VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Tolibon va al-Qoida safida yuzlab o'zbeklar borligi aytilmoqda


24/06/2009

Spinakay, Pokiston
Pushtu jurnalistlarining aytishicha, Pokistonning Spinakay va Mirali tumanlarida o'zbeklar ko'p

Pokiston armiyasi mamlakat shimoli-g'arbida, Afg'oniston bilan chegaradosh qabilaviy hududlarda Tolibonga qarshi janglarni davom ettirmoqda.

Mintaqada yurgan jangarilar orasida markaziy osiyoliklar, xususan o'zbeklar bor.

Yaqinda Vaziriston janubidagi to'qnashuvda Tohir Yo'ldosh real-audio, O'zbekiston Islomiy Harakati yetakchisi jarohatlangan. 

O'zbek jangarilari xalqaro maydonda hamisha jumboq bo'lib kelgan. O'zbekiston Islomiy Harakati hukumatga qarshi urush e'lon qilib, 1990-yillarda Markaziy Osiyo hududida harakat qilayotgan paytda ham ularning nimaga qodir ekani xususida mustaqil ekspertlar va rasmiylar turlicha fikrda edi. 2001 yil oxirida Tolibon Afg'onistonda hokimiyatdan ag'darilib, uning hamkori al-Qoida ancha zarba yegan bir paytda O'zbekiston Islomiy Harakati real-audio deyarli parchalanib ketdi deb xulosa qilingan.  

Pushtu qabilalar
Pushtu qabilalar kelgindilarni yoqtirmaydi. Arablar pul olib kelgani uchun ularga toqat qilishadi, ammo o'zbeklarga nisbatan nafrat kuchli, deydi mahalliy jurnalistlar
Ahmad Rashid real-audio singari mahalliy jurnalistlar fikricha harakatga sodiq shaxslar yuzlab sonlarda hamon mintaqada izg'ib yuribdi.  

"O'zbek jangarilarining vatanga borib keladigan yashirin yo'llari bor",- deydi tahlilchi. 

Ehtimol, deydi u, Pokistondan Eron va yerdan Turkmaniston orqali O'zbekistonga yoki Pokistondan Afg'oniston orqali to'g'ri O'zbekistonga. 

Bugun qonli janglar kechayotgan hududlarni aslida Pokiston hukumati idora etmaydi. Boshqaruv azaldan asosan qabila oqsoqollari qo'lida. 

"Tolibonni quvvatlovchi guruhlar O'zbekiston Islomiy Harakati sarqitlarini o'z qanoti ostiga olgan", - deydi jurnalist.

Ahmad Rashid deydiki,  O'zbekiston Islomiy Harakati mayda guruhlarga bo'linib, boshqalar bilan chatishib, ko'p jihatdan o'zgargan. Lekin uning nazarida bu to'dalar hamon tinchlikka tahdid. 

"Gap sonda emas, mafkurada",- deydi Ahmad Rashid. 

Jangarilar
O'zbekiston Islomiy Harakati qoldiqlari Vaziristonda Tolibon yetakchisi Baytulloh Mas'ud qo'lida jang qilmoqda
Jangarilar terror xurujlari uyushtirishga, o'zbek va qo'shni xalqlar yoshlari orasidan yangi a'zolar yollashga, nochor odamlarning ko'ngliga yo'l topib, ularni zo'ravonlikka undashga harakat qiladi.

Pokiston hukumati taxminicha o'zbek va markaziy osiyolik boshqa jangarilar 4000 atrofida. Armiya so'zlovchisi Axtar Abbosning aytishicha Vaziriston janubida 600 ga yaqin o'zbek bo'lishi mumkin va ular Baytulloh Mas'ud, Tolibonning mahalliy yetakchisiga bo'ysunadi.

Axtar Abbosning qayd etishicha shu oy o'rtalarida Makin tumanida qariyb 30 o'zbek jangari yo'q qilingan. Tohir Yo'ldosh jarohatlangani haqidagi ma'lumotlar mahalliy odamlardan kelgan.  

Bajaur tumanida esa al-Qoida qo'mondonlaridan biri Qori Ziyo Rahmon halok bo'lgan. 

