VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
AQShga sarmoya kiritib, grin-kartalik bo'lishingiz mumkin

23/06/2009

[insert caption here]
Amerikaga sarmoya kirita oladigan badavlat xorijliklar grin-karta, Qo’shma Shtatlarda yashash va ishlash huquqini beruvchi hujjat bilan siylanadi.  Sharti shuki, invetitsiya qilayotgan bizneslar Amerikada ish o’rinlari yaratishi va bu davlat iqtisodiga hissa qo’shishi kerak.

Florida shtatidagi Leyk Buena Vista kurorti sarmoya evaziga viza taklif etuvchi, hukumat tasdig’idan o’tgan 45 maskandan biri.  

Bu degani – kurort ma’muriyati xorijliklarga 100 tagacha grin karta taklif eta oladi.  Evaziga chet ellik tadbirkor bu biznesga bir million dollar sarmoya kiritishi zarur. Kurort vitse-prezidenti Larri Koen hozirgi iqtisodiy sharoitda chetdan mablag’ jalb qilmasak bo’lmaydi, deydi.

"Mehmonxonamizning bir qismini sotib olishga, biz bilan ishlashga tayyor mahalliy biznesmenlar yo’q emas. Biroq kredit bozori o’lgan. Yangi yo’llarini qidirishga majburmiz", - deydi tadbirkor.

Kelishuv shartlari quyidagicha: xorijiy investorga mehmonxonadan ulush tegadi. Ya’ni ikkita nomer, har birining bahosi 400 ming dollar. Sayyohlardan tushgan daromaddan u ham foyda ko’radi. Talab shuki, sarmoya kamida 10 ta ish o’rni yaratishi kerak.  

AQSh hukumatining “sarmoya orqali immigratsiya” dasturi doirasida yiliga 10 ming kishi grin-kartani qo’lga kiritishi mumkin. “Qiziqish katta, minglab puldor odamlar murojaat qiladi”, deydi Ofer Fridfertig, kurort boshqaruvchisi.

"Internet orqali bizga murojaat qilganlarning 45 foizi Xitoydan. Dastur shartlarini tushuntiring, ma’lumot yuboring deb so’rashadi", - deydi kurort boshqaruvchisi.

Ofer Fridfertig Qo’shma Shtatlarda yashash istagidagi sarmoyachilarni topish uchun yaqinda Xitoyga safar qildi. AQSh Davlat xavfsizligi vazirligiga ko’ra, o’tgan yili investor vizasiga eng ko’p ariza tushgan.

Grin-karta - kishiga Amerikada doimiy yashash va ishlash huquqini beruvchi hujjat sanaladi. Uning lotoreya ko’rinishi barchaga tanish. Biroq huquqshunos Ramachandran Balaraman so’zlariga ko’ra, global iqtisodiy krizis va dollar arzonlashgani bois investor vizalariga qiziqish pasaygan. Sarmoyachi qattiq tekshiruvdan ham o’tishi kerak.   

"AQSh hukumati siz bu davlatga kiritayotgan sarmoya qanday manbalardan kelayotgani bilan qiziqadi. Qonuniy bo’lishi, halol topilgan bo’lishi shart", - deydi Balaraman.  

O’z navbatida, deydi huquqshunos, chet ellik investor ham Amerikada qonuniy biznesga qo’l urayotganiga ishonch hosil qilsin.

“Sarmoya orqali immigratsiya” dasturida qatnashish uchun million dollar sarmoya juda katta pul, deya tan oladi rasmiylar. Mablag’ ish o’rinlari yaratishi, iqtisodiyotini ko’tarishga xizmat qilishi kerak. Investorlar uchun esa bu Amerikada yangi hayot boshlash uchun imkoniyat.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available