VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Obamaning murojaati O'zbekistonda yoritilmadi


05/06/2009

Jahon ahli Barak Obamaning Amerika va musulmon dunyosi aloqalarini tiklash taklifini  muhokama qilmoqda. 

O’zbekiston matbuoti g’arb va sharq diqqatida turgan bu tashabbusni chetlab o'tgan.

Mavzu Qirg’izistonda ham deyarli yoritilmagan audio (O'shdan tayyorlangan radiolavhani tinglang).

60 millionga yaqin musulmon yashovchi Markaziy Osiyoda jamoatchilik Obamaning bu chiqishdan, uning mazmuni va maqsadidan umuman bexabar. Nutq ayrim telekanallarda eslatib o’tilgan xolos.

Biroq Amerika siyosatini yaqindan kuzatayotgan sharhlovchilar nazarida Obama ulkan o'zgarishlar qilishga urinmoqda. 

Tahlilchi Abdusalom Ergashevning aytishicha, Obamaning nutqi samimiy, bu va`dalar bajarilgan taqdirda katta jasoratdan darak beradi.

“Katta bir davlat rahbari shunday tashabbus bilan chiqishini olqishlash kerak. Agar haqiqatda islomga nisbatan salbiy munosabatni, stereotiplarni yo`qota olsa, bu juda katta yutuq bo`lar edi”, - deydi u.

Huquq himoyachisi Abdulla Tojiboy o’g’li fikricha Barak Obama ahdida jiddiy, nafaqat Amerika, balki musulmon davlatlari oldiga og'ir vazifalar qo’ymoqda.

“Isroil va Falastin davlatlari bo’lishi haqidagi gaplari olqish bilan kutib olishdi. Albatta bu juda mushkul vazifa. Obama bularni o`z zimmasiga olayapti. Bu yog'ini vaqt ko`rsatadi”, - deydi Abdulla Tojiboy o’g’li.

Qohira Unversitetidagi nutqida Obama islom haqidagi salbiy qarashlarni bartaraf etishga chaqirib, Yaqin Sharqda Falastin davlatini bunyod etishi yo'lida harakat qilishini aytdi. 

Shuningdek, AQSh prezidenti Eron, agar tinch maqsadlarni ko'zlasa, o'z yadro dasturiga ega bo'lishi mumkin deya ta`kidladi.

“Butun dunyoda hayajon bilan kutib olingan bu chiqish haqida yurtdoshlarimizda ham munosabat bo'lishini, bu haqda jo'yali fikrlar bildirilishini istar edim”, - deydi sharhlovchi Mamarasul Murodov.

Huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov so’zlariga ko’ra, Obamaning har bir tashabbusi hamisha qiziqish bilan qarshi olinadi.

“Ochiq davralarda bo`lmasa-da, odamlar o`zaro bu haqda gaplashayapti -- kimlardir shubha-gumonlar bilan qaraydi, kimlardir Obamaning bu chiqishlarini olqishlamoqda. Lekin hammaga ta`sir qilyapti. Ayrim musulmonlar fahsh, odam savdosi, axloqsizlik kabi illatlar keng tarqalganidan xavotirda. Obama dunyoni davolamoqchi. AQSh hukumatida bu avval ham bor edi, lekin hech bir rahbari demokratiya haqida bunchalik baralla gapirmagan edi”, - deydi Tashanov.

Biroq Amerikaning niyati samimiy ekanini shubha ostiga olayotganlar ham ko'p.

“Men bir musulmon sifatida bunday iliq munosabatdan quvonaman, lekin  bu iltifotlarning tagida nimadir borligiga ishonchim komil. Chunki so`nggi yillarda AQSh va musulmon dunyosi o`rtasidagi munosabat keskinlashib borayotgan edi.  Lekin Amerika dunyo xomashyosi, iqtisodiy barometri musulmon davlatlarida ekanligini tushinib yetgandek. Hozir urfga chiqqan xalqaro terrorizm aslida zulmga qarshi reaksiya edi”, - deydi sharhlovchi Mamarasul Murodov.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
Xitoy Shinjonda "taraqqiyot", uyg'urlar esa "ko'zbo'yamachilik" demoqda

  Boshqa xabarlar
Afg'oniston hukumati ayrim toliblar bilan muloqotga kirmoqchi
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available
  Qo'shimcha manbalar
Obama nutqi - ruscha