Bajaur, Pokiston
Bajaur tumani yaqinda Tolibondan Pokiston armiyasi nazoratiga o'tdi
Pokiston rasmiylari markaziy osiyolik jangarilar Tolibon bilan bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilmoqda desa-da, bu hududdan chiqqan va qabilaviy oldi-berdi bilan yaxshi tanish, jangarilar va mahalliy aholi orasidagi munosabatni kuzatib kelayotgan mutaxassislar bu nazariyani rad etadi.

"O'zbeklar Pokistonning bu qismlarida ko'pchilikni tashkil etuvchi pushtular bilan chiqisha olmay keladi. Tolibon safida pushtular ko'pligini hisobga olsak, o'zbek jangarilariga nisbatan nafrat kuchli",- deya sharhlaydi "Amerika Ovozi" pushtu tilidagi dasturlari muharriri Nafis Takar.

Takarning o'zi shu hudud farzandi. O'zbeklarning mintaqada jangari sifatida yurganiga 15 yildan oshdi, deydi u. Pokistonda ularning yangi avlodlari voyaga yetmoqda, o'ziga xos jamoa vujudga kelgan.

"Baytulloh Mas'ud uchun ular jangchilar xolos. O'zbeklar mahalliy aholi orasida kallakesarlar sifatida tanilgan. Ekstremistlarning o'zi buni mahalliy axborot vositalariga ochiq aytadi. Amerikaning agenti yoki G'arbning malagi deya birorta odamning kallasi olinsa, odamlar bu o'zbeklarning ishi deb gumon qiladi",- deydi Nafis Takar. 

Tohir Yo'ldosh al-Qoida yetakchiligi tomonidan qanday baholanadi, lavozimi nima, buni bilish qiyin, ammo Tolibon u va boshqa o'zbek jangarilardan foydalanayotgani sir emas.  


Download Lavhani tinglang
Download  (MP3)
Listen to This Report Lavhani tinglang
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Ahmad Rashid: AQSh Markaziy Osiyoda xalq dardiga quloq tutsin
O'zbekistonlik jangarilar xalqaro sahnada katta jumboq
Markaziy Osiyo jangarilari yana jahon diqqatida
Vaziristonda pashtun va o'zbeklar o'rtasida qonli mojarolar
Ahmad Rashid: Pokiston shimolida jangari o'zbeklar ko'paymoqda
AQSh: O'zbekistondan baza so'raganimiz yo'q
Mo'tabar Tojiboyeva kelajakdan umidvor, faol bilan TV suhbat
Inqiroz Markaziy Osiyoni chetlab o'tayotgani yo'q
Vatanda jinoyatchi, xorijda yurtining "sodiq o'g'loni"
O'zbekistonning temir ayollari oldidagi bugungi mashaqqatlar
Axborot asrida sifatli axborot topish amri mahol
Amerika Markaziy Osiyo bilan ochiq muloqot yuritishga tayyor
Qirg'izistonda omma Manas emas, tirikchilik haqida o'ylamoqda
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Suv masalasi Markaziy Osiyoda birinchi o'ringa chiqishi kerak
Markaziy Osiyoda tabiiy boyliklardan kim foyda ko'rmoqda?
Ekspert: Markaziy Osiyo xorijiy sarmoyani saqlab qolishi kerak
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
Islomiy bank: tavakkal qilish moliyaviy inqirozga yetaklaydi
Muhojirotdagi o'zbekistonliklar huquqiy himoya so'ramoqda
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi
Markaziy Osiyo birlashishidan kim nima foyda ko'radi?
"O'zbekiston ipak parda ortida yashaydi"
Ikrom Yoqubov: sobiq agent yoki vatan xoini?
Inson savdosi bugun uyushgan jinoyatchilik tizimi
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
Jahon Banki O'zbekistonda yangi strategiya asosida ishlaydi
Jurnalist ba'zida ko'r, kar va soqov bo'lishga majburmi?
AQSh: Afg'oniston Markaziy Osiyo yordamiga muhtoj
Inson savdosi Markaziy Osiyoda keng qanot yozmoqda
O'zbekiston - silning og'ir turi tez tarqalayotgan mamlakatlardan
AQSh O'zbekistonga yordamni davom ettiradi, islohot talabi ostida
Korrupsiya taraqqiyot kushandasi ekan, yechim xalq qo'lida
AQSh Markaziy Osiyoga yordam bermoqchi, aql o'rgatmoqchi emas
Amerika kimni qancha moliya bilan ta'minlamoqda?
 
  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available