VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Markaziy Osiyo davlatlari kelajakni birga quradimi yoki alohida?


15/06/2009

[insert caption here]
Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi doirasida tezkor harbiy guruh tuziladi. A'zo davlatlar rahbarlari ularga kiyim-bosh tanlamoqda.
Markaziy Osiyo rahbarlari Moskvada Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi sammitidan keyin Yekaterinburgga yo’l olib, u yerda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti anjumanida ishtirok etmoqda. 

Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitlari mintaqaviy aloqalar bir qadar keskinlashgan paytga to'g'ri kelmoqda.

Sharhlovchilar nazarida Xitoy va Rossiya qanoti ostida tuzilgan bu ikki tashkilot mintaqa davlatlari uchun ko'proq ramziy ma'no kasb etadi xolos.

Markaziy Osiyoda iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy-madaniy aloqalarni muvofiqlashtiruvchi birorta rasmiy mintaqaviy tashkilot yo'q.

Mintaqa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bir necha yil avval tugatilgan va hamkorlikka birlashish tobora qiyinlashib, ziddiyatlar kuchayib bormoqda.

O'zbekiston va Qirg'iziston Moskvadagi majlisdan tashqarida uchrashib muloqot qilgan. Ikki davlat chegarasi o'tgan oy ancha notinch bo'ldi.

“Markaziy Osiyo tarixida hali bunaqasi bo'lgan emas. O'zbekiston chegarada zovur qazimoqda. Buni kimdir xalqqa tushintirishi kerak. O`zbekiston rahbariyati buni qilyotgani yo'q. Bu narsa ikki xalq o'rtasidagi munosabatlarga ham juda yomon ta'sir qiladi. ShHT bunga munosabat bildirsin, vositachilik qilsin”, - deydi tarixchi olim Fayzulla Isxoqov.

Ma'lumotlarga ko'ra prezidentlar ikki o'rtadagi aloqalar rivojlanishi, Qirg'iziston- Xitoy – O'zbekiston temiryo'l qurilishi haqida gaplashgan.

O'zbekiston yana bir qo'shnisi Tojikiston bilan ham chiqishmay keladi. Rossiyadagi anjumanlarda ikki respublika rahbarlari alohida uchrashishi rejalanmagan. 

Mahalliy kuzatuvchilar deydiki, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti qabul qilayotgan qarorlarda Markaziy Osiyo manfaatlari hisobga olinmayapti.

“ShHT ga a'zo to'rt davlat, Turkmaniston qo'shilsa beshta, tashqi siyosatni amalga oshirishdan oldin, birgalikda qandaydir umumiy pozitsiyalr ishlab chiqqan holda yurgizarmikan yoki har biri o'zi bilganicha siyosat yurgizarmikan? Masala shu savolga borib taqalmoqda.  Markaziy osiyo davlatlari o'z kelajagini birga quradimi yoki alohidami degan savol...",  - deya fikr bildiradi siyosiy tahlilchi Farxod Tolipov.

Fayzulla Isxoqov nazarida Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi doirasida tezkor qo'shinlar tuzilishi va mintaqa davlatlarining turlicha munosabatda ekani ham kelajakda mintaqaviy hamkorlikka to'siq bo`lishi mumkin.

“Qirg'iziston va Tojikiston kabi davlatlar Rossiyaga bog'lanib qoladi, uning iznidan chiqmaydi.  Ularning boshqa respublikalar bilan munosabati ham Rossiyadan taqozo etishi mumkin. Ayniqsa harbiy sohada Rossiya bilan maslahatlashib ish ko'rishga majbur bo'lishadi”,  - deydi olim.

ShHT hozir asosiy e'tiborni Afg'onistondagi vaziyatga qaratmoqda. Yekaterinburgdagi anjumanda Afg'oniston prezidenti Hamid Karzay ishtirok etmoqda.

2005 yilda O'zbekistondan AQSh harbiy bazasini chiqarish talabi aynan Shanxay Hamkorlik Tashkilotida yangragan bo'lsa, hozirda bu davlat havo kuchlari Qirg'izistondagi “Manas” aerodromini bo'shatish harakatida. 

Sammitda Afg`oniston va Qirg'iziston prezidentlari ikki tomonlama muzokara olib boradi. Karzay rasmiy Bishkekni Manasni AQSh uchun yopmaslikka chaqirgan.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Inqiroz Markaziy Osiyoni chetlab o'tayotgani yo'q
Amerika Markaziy Osiyo bilan ochiq muloqot yuritishga tayyor
Markaziy Osiyoda ob-havo xizmatlarini yaxshilash kerak
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Suv masalasi Markaziy Osiyoda birinchi o'ringa chiqishi kerak
Markaziy Osiyoda tabiiy boyliklardan kim foyda ko'rmoqda?
Ekspert: Markaziy Osiyo xorijiy sarmoyani saqlab qolishi kerak
Turkmanistonda saylovlar, o'zgarish o'zi nima?
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
Obamaga Markaziy Osiyoda katta umidlar bog'langan, lekin...
Islomiy bank: tavakkal qilish moliyaviy inqirozga yetaklaydi
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi
"O'zbekiston ipak parda ortida yashaydi"
Inson savdosi bugun uyushgan jinoyatchilik tizimi
Ahmad Rashid: AQSh Markaziy Osiyoda xalq dardiga quloq tutsin
Paxtaga talab past, O'zbekiston eksportni kamaytiradi
Qirg'izistonda omma Manas emas, tirikchilik haqida o'ylamoqda
Markaziy Osiyo birlashishidan kim nima foyda ko'radi?
 
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available