezidenti Barak Obamaning bu hafta Misr poytaxti Qohiradan turib islom dunyosiga murojaat qilishi kutilar ekan, musulmon jamiyatlarida Amerika bilan aloqalar qizg’in muhokamada. 

O’zbekistonda, masalan, Obama musulmonlar bilan yangidan muloqot boshlashga urinayotgani haqida fikrlar turli-tuman va harakatlarning samara berishiga ishonch past. 

Lekin Barak Obama omma orasida so’zi va niyatida qat’iy, kuchli arbob sifatida talqin qilinmoqda. 

“Amerika rahbarining arab davlatlariga borayotgani,  Obamaning Eron bilan muloqot qilishga hozirligi, bular hammasi ijobiy narsalar, chunki diniy qarama- qarshilik bo`lmasligi kerak.  Lekin bularning keyingi rivoji qanaqa bo`ladi, hamma gap shu yerda. Bu intilishlarni Markaziy Osiyo musulmonlari ham qo'llashi mumkin”, -  deydi namozxonlardan biri.

Sharqshunos olim Abdusattor Jumanazar fikricha Obama Misr - arab dunyosining markazida katta nutq so’zlashi siyosiy va madaniy jihatdan ma'qul va strategik harakat. 

Obama Turkiyaga qilgan rasmiy safari chog’ida ham islom dunyosi bilan yangidan muloqot boshlash niyatida ekanini ochiq aytgan edi. 

AQSh va musulmon dunyosi o`rtasidagi ziddiyatlar kuchayishining tarixiy nuqtalaridan biri asosan Yaqin Sharqdagi vaziyatga borib taqaladi. 

Obama yaqinda Falastin va Isroil rahbarlari bilan uchrashib, ularga ziddiyatdan chiqish yo`li bu Falastin davlati barpo etish deya aytgan. 

“Obama Falastin davlatini tan olmaslik Isroil uchun katta xato bo’ladi degan gaplari butun musulmon olami uchun yoqimli gap. Lekin bu gaplar Amerika tashqi siyosatiga  qanchalik ta`sir qiladi, bu boshqa gap”, - deydi yana bir namozxon.

Huquq himoyachilari nazarida Barak Obama xalqaro terrorizmga qarshi kurash inson huquqlarini toptash evaziga amalga oshirilmasligi zarur deya qat`iyat bilan chiqayotgani ijobiy o’zgarish. 

Mahalliy faollardan biri Abdulla Tojiboy o’g’li fikricha Obama bu borada bergan va’dalarining ustidan chiqishga harakat qilmoqda. 

“Matbuotdagi intervyulariga, qilyotgan ishlariga qarasangiz o’z va’dasida turganini sezasiz. Islom davlatlariga terrorizm manbai sifatida qarashni to’xtatish kerak. Umuman Obamaning hokimiyatga kelishi XXI asrda ko’p muammolarni tinch yo’l bilan hal etilishiga zamin yaratadi”, - deydi Abdulla Tojiboy o’g’li.

Arab davlatlarida o’tkazilgan ommaviy so’rovlar shundan darak bermoqdaki, Barak Obamaning AQSh prezidentligiga saylanishi musulmonlar orasida juda iliq kutib olingan va bu davlatga nisbatan salbiy munosabatni bir qadar yumshatgan.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Xillari Klinton: AQSh endi "terrorga qarshi urush" demaydi
Guantanamodagi uyg'urlar taqdiri muhokamada
Guantanamodagi uyg'urlar yaqin kunlarda ozod etilishi mumkin
Ilm ahli Obamani musulmon dunyosida izchil siyosatga chaqirmoqda
Mo'tabar Tojiboyeva kelajakdan umidvor, faol bilan TV suhbat
Vatanda jinoyatchi, xorijda yurtining "sodiq o'g'loni"
Prezident Obama: AQSh harbiy qudratini boy bermaydi
Aksariyat musulmonlar AQSh jamiyatimizni tark etsin deydi
Markaziy Osiyo bo'ylab inson huquqlari og'ir ahvolda
Obamaning Misr safari oldidan umid va xavotirlar
Musulmonlar Obamadan real o'zgarishlar kutmoqda
AQSh Isroil va Falastinni shahdamroq bo'lishga chaqirmoqda
Isroil g'arbiy sohilda uylar qurishni to'xtatmoqchi emas
Guantanamodagi asirlar qayerga borishi kerak?
Nuri Turkel: Uyg'ur mahbuslari AQShga tahdid emas
Barak Obama: Falastin davlati vujudga kelishi kerak
Amerika Eronni muloqotga chaqirmoqda, arablar xavotirda
Guantanamodagi aybsiz uyg'urlarning borarga joyi yo'q
Yaqin Sharqda tinchlik o'rnatish uchun imkon bor
Senator Makkeyn: Karimovga ishonib, huquq chetda qolmasin
Amerika va Markaziy Osiyo rahbarlari orasida ishonch past
O'zbek ziyolilari Obama faoliyatini ijobiy baholamoqda
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi
Al-Qoida Amerika xavfsizligi uchun hamon jiddiy tahdid
Qo'shma Shtatlar va islom dunyosi o'rtasidagi chigalliklar
Obama: Iroq javobgarlikni qo'lga ola boshlashi kerak
AQShda islom va musulmonlar haqida ijtimoiy so'rov o'tkazildi
Barak Obama Turkiyada yoshlar bilan muloqot qildi
Ziyolilar fikricha Obamaning Turkiya safari - ma'qul qadam
Vashington Turkiyadan yaqin hamkorlik kutmoqda
AQSh rahbarining Turkiyaga tashrifi turkistonliklar nazarida
Tahlilchilar: Obamaning Turkiyaga safari bejiz emas
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available