VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
O'zbek jangarilar Pokistonda mehmon emas, sig'indi


25/06/2009

[insert caption here]
O'zbek jangarilar asosan Vaziristonda panoh topgan

Boburiylar hukmronligi ostida turkiylar madaniyatini o'ziga singdirgan o'lkada bugun ularning yangi avlodlari katta bo'lmoqda.

"Hindikush tog' tizmalari etaklaridagi kichik qishloqlarda o'zbek oilalarini ko'rasiz",- deydi pushtu jurnalisti Nafis Takar

"O'zaro ishonch past. Bir-biridan xavfsirab yashashadi.  Taqdirni xudoga topshirdim deb, bir amallab kun ko'rishayapti",- deydi u. 

Pokiston hukumati taxminicha o'zbek va markaziy osiyolik boshqa jangarilar bu davlatning shimoli-g'arbiy, Afg'oniston bilan chegaradosh hududlarida qariyb 4000 ni tashkil etadi.

Qabilaviy tuzum hukmron Vaziriston janubida 600 ga yaqin o'zbek bo'lishi mumkin. Yaqinda armiya  bilan to'qnashuvda ular yetakchisi Tohir Yo'ldosh real-video jarohatlangan.

"Amerika Ovozi" pushtu muxbirlarining yoritishicha o'zbeklar dunyoning bu qismlariga ba'zida o'zini hazora deb tanishtirib jon saqlaydi.

Afg'oniston aholisining 20 foizidan ortig'ini tashkil etuvchi hazoralar shia mazhabidagi musulmonlar. Ko'rinishi jihatdan ular Markaziy Osiyo xalqlariga o'xshab ketadi. 

[insert caption here]
Pushtular kelgingilarga nafrat bilan qaraydi, ammo jangarilar qahridan qo'rqqani uchun ularga bardosh qiladi. 
"O'zbeklar ham arablar singari bu qashshoq mintaqada mehmon. Lekin o'zbeklarni arablarchalik hurmat qilishmaydi, chunki pul arablardan keladi va Osama bin Ladinning nufuzi kuchli. Pushtularga o'zi kelgindilar yoqmaydi. Bu yerga kelib yillab yashovchi, o'z ta'sir kuchiga ega bo'lishga harakat qilayotgan guruhlarga toqati yo'q. Shu sabab o'tgan ikki yil ichida o'zbeklarning ko'pi o'ldirilgan yoki  quvilgan",- deydi jurnalist Nafis Takar.

Uning aytishicha o'zbeklar haqida Spinakay va Mirali tumanlarida ko'p eshitasiz.

"Lekin ularning soni bo'rttirilib ko'rsatiladi",- deydi jurnalist. "Jangarilar biz ko'pmiz desa, odamlar bunga ishonadi. Arablar odatda strateglar, o'zbek va pushtu jangarilar esa rejani amalga oshiruvchilar", - deya izohlaydi Nafis Takar. 

"O'zbek jangarilar boshqalarga qaraganda ancha savodli, dunyoviy bilim olgan yigitlar. Lekin ular Pokistonda madrasalarda ham saboq olgan. Bunga o'zim guvoh bo'lganman. Ular kommunizm, undan keying davr, qolaversa kapitalizm bilan ozgina bo'lsa-da tanish. Juda mutaassib, radikal qarashga ega. Qur'onni shunday qabul qiladi.  Vaziristondagi o'zbek imomlarini hatto Tolibon tarafdorlari ham ekstremist deb ta'riflaydi". 

[insert caption here]
Qurol-aslaha va moliya jangarilarga asosan qoradori savdosidan keladi
Tolibon, al-Qoida va boshqa ekstremist guruhlar faoliyatini o'rgangan amerikalik harbiy tahlilchi Bill Loggio (The Long War Journal) fikricha bu harakatlar uzoqni ko'zlab ish tutmay qo'ygan. 

"Jangarilar hozir moliya oqimi barqaror emasligini biladi. Jon saqlash eng muhim masala. Shu bois Baytulloh Mas'ud o'zbek jangarilari bilan ular xohlaganidek halifalik tuzish yoki Markaziy Osiyoda ular tili bilan aytganda "g'ayridin rahbarlar"ga qarshi kurashish uchun qurol ko'tarayotgani yo'q. Baytulloh Mas'ud mahalliy kurash olib bormoqda, xalqaro emas",- deydi Bill Loggio. 

Tolibonning hozirgi qo'mondonlarini o'ta savodsiz deb biladigan pushtu ziyolilari ham bu fikrga qo'shiladi. 

Pokiston armiyasi asosiy diqqatini Tolibon yetakchilaridan biri, Vaziriston janubida harakat qilayotgan Baytulloh Mas'ud va uning jangarilariga qaratmoqda. O'zbekiston Islomiy Harakati a'zolari uning qo'li ostida kurashayotgani ma'lum. 

[insert caption here]
Vaziriston, Pokistonning qabilaviy tuzum hukrmron mintaqalaridan biri
Bill Loggioning so'zlariga qaraganda, Mas'ud bilan chiqisha olmayotgan Mulla Nazir va Hofiz Gul Bahodir singari Tolibon qo'mondonlari Hilmand, Qandahor, Zabul, G'azni, Uruzgon, Xost, Paktika va Paktiya kabi viloyatlarda katta kuchga ega va ular o'zbeklarni safidan chiqarib yuborgan. 

Tohir Yo'ldosh, deydi tahlilchilar, yaqingacha Baytulloh Mas'ud bilan ham kelisha olmayotgan edi. Hozir mintaqada vaziyat tang va jangarilar orasida birdamlik ko'zga tashlanmoqda.

Shu yilning fevral oyida Mulla Nazir va Hofiz Gul Bahodir Baytulloh Mas'ud bilan ittifoq tuzib, Pokiston, Afg'oniston, AQSh va Hindistonga qarshi birgalikda urush olib borishga kelishib olgan. 

Biroq, deydi Bill Loggio AQSh harbiy razvedkasi ma'lumotlariga tayangan holda, Mulla Nazir va Hofiz Gul Bahodir hukumat nazarida "kelishsa bo'ladigan tomonlar".  

Yana bir jangari to'da bu Haqqoniylar, deya tushuntiradi Loggio, ularni mujohiddin Jaloliddin Haqqoniy va uning o'gli Siroj boshqaradi. 

Vaziriston shimolida asoslangan Haqqoniylar Afg'onistonda qonli xurujlarda ayblanadi. Rasmiy Kobulning gumon qilishicha bu guruh ortida Pokiston maxfiy xizmati turibdi. 

Pokiston bosh harbiysi, general Ashfaq Kiyani 2008 yilda Jaloliddin Haqqoniyni strategik hamkor deb atagan. 

Tohir Yo'ldoshev, O'zbekiston Islomiy Harakati yetakchisi
Tohir Yo'ldoshev va unga sodiq jangarilar hozir Vaziriston janubida Tolibon safida ekani aytiladi
"Pokiston o'z hududini terrorizm o'choqlaridan tozalamoqchi bo'lsa",- deydi Bill Loggio, "barcha guruhlarga qarshi birdek urush e'lon qilishi kerak. Aks holda Afg'on-Pokiston chegarasi ekstremizm makoni bo'lib qolaveradi. Bu tarqoq to'dalar, shu jumladan o'zbek jangarilari ham Al-Qoida uchun tayanch".   

Rasmiy ma'lumotlarda keltirilishicha, Tolibon va al-Qoida hamda ular bilan aloqador barcha guruhlar moliyani qoradori savdosidan oladi. 

Narkotik moddalar jahon bozoriga Markaziy Osiyo, Eron va Pokiston orqali chiqadi. Jangarilarga qurol-aslaha ham shu yo'l bilan olib kelinadