VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
AQSh kongressmeni: Aloqalarda yangi sahifa ochamiz


16/06/2009

[insert caption here]
Vashington shahri
AQSh Vakillar Palatasida ma’qullanib, hozirda Senat e’tiborida bo’lgan qonun loyihalaridan biri Markaziy Osiyo yoshlariga bu mamlakat siyosiy dargohlarida amaliyot o’tash imkoniyatini beradi. 

Elchixonalar orqali taklif etiladigan dastur 2010-2011 o’quv yillariga mo’ljallangan (Central Asia Scholarship Program for Public Policy Internships) va uning asosida universtitet talabalari  Amerika boshqaruv va qonunchilik organlarida olti oygacha tajriba oshirishi mumkin. 

Bu programmani tanishtirgan kongressmen Eni Faleomavaega Vakillar Palatasiga 20 yildan beri a’zo. Tinch okeanida joylashgan Samoa orollarining Amerikaga tegishli qismidan saylangan. Palatada Markaziy Osiyo bilan shug’ullanuvchi quyi qo’mita raisi. Faleomavaega kongressmenlar orasida sabr-qanoatli va optimist arbob sifatida tanilgan. 

O’zbekiston va qo’shni davlatlar nomi Amerika siyosiy doiralarida tilga olinganida odatda diktatura, aviabaza, inson huquqlari, nochorlik kabi so’zlarni eshitamiz.

Eni Faleomavaega
Eni Faleomavaega fikricha o'zbekni o'zbek ekani, amerikalikning amerikalik ekani uchun hurmat qilish kerak 
Ammo Faleomavaega fikricha aloqalar sekin rivojlanayotgani ular yomon degani emas. 

“Markaziy Osiyoda har bir respublika siyosiy-iqtisodiy jihatdan shakllanishga urinar ekan, aloqalar ham shunga yarasha. Astalik bilan o’zaro manfaatlar yo’lida birga ishlashga urinayapmiz”,- deydi kongressmen.

Faleomavaega fikricha mintaqa davlatlari AQShga Afg’onistondagi urushda yordam berib, o’z xavfsizligi ustida qayg’urmoqda.  Bu tabiiy, deydi kongressmen. 

Uning o’zi esa hozir boshqa bir jabhaga sarmoya-mablag’ jalb etish harakatida.  

“Ta’lim - o’ta muhim soha. Uzoq muddatda ana shuning rohatini ko’ramiz”,- deydi Faleomavaega.

“Zamon tinch va farovon bo’lishi uchun bizga o’tkir yetakchilar va mutaxassislar kerak.  Yangi ta’lim dasturimizdan maqsad siyosatga qiziqqan va uning turli qirralarini o’rganayotgan yoshlarni bu davlat qanday idora etilishi bilan yaqindan tanishtirish. O’quv maskanlarimizda bilim olib, tajriba oshirishi uchun yana bir imkoniyat yaratish”,- deydi kongressmen. 

Janob Faleomavaega har bir masalaga ko’p tomonlama yondashish tarafdori. Masalan Markaziy Osiyoda huquqiy ahvolga baho berilganida, deydi kongressmen, bu faqat shu mintaqaga xos muammo emasligini unutmaslik kerak. Qolaversa, uning fikricha, Amerika faqat yomonlaydi deb qarash ham noto’g’ri.

“Bir tomondan, huquq faqat O’zbekiston yoki unga qo’shni davlatlarda buzilayotgani yo’q. Ikkinchi tomondan esa huquq va qonun hurmat qilinmasligi avvalo o’sha jamiyatning muammosi. Chunki bundan aynan o’sha xalq aziyat chekmoqda”,- deya ta’kidlaydi Faleomavaega. 

“AQSh kuzatishi, baho yoki maslahat berishi mumkin xolos. Biz ba’zida diqqatni faqat bitta narsaga qaratib xato qilamiz.  Amerika o’z qadriyatlarini ulashgani ma’qul, ammo bu bilan biz ular faqat bizda bor deya iddao qilolmaymiz". 

