VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Jahon Banki Markaziy Osiyoni ekologik ogohlikka chaqirmoqda


09/06/2009

Jahon Banki nazarida iqlimdagi salbiy o’zgarishlar Yevropa va Markaziy Osiyo hayotiga kutilganidan ham ko`proq ta`sir o'tkazishi mumkin.

Rivojlanayotgan jamiyatlarga yordam berishni maqsad qilgan bu tashkilot hukumatlarni ekologiyaga ahamiyat qaratishga chaqirmoqda. 

Aks holda, deyiladi Jahon Bankining global iqlim haqidagi tahlilnomasida, Markaziy Osiyodek qishloq xo’jaligiga asoslangan mintaqa ulkan iqtisodiy-tabiiy muammolar ummoni bilan yuzlashadi.

Jahon Bankining xulosa qilishicha mintaqa davlatlari iqlimdagi o'zgarishlarga moslashish uchun yetarli choralar ko'rmayapti. 

Mintaqada ob-havoning keskin almashishi, harorat ko`tarilishi, suv toshqinlari, qirg`oqchilik kabi tabiiy ofatlar tez-tez kuzatilmoqda.

Ekologlar deydiki, iqlim o`zgarishga moslashish birinchi navbatda suvdan tejamkorlik bilan foydalanishni talab qiladi. 

“Masalan, bu yil yog`ingarchilik bo`lmaganida Qoraqolpog`iston, Xorazmdagi ahvol jiddiy yomonlashardi. Haqiqatdan oqibatlar kutilgandan ko`ra yomonroq bo`lishi mumkin.  Hammasi odamning o`ziga bo`gliq. Suvni tejamkorlik bilan sarflash kerak. Iqlim yildan yilga o`zgarib boraveradi, bunga moslashish kerak. Buning uchun davlatning o`zi ham harakat qilishi, qo'shni mamlakatlar bilan hamkorlik qilishi kerak”,  - deydi ekolog olim Rustam Razzaqov.

Bu yilgi ob-havo yo`gingarchilikka boy bo`ldi, suv ko`p. Mintaqa to'g'onlarida hozirgacha yig'ilgan suv hajmi uch yil avvalgi ko`rsatkichlardan oshgani qayd etilmoqda.

Sersuvlik mintaqada muzliklar erishini muttasil davom etayotgani haqidagi xabarlar bilan kuzatilmoqda.

Qirg`iziston  tabiatni asrash davlat qo`mitasi tarqatgan ma`lumotga ko`ra iqlim ta'sirida Tyan Shan to`g tizmasidagi 8200 muzlikdan 2000 ga yaqini erib bitgan.

Mintaqa muzliklari yiliga 8 metr tezlikda chekinmoqda.

Suvdan foydalanish va uni taqsimlash mintaqa oldida turgan eng dolzarb va ziddiyatli masaladir.

Rustam Razzoqov fikricha global iqlim o`zgarishining  ta`siri muqarrar. Mintaqada suvni asosan qishloq xo`jaligiga sarflash kerakmi yoki aholini ob-hayot bilan ta`minlash uchunmi degan vaziyat ham yuzaga kelishi mumkin.

“Ob-havo qanday kelishidan qat'iy nazar odamlarni ichimlik suvi bilan ta`minlashni yo`lga qo`yish kerak. Pastdagi davlatlar yuqoridan kelayotgan suvga qaram, ichimlik uchun ham, sug`orish uchun ham. Ehtimol suv ko`p ishlatiladigan sholi kabi o`simliklardan voz kechish lozim bo`ladi. Daromad keltirayotgan bo`lsa ham, birinchi navbatda ichimlik suvi turishi kerak”, - deydi Razzoqov.  

Jahon Banki tadqiqotlariga ko`ra O`zbekistonda 1 gektar yerni sug`orish uchun 14 ming kubometr, Misrda esa 9-10 ming kubometr suv ishlatiladi.

O`zbekiston qishloq xo`jaligiga moslashgan davlat va suv yetishmovchiligida yuqoridagi davlatlarni ayblab keladi.

Qirg`iziston va Tojikistondagi munosabatga ko`ra  O`zbekiston qishloq xo`jaligiga zo`r bermoqda va suv uchun ham haq to`lash lozimligini inobatga olmayapti.

“Biz kelishib ishlasak, energetik masalalar ham hal bo`lishi mumkin. “Menda shu narsa bor, sen busiz hech narsa qilolmaysan”,  demasdan hamkorlikda ishlasak, hammasi joyida bo`ladi. Mintaqa xalqi uchun foydali qarorga to`xtashimiz mumkin”, - deydi ekolog olim Tohir Majitov.

