VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Qo'shma Shtatlar Kuba bilan muloqotga tayyor

01/06/2009

 
Secretary of State Hillary Rodham Clinton (file photo)
Xillari Klinton fikricha AQSh-Kuba aloqalarini yaxshilash har ikki xalq manfaati uchun xizmat qiladi, ammo real o'zgarishlar bo'lishi uchun Gavana erkinlikni hurmat qilib, demokratiyaga intilishi lozim
AQSh va Kuba orasida migratsiya masalasi yuzasidan muzokaralar  qayta boshlanishi mumkin.

Kuba, deydi Vashington rasmiylari, aloqalarni yaxshilashga intilmoqda.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton uzoq yillardan beri achchiq so’zlar almashib kelayotgan bu davlat bilan “muloqotga tayyormiz” deydi.  

“AQSh va Kuba bir-biri bilan fikr almashishi, gaplashishi kerak. Bu nafaqat ikki xalq uchun muhim, balki xalqaro maydonda ham ijobiy o’zgarishlarga yo’l ochadi”,- deydi Klinton.   

Migratsiya Amerika uchun nozik masala.  Millionlab noqonuniy muhojirlar yashayotgan bu davlat Kuba fuqarolari uchun yiliga 20 ming viza beradi, ammo Gavana AQShga safarni cheklab qo’ygan. Natijada odamlarni qonunga xilof ravishda olish chiqish keng tarqalib, jinoiy harakatlar avj olgan. 

Kuba - AQSh orasida pochta xizmati ham cheklangan. Bunda ham Gavana ayblanadi.

Xillari Klinton fikricha aloqalarni asta-sekin yaxshilash mumkin, ammo kommunistik diktaturaga qo’yilgan talablar o’sha-o’sha.  

“Kuba hukumati inson huquqlarini hurmat qilishi, siyosiy mahbuslarni ozod etishi va demokratiya tomon intilishi lozim”,- deydi AQSh tashqi ishlar vazirasi.   

Salvadorda Shimoliy, Markaziy va Janubiy Amerika davlatlari anjumanida qatnashayotgan Xillari Klinton nazarida, xalqaro hamjamiyatning to’laqonli a’zosi bo’lishni istagan har bir davlat o’z xalqini e’zozlashi, mas’uliyatli hukumatga ega ekanini namoyon etishi shart.

Kuba, masalan, Amerika Davlatlari Tashkilotining a’zosi emas.  Unga kirish uchun, deydi Xillari Klinton, Kuba demokratik jamiyatga aylanishi lozim. Vashington-Gavana orasida rejalanayotgan muzokaralarda bu shartlar  qayta-qayta yangras ajabmas.



E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Huquq himoyasi AQSh tashqi siyosatining bir qismi
Markaziy Osiyo bo'ylab inson huquqlari og'ir ahvolda
AQSh huquq va erkinlik kuychisi degan nomidan ayrilgan
Senat tekshiruvi Bush ma'muriyatini qiynoqlarda aybdor topdi
Xorijlik jurnalistlar Barak Obama haqida nima demoqda?
Jon Makkeyn: AQSh xavfsizligi birinchi o'rinda
AQShda demokratlar Kuba bilan aloqalarni tiklamoqchi
Sanksiyalar xalqaro siyosatda effektiv choralarmi?
Kuba Kastrolarga merosmi?
AQSh: Qozog'iston ishonchni oqlamayapti
Senator Makkeyn: Karimovga ishonib, huquq chetda qolmasin
Amerika va Markaziy Osiyo rahbarlari orasida ishonch past
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonlik muhojirlar: Amerikadagi hayot quvonchlari va tashvishlari  Audio Clip Available

  Boshqa xabarlar
Turk-arman mojarosi yuzasidan bahslar davom etmoqda
Tahlilchilar: Isroil-Falastin nizosini cho'zishdan manfaatdorlar ko'p
Qoradoriga qarshi kurashayotgan ayol agentlar
Falastin davlatini barpo etish uchun ikki yil muhlat
AQSh va Rossiya: Strategik qurollar bitimi deyarli tayyor
Qirg'izistonda matbuot va muxolifatga tazyiq kuchaygan  Audio Clip Available
Amerika diplomati Jorj Mitchell hafta oxirida Yaqin Sharqqa boradi
O'zbekiston hukumati Internetni cheklashda davom etmoqda
AQSh-O'zbekiston orasida muzokaralar; konkret qadamlar zarurati
O'zbekiston va Qozog'iston mintaqada GESlar qurilishiga qarshi
Amerikada ilm olib vatanga qaytish ishtiyoqidagi yoshlar
Afg'onistonda AQSh qo'shinlari NATO boshqaruviga o'tadi
AQSh Yaqin Sharq tinchlik jarayoniga vositachilik qila oladimi?
Tahlilchilar: BMTda O'zbekistonga doir muloqot hissiyotli kechdi  Audio Clip Available
Qirg'iz oqsoqollari Amerika ketsin deydi, keng omma qanday fikrda?
Xillari Klinton: Ayollar manfaati birinchi o'rinda turishi kerak
Tojikiston: Afg'on zaminida tinchlikka erishish mumkinmi?
Tarixdan saboqlar: AQShga juda qimmatga tushgan yana bir urush
Afg'onistonga tinchlik kelsa, mintaqa uchun imkoniyatlar ko'payadi
Faollar: AQSh-O'zbekiston muloqotida huquq chetda qolmasin
Amerikalik yozuvchi yangi kitobida O'zbekistondan gap ochadi  Audio Clip Available
BMT maxfiy qamoqxonalarni tekshirmoqda, ayrim davlatlar norozi
BMTda O'zbekistonda inson huquqlariga doir ahvol o'rganilmoqda  Audio Clip Available
O'zbekiston BMT huquq bitimiga qanchalik rioya qilmoqda?