VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Tojikistonda "Tong" o'zbek gazetasi xodimlari shartli jazo olgan


10/06/2009

Tojikistonda o’zbek tilida nashr qilingan “Tong” mustaqil gazetasi muharrirlari ustidan sud jarayoni tugagan. AQSh granti asosida bosilgan gazeta xodimlari jamg’arma mulkini o’zlashtirganlikda ayblanayotgan edi. Sud ularni qisman begunoh va qisman gunohkor deb topgan.

 “Tong” xususiy ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy gazeta bo’lib, uning bosh muharriri,  shoir Po’lat Umarov va gazeta hisobchisi Surayyo Umarova Tojikiston respublikasi jinoiy kodeksining 257- moddasi, ikkinchi qism, “a”, “b” va  “v” bandlari,  ya’ni, chet el ko’mak jamg’armasi mulkini bir guruh shaxslar bilan oldindan kelishilgan holda, takroriy holatda, ko’p miqdorda o’zlashtirish va 340- moddaning ikkinchi qismi “b” bandi, ya’ni, bir guruh shaxslar bilan oldindan kelishilgan holda hujjatlarni soxtalashtirish, tayyorlash yoki ulardan foydalanishda gumon qilinayotgan edi.  

Ularning guruhidagi tadbirkor Dadajon Qosimov esa hujjatlarni soxtalashtirishda ayblanib, bu borada jinoiy ish shu yilning aprel oyi oxirlarida sudga oshirilgan edi. Aybdor deb topilganida ular 2 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishlari mumkin edi.

Xo’jand shahar sudyasi Ismoiljon Rahmatov raisligida o’tgan mahkama jarayoni hozir yakunlandi va sud xulosasiga ko’ra, P. Umarov va S. Umarova AQShning Demokratiyani Quvvatlash Jamg’armasi (NED) bergan moddiy yordamdan o’z shaxsiy maqsadlari yo’lida foydalanmagan.  

Lekin 340-moddada ko’rsatilgan jinoyatlar tarkibi mavjudligi uchun Umarov va Umarovalar 2 yil 6 oyga,  D. Qosimov esa 2 yilga shartli jazoga mahrum etilmoqda.  

“Hukm shartli bo’lib, 2 yillik sinov muhlati belgilandi”, - deydi sud raisi I.Rahmatov.

Jinoiy ish “Tong” gazetasi muassisi Maqsud Xudoyberdiev arizasiga ko’ra qo’zg’atilgan edi.

Hukm olgan D.Qosimov o’tgan mahkama jarayonini adolatli hisobladi va sudyalarga minnatdorchilik bildirdi.

“Hatto sudyaning o’zlari ham, prokuror ham bu ishda katta jinoyat alomatlari yoqligiga iqror bo’ldilar. Shuning uchun biz ozodlikda qoldik, buning uchun sudyaga rahmat deyman”, - deb xursand bo’ldi Qosimov. 

“Tong” gazetasi Bosh muharriri Po’latov esa mahkama jarayoni oxirigacga o’zini to’la oqlashlarini talab qildi va o’zini umuman aybsiz hisobladi.

Oldinroq fikri bir joyda emasligini aytgan Umarov hukmdan so’ng ham o’zini nohaq jazolangan hisoblab, sharh berishdan bosh tortdi.   

“Tong” gazetasida ishlagan va Xo’jand davlat universiteti o’qituvchisi Munavvara Oymatova fikricha endilikda faoliyati to’xtab qolgan bun ash Tojikistonda o’zbek demokratik matbuoti minbari bo’lgan.

“AQShning NED jamgarmasi moliyalashtirgan gazeta tufayli biz Tojikistonda demokratiya borligini shu matbuot sahifasida chiqib ko’rdik. Mumkin ekan. Lekin bu gazetaning yo’qqa chiqishi qo’shni ovqat uzatdiyu, shu ovqatga tupurganimizni ko’rsatdi. Shunday gazeta yo’lini kesishdi. Ayrim shaxslar aybi bilan bizni o’qishdan, yozishdan, haq so’zni aytishdan mahrum qilishdi, bu yaxshi emas.  Gazeta AQShning NED jamg’armasi puli va obuna hamda sotuvdan kelgan mablag’  bilan xarajotlarni qoplab faoliyatini davom ettirishi mumkin edi. Lekin shu ish bo’lmadi. Chunki, kimningdir hulqu, kimningdir nafsi gazetani barbod qildi”, - deya kuyunadi Oymatova.

Mahkama jarayonida hamkasblarini qo’llash uchun ishtirok etgan ko’pgina jurnalistlar hukming yengilligidan xursandligini yashirishmadi.

Ulardan biri, “Sogdiyskaya pravda” gazetasi muxbiri Madina Pochchoyeva hukmga izoh berishni istamasligini aytar ekan, Polatovni qattiq jazodan asrab qolingani bilan ochiq tabrikladi.
Mahkama jarayonini dastlabki kunlardan tahlil qilayotgan kuzatuvchilardan biri nainki ismi balki ovozi ham bildirilmaslik sharti bilan hukmning juda yengil ko’chganligidan bosh muharrir juda minnatdor qolishi kerakligini bildirdi.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Amerikalik professor O'zbekistondagi talabalarini eslaydi
O'zbekistonda xorijda o'qib kelgan yoshlar tekshiruv ostida
Vatanda jinoyatchi, xorijda yurtining "sodiq o'g'loni"
Mo'tabar Tojiboyeva AQSh bergan mukofotni xalqiga bag'ishladi
Mo'tabar Tojiboyeva kelajakdan umidvor, faol bilan TV suhbat
Amerika Markaziy Osiyo basketbolchilarini quvvatlamoqda
Inqiroz Markaziy Osiyoni chetlab o'tayotgani yo'q
O'zbekistonning temir ayollari oldidagi bugungi mashaqqatlar
Paxtaga talab past, O'zbekiston eksportni kamaytiradi
Axborot asrida sifatli axborot topish amri mahol
Amerika Markaziy Osiyo bilan ochiq muloqot yuritishga tayyor
Qirg'izistonda omma Manas emas, tirikchilik haqida o'ylamoqda
Markaziy Osiyoda ob-havo xizmatlarini yaxshilash kerak
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Suv masalasi Markaziy Osiyoda birinchi o'ringa chiqishi kerak
Markaziy Osiyoda tabiiy boyliklardan kim foyda ko'rmoqda?
Ekspert: Markaziy Osiyo xorijiy sarmoyani saqlab qolishi kerak
Turkmanistonda saylovlar, o'zgarish o'zi nima?
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
Ayrim yuristlar attestatsiya qonunga xilof demoqda
AQSh: Qozog'iston ishonchni oqlamayapti
Senator Makkeyn: Karimovga ishonib, huquq chetda qolmasin
Amerika va Markaziy Osiyo rahbarlari orasida ishonch past
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi
Amerika mintaqa farovonligini ko'zlasin, deydi tahlilchilar
AQSh sudyasi: O'zbekiston huquq bobida yordamga muhtoj
 
  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available