VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
AQSh armiyasi muhojirlar ichidan tarjimonlar izlamoqda

08/06/2009

Obama administration searching for qualified interpreters and translators in Dari and Pashto
Mahalliy lahja, urf-odat va yozilmagan qonularni biladigan tarjimonlar AQSh armiyasiga suv va havodek zarur.
Prezident Obama Afg’onistonga qo’shimcha 21 ming askar va yuzlab mutaxassis, jumladan, muhandis, shifokor, tarjimon, o’qituvchilar jo’natishni rejalamoqda. 

Bu esa til bilgan mutaxassislarga talab ortadi degani. AQSh armiyasi va razvedka agentliklari malakali kadrlarni izlamoqda.

Til bilmaslik muloqotga halaqit berishi aniq. Ayniqsa, urush paytida bu odamning hayotini hal qiladigan masalaga aylanadi.

Modomiki, Obama ma’muriyati Afg’onistonga ko’proq askar jo’natar ekan, razvedka agentliklari, armiya va Davlat Departamenti malakali tarjimon-tilmoch qidirishga tushgan. Ayniqsa, dariy va pashtu tillarida gapira oladigan mutaxassislarning oshig’i-olchi.

Ron Sanders AQSh razvedka agentliklari uchun xodim yollash bilan shug’ullanadi.

“Talab katta, raqobat ham kuchli, lekin hammaga yetarli xodim yetkazib berish qiyin”, - deydi u.

2001 yil 11 sentyabr xurujidan so’ng va, keyinchalik, Iroqda urush avj olib, arab, dariy, pashtu, urdu va kurd tillari bo’yicha mutaxassislarga talab ortgan. Lekin tarjimon tayyorlash murakkab jarayon, ayniqsa, dariy va pashtu kabi tillarni salom-alik, muloqot darajasida o’rganish uchun bir yil ketishi mumkin.

Obama ma’muriyatining uzoq kutib o’tirishga vaqti yo’q. Shu bois rasmiylar Amerikada yashovchi turli millat vakillariga murojaat qilmoqda. Armiya uchun tarjimon yollab kelayotgan Errol Smitning aytishicha, jang maydonida tilni endi o’rgangan mutaxassisdan ko’ra, uni bolalikdan bilgan tilmoch ko’proq foyda keltiradi.

“Chunki bu tilmoch qo’mondon bilan birga biror joyga borib, atrofga ko’z tashlab, odamlarning gap-so’zi, yurish-turishi, kiyim-boshiga qarab ularga ishonsa bo’ladimi, shu yerda qolish mumkinmi – darrov tushunadi. Uning maslahati bilan qo’mondon yo ortga chekinadi, yo o’tirib, muzokara boshlaydi”, - deydi Smit.

Boshqa agentliklardan farqi va ustun tomoni shuki, armiya harbiy safga qo’shilgan muhojirlarga fuqarolik taklif qiladi. 

Amerika ovoziga intervyu bergan ayol tarjimonlaridan biri arab tili bo'yicha mutaxassis. Nyu-Yorkda yashab yurgan paytida armiyaga qo’shilgan, sal o’tmay Iroqqa yuborilgan. Tarjimonlik qilishdan tashqari, Iroq xalqi, musumonlar madaniyati haqida safdoshlariga axborot berib turgan.

“Bir kuni Iroqda tevarak-atrofni ko’zdan kechirayotgan edik. Mahalliy aholi bizni juda sovuq qarshi oldi, uyiga kiritishni istamadi. Avvaliga sababi nimaligini bilmadik. Keyin qo’mondon qishloqdagi shayx bilan uchrashib, gaplashdi. Ma’lum bo’lishicha, uylarni iskovuch it bilan tintuv qilishimiz odamlarga yoqmas ekan”, - deydi u.

SRU - Markaziy razvedka agentligi kabi idoralar faoliyati bir oz boshqacha. Razvedkada ishlash uchun xodim Amerika fuqarosi bo’lishi, xavfsizlik tekshiruvidan o’tishi kerak.

Milliy Razvedka Idorasi rasmiysi Ron Sanders so’zlariga ko’ra, dariy, fors, pashtu, arab tillarida so’zlashuvchi xalqlar vakillari ko’pincha razvedka deganda, salbiy, yovuz kuchni tasavvur qiladi. Odamlar bu xizmatlardan hatto qo’rqadi. 

Afg’onistondagi harbiy operatsiya uchun aynan qancha tarjimon kerakligi maxfiy ma’lumot sanaladi. 


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available