"AQSh bugungi demokratik jamiyatga aylangunicha uzoq va mashaqqatli yo’lni bosib o’tgan. Qancha to’siq, qancha muammolar bilan yuzlashganmiz ”,- deydi kongressmen.

  Amerikaliklar Markaziy Osiyo xalqlari va madaniyati haqida yetarlicha bilmasligi mumkin, ammo “biz sizni hurmat qilamiz”,- deydi kongressmen Faleomavaega. 

AQSh o’z qobig’ida yashaydi,  o’zga mentalitetlarni tushunmaydi degan qarashlarni yengish kerak, deydi arbob.
 
“Amerikaliklar albatta Yevropa haqida yaxshiroq biladi, chunki biz ularga yaqinmiz. Ammo aholimiz turli etnik guruhlardan iborat, jamiyatimiz ijtimoiy jihatdan boy.  Bizga notanish narsaning o’zi yo’q”,- deydi Faleomavaega.  

“AQSh hech kimga “bizga o’xsha” deya olmaydi. Bunday demasligi ham kerak. O’zbekning o’zbekligini,  qozoqning qozoq ekanini qadrlaymiz. Maqsad rishtalarga ega bo’lish, bir-birimizni hurmat qilib,  oradagi ishonchni shakllantirish”. 
  
Demokrat qonunchi partiyadoshi Barak Obama aloqalarda yangi sahifa ochadi degan umidda. 

Misrdan turib jahon musulmonlariga murojaat qilganida, deydi Faleomavaega, Obama shubhasiz Markaziy Osiyo ommasiga ham yetishga urindi.  

“Amerika hech kimga yomonlikni ravo ko’rmaydi. Biz zahmatkash, yutug’imiz bilan faxrlanib, kamchiliklarimizni tan olib, yechim qidiradigan xalqmiz”,- deydi kongressmen.

“Hozirgi prezidentimiz musulmon va nasroniy farzandi. Birinchi qora tanli rahbarimiz, ammo uni saylaganlar asosan oq tanlilar – bu jamiyatda ko’pchilikni tashkil etuvchi guruh. Obama timsolida xalqimizning orzu-istaklari aks etgan”,- deydi Faleomavaega.  

“Biz totuv, to’q, sog’lom va erkin yashashni xohlaymiz. Iymonim komilki, bu meni Markaziy Osiyoda eshitib o’tirgan insonlarning ham ezgu niyati”,- deydi kongressmen.


Download Suhbatni tinglang
Download  (MP3)
Listen to This Report Suhbatni tinglang
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Amerika tolerant jamiyat, lekin muhojirlikning o'z shartlari bor
AQSh: Qozog'iston ishonchni oqlamayapti
Senator Makkeyn: Karimovga ishonib, huquq chetda qolmasin
Amerika va Markaziy Osiyo rahbarlari orasida ishonch past
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi
Gripp va muhojirlar: o'zbekistonlik mutaxassis bilan suhbat
Amerika mintaqa farovonligini ko'zlasin, deydi tahlilchilar
AQSh sudyasi: O'zbekiston huquq bobida yordamga muhtoj
Amerika Markaziy Osiyo basketbolchilarini quvvatlamoqda
AQSh: O'zbekistondan baza so'raganimiz yo'q
Mo'tabar Tojiboyeva kelajakdan umidvor, faol bilan TV suhbat
Vatanda jinoyatchi, xorijda yurtining "sodiq o'g'loni"
Paxtaga talab past, O'zbekiston eksportni kamaytiradi
Axborot asrida sifatli axborot topish amri mahol
Amerika Markaziy Osiyo bilan ochiq muloqot yuritishga tayyor
Qirg'izistonda omma Manas emas, tirikchilik haqida o'ylamoqda
Markaziy Osiyoda ob-havo xizmatlarini yaxshilash kerak
Suv masalasi Markaziy Osiyoda birinchi o'ringa chiqishi kerak
Markaziy Osiyoda tabiiy boyliklardan kim foyda ko'rmoqda?
Ekspert: Markaziy Osiyo xorijiy sarmoyani saqlab qolishi kerak
Turkmanistonda saylovlar, o'zgarish o'zi nima?
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
Obamaga Markaziy Osiyoda katta umidlar bog'langan, lekin...
Barak Obama haqida yurtdoshlaringiz nima deyapti?
O'zbekistonlik kuzatuvchi: amerikaliklar davlatiga ishonar ekan
Oq Uy uchun kurash murakkab, ammo demokratik jarayon
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi
Markaziy Osiyo birlashishidan kim nima foyda ko'radi?
AQShda rahbar o'zgarishi O'zbekiston uchun nimani anglatadi?
AQSh olimlari O'zbekiston bilan keng hamkorlikka tayyor
Ahmad Rashid: AQSh Markaziy Osiyoda xalq dardiga quloq tutsin
AQSh, O'zbekiston yangicha hamkorlik haqida fikr almashmoqda
AQSh: Afg'oniston Markaziy Osiyo yordamiga muhtoj
Sietl-Toshkent birodarlik aloqalari o'rnatilganiga 35 yil to'ldi
Kongress Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatni tanqid qilmoqda
AQSh Qozog'istonda demokratiyaga umid bog'lagan
AQSh O'zbekistonga yordamni davom ettiradi, islohot talabi ostida
O'zbekiston paxtasi ustidan xalqaro bahslar davom etmoqda
AQSh Markaziy Osiyoga yordam bermoqchi, aql o'rgatmoqchi emas
Amerika kimni qancha moliya bilan ta'minlamoqda?
 
  Bosh mavzu
Urumchida to'qqiz uyg'ur davlatga qarshi jinoyatlarda ayblanib qatl etilgan

  Boshqa xabarlar
Eron Rossiyadan qurol talab qilmoqda
Sovet kommunizmini jar yoqasiga yetaklagan omillar
Muxolifatchi Sanjar Umarov qamoqdan ozod etilgan
Berlinda yirik tarixiy sana nishonlanmoqda
Tojikiston ahli Rossiya va AQShdan birdek madad kutmoqda
O'zbekiston terim mavsumi tugamoqda, daromad qilgan fermer sanoqli
Vakillar Palatasi sog'liqni saqlash islohoti uchun ovoz berdi
Fort Xuddagi fojia ketidan Amerika musulmonlari xavotirda
Kommunizmga xotima yasagan voqealarni eslab...
Maykl Jeksonning armon bo'lib qolgan konserti
Qirg'izistonda davlati tilini yaxshi biladigan jurnalistlar yetishmaydi
Fort Xuddagi fojea: Obama shoshib xulosa qilmaslikka chaqirmoqda
AQShdagi harbiy bazada musulmon ofitser 13 zobitni o'ldirgan
Dilmurod Sayidning oilasi avtohalokatda o'lgan
Yevropa O'zbekiston energiya zaxiralariga yo'l topdi
Berlin devori qulashiga olib kelgan siyosiy-iqtisodiy omillar
Paxta plani bajarildi, lekin katta sinflar hali ham dalada
O'zbekiston mintaqaviy energetik tizimni tark etmoqchi
AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati - o'zbekistonlik ekspert fikri  Audio Clip Available
AQSh O'zbekiston bilan oshkora, kelishib ishlamoqchi  Audio Clip Available
Tarixga nazar: Berlin devori qulaganiga 20 yil to'ldi
Amerika iqtisodiyoti ancha jonlangan, ammo hamon krizisda
O'zbeklar Hamid Karzaydan dadil va adolatli qarorlar kutmoqda
G'arb, deydi ekspertlar, Markaziy Osiyoga e'tiborini oshirishi kerak
O'zbekistonda ayrim advokatlar islohotlardan norozi