Ma`lumotlarga ko`ra mintaqada Turkmaniston kishi boshiga bir yilda 44 million litr suv ist'emol qilish bilan birinchi o`rinda, keyingi o`rinda esa O`zbekiston va Tojikiston turadi.  Jahon Banki nazarida iqlimdagi salbiy o’zgarishlar Yevropa va Markaziy Osiyo hayotiga kutilganidan ham ko`proq ta`sir o`tkazishi mumkin.

Rivojlanayotgan jamiyatlarga yordam berishni maqsad qilgan bu tashkilot hukumatlarni ekologiyaga ahamiyat qaratishga chaqirmoqda.

Aks holda, deyiladi Jahon Bankining global iqlim haqidagi tahlilnomasida, Markaziy Osiyodek qishloq xo’jaligiga asoslangan mintaqa ulkan iqtisodiy-tabiiy muammolar ummoni bilan yuzlashadi.

Jahon Bankining xulosa qilishicha mintaqa davlatlari iqlimdagi o'zgarishlarga moslashish uchun yetarli choralar ko'rmayapti.

Mintaqada ob-havoning keskin almashishi, harorat ko`tarilishi, suv toshqinlari, qirg`oqchilik kabi tabiiy ofatlar tez-tez kuzatilmoqda.

Ekologlar deydiki, iqlim o`zgarishga moslashish birinchi navbatda suvdan tejamkorlik bilan foydalanishni talab qiladi.

“Masalan, bu yil yog`ingarchilik bo`lmaganida Qoraqolpog`iston, Xorazmdagi ahvol jiddiy yomonlashardi. Haqiqatdan oqibatlar kutilgandan ko`ra yomonroq bo`lishi mumkin.  Hammasi odamning o`ziga bo`gliq. Suvni tejamkorlik bilan sarflash kerak. Iqlim yildan yilga o`zgarib boraveradi, bunga moslashish kerak. Buning uchun davlatning o`zi ham harakat qilishi, qo'shni mamlakatlar bilan hamkorlik qilishi kerak”,  - deydi ekolog olim Rustam Razzaqov.

Bu yilgi ob-havo yo`gingarchilikka boy bo`ldi, suv ko`p. Mintaqa to'g'onlarida hozirgacha yig'ilgan suv hajmi uch yil avvalgi ko`rsatkichlardan oshgani qayd etilmoqda.

Sersuvlik mintaqada muzliklar erishini muttasil davom etayotgani haqidagi xabarlar bilan kuzatilmoqda.

Qirg`iziston tabiatni asrash davlat qo`mitasi tarqatgan ma`lumotga ko`ra iqlim ta'sirida Tyan Shan to`g tizmasidagi 8200 muzlikdan 2000 ga yaqini erib bitgan.

Mintaqa muzliklari yiliga 8 metr tezlikda chekinmoqda.

Suvdan foydalanish va uni taqsimlash mintaqa oldida turgan eng dolzarb va ziddiyatli masaladir.

Rustam Razzoqov fikricha global iqlim o`zgarishining  ta`siri muqarrar. Mintaqada suvni asosan qishloq xo`jaligiga sarflash kerakmi yoki aholini ob-hayot bilan ta`minlash uchunmi degan vaziyat ham yuzaga kelishi mumkin.

“Ob-havo qanday kelishidan qat'iy nazar odamlarni ichimlik suvi bilan ta`minlashni yo`lga qo`yish kerak. Pastdagi davlatlar yuqoridan kelayotgan suvga qaram, ichimlik uchun ham, sug`orish uchun ham. Ehtimol suv ko`p ishlatiladigan sholi kabi o`simliklardan voz kechish lozim bo`ladi. Daromad keltirayotgan bo`lsa ham, birinchi navbatda ichimlik suvi turishi kerak”, - deydi Razzoqov.  

Jahon Banki tadqiqotlariga ko`ra O`zbekistonda 1 gektar yerni sug`orish uchun 14 ming kubometr, Misrda esa 9-10 ming kubometr suv ishlatiladi.

O`zbekiston qishloq xo`jaligiga moslashgan davlat va suv yetishmovchiligida yuqoridagi davlatlarni ayblab keladi.

Qirg`iziston va Tojikistondagi munosabatga ko`ra  O`zbekiston qishloq xo`jaligiga zo`r bermoqda va suv uchun ham haq to`lash lozimligini inobatga olmayapti.

“Biz kelishib ishlasak, energetik masalalar ham hal bo`lishi mumkin. “Menda shu narsa bor, sen busiz hech narsa qilolmaysan”,  demasdan hamkorlikda ishlasak, hammasi joyida bo`ladi. Mintaqa xalqi uchun foydali qarorga to`xtashimiz mumkin”, - deydi ekolog olim Tohir Majitov.

Ma`lumotlarga ko`ra mintaqada Turkmaniston kishi boshiga bir yilda 44 million litr suv ist'emol qilish bilan birinchi o`rinda, keyingi o`rinda esa O`zbekiston va Tojikiston turadi.



E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Inqiroz Markaziy Osiyoni chetlab o'tayotgani yo'q
Tahlilchilar: Tojikistonda rejalangan GES qo'shnilarga ham foyda
Suv muammosiga yana bir nazar
Iqtisodiy inqiroz O'zbekistonda hayotni yanada og'irlashtirgan
Iqtisodiy tanazzul dunyo ahli uchun siyosiy-ijtimoiy sinov
Markaziy Osiyo davlatlari xalqaro sahnadagi rolini oshirish harakatida
Turkmaniston va O'zbekiston rahbarlari Toshkentda uchrashgan
Paxtaga talab past, O'zbekiston eksportni kamaytiradi
Markaziy Osiyoda hamjihatlik – tanqis ne'mat
Mintaqa davlatlari suv muammosini o'zaro hal qilishi mumkin
Gaz va suv masalasida O'zbekiston va Rossiya - ittifoqchi
Markaziy Osiyoda ob-havo xizmatlarini yaxshilash kerak
O'zbekistonlik olimlar: mintaqa rahbarlari kelishib ishlashi lozim
Suv masalasi Markaziy Osiyoda birinchi o'ringa chiqishi kerak
O'zbekistonda dehqondan yer majburan tortib olinmoqda
Qurg'oqchilik Afg'oniston qishloq xo'jaligiga zarar yetkazmoqda
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
Energiyaga boy O'zbekistonda chiroq deyarli kunda o'chadi
Mintaqa davlatlari birlashishiga umid bormi?
Markaziy Osiyo davlatlari suv va energiyani baham ko'rishga rozi
O'zbekistonning yuzini shuvut qilgan milliy boylik
Kengash qilgan el ozmas, keng bichilgan to'n to'zmas
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi
Markaziy Osiyo birlashishidan kim nima foyda ko'radi?
Markaziy Osiyoda suv masalasi dolzarbligicha qolmoqda
Tojikiston xalqi mustaqillikning lazzati va achchig'ini totmoqda
Suv taqchilligi muammosi yaqin 10 yilda tabiiy ofat tusini oladi
 
  Bosh mavzu
Qirg'iz oqsoqollari Amerika ketsin deydi, keng omma qanday fikrda?

  Boshqa xabarlar
Xillari Klinton: Ayollar manfaati birinchi o'rinda turishi kerak
Tojikiston: Afg'on zaminida tinchlikka erishish mumkinmi?
Tarixdan saboqlar: AQShga juda qimmatga tushgan yana bir urush
Afg'onistonga tinchlik kelsa, mintaqa uchun imkoniyatlar ko'payadi
Faollar: AQSh-O'zbekiston muloqotida huquq chetda qolmasin
Iroqda saylovlardan bir hafta o'tib ovozlar hamon sanalmoqda
Qo'shma Shtatlar Isroil rejasidan norozi
Amerikalik yozuvchi yangi kitobida O'zbekistondan gap ochadi  Audio Clip Available
BMT maxfiy qamoqxonalarni tekshirmoqda, ayrim davlatlar norozi
BMTda O'zbekistonda inson huquqlariga doir ahvol o'rganilmoqda  Audio Clip Available
O'zbekiston BMT huquq bitimiga qanchalik rioya qilmoqda?
General Petreus Qirg'izistonda xavfsizlik bobida muzokara qilgan
Yevropa davlatlari NATO faoliyatiga g'ovmi?
O'zbekistonlik hunarmandlar san'ati Koloradoda ko'rgazmada
Hamjihatlik, kuchli iroda - Markaziy Osiyoda noyob ne'matlar
Shvetsiyada 62 yoshli uyg'ur josuslikda ayblanib qamalgan
Taniqli amerikaliklar hayotidan: Malkom "X" - murakkab shaxs
Amerikalik ekspert: Markaziy Osiyoda imkoniyatni boy berayapmiz  Audio Clip Available
O'zbekistonda turmushning og'ir aravasini ayollar tortib keladi
Yozuvchilar: Madhiyabozlikni yig'ishtirib, haqiqatni yozaylik