VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Turkmanistonda Internet cheklangan ravishda rivojlanyapti

12/06/2009

Inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi xalqaro tashkilotlar Turkmanistonni so'z va matbuot erkinligini cheklovchi davlatlar qatoriga qo'shadi. Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasiga ko'ra, respublika Internetni qattiq cheklovchi 10 davlatdan biri. Ammo ba'zi turkmanistonliklar nazarida hokimiyat tepasiga Qurbonguli Berdimuhammedov kelganidan beri vaziyat yaxshilanmoqda.

Saparmurod Niyozov prezidentligi davrida mamlakatda Internet-kafelar yo'q edi. Davlat xizmatchilari, diplomatlar va yirik xorijiy kompaniyalargina Internetdan foydalanish huquqiga ega edi. Turkman Telekom Internet aloqa bilan ta'minlovchi yagona provayder edi. 2006 yil oxirida Niyozov vafot etib Qurbonguli Berdimuhammedov yangi prezident bo'lgach, vaziyat o'zgardi.

AQShda tahsil olayotgan turkmanistonlik talabalardan birining aytishicha, 2007 yildan beri mamlakatning ko'p shaharlarida Internet kafelar ochildi.

"Aloqa sifati yuqori bo'lmasada, odamlarda tashqi dunyo bilan muloqot qilish imkoniyati paydo bo'ldi," deydi u.

O'tgan yili Rossiyaning MTS kompaniyasi Turkmanistonni simsiz Internet aloqasi bilan ta'minlash huquqini qo'lga kiritib, Turkman Telekom monopoliyasiga chek qo'ydi. Endi jahon tarmog'iga uyali telefon orqali ham chiqish mumkin.

Biroq shunga qaramay, deydi Avstriya poytaxti Venada joylashgan Inson huquqlari bo'yicha Turkman tashabbusi tashkiloti rahbari Farid Tuxbatullin, Internetda senzura bekor qilinmagan.

"Muxolifat, inson huquqlari faollari saytlari, Turkmaniston haqida tanqidiy fikr bildiruvchi axborot sahifalari va xalqaro tashkilotlar saytlariga kirish taqiqlangan. Bu - yopiq saytlar," deydi Tuxbatullin.

Uning aytishicha, telefon liniyalarining eskiligi va mutaxassislarning yetishmagani bois Internet juda sekin ishlaydi. Buning oqibatida yopiq saytlar tugul ochiq saytlarga ham kirib bo'lmaydi.

Turkmanistonlik talabaning aytishicha, ba'zilar xalqaro tashkilotlar va AQSh elchixonasi qoshida ishlayotgan Internet xonalariga boradi.

"Chunki u yerda aloqa tezligi yuqori, istalgan saytga to'siqsiz kirish mumkin. Ammo bunday joylarda navbatda turish kerak va vaqt chegaralangan," deydi u.

Huquq faoli Farid Tuxbatullinning aytishicha, odamlar Internetdan turli maqsadlarda foydalanadi.

"Yuqori sinf o'quvchilari va talabalar asosan xorijda o'qish imkoniyatlari haqida ma'lumot izlasa, boshqalar tanishuv, chat, elektron maktub yozish uchun foydalanadi."

Huquq faoliga ko'ra, Internet kafega kirayotganlarning pasport ma'lumotlari yozib olinadi, shu sabab odamlar taqiqlangan saytlarga kirishdan cho'chiydi.

Kuzatuvchilar fikricha, Turkmanistonda rahbar almashganidan beri har sohada oz bo'lsada olg'a siljish bor.


Download Turkmanistonda Internet
Download  (MP3)
Listen to This Report Turkmanistonda Internet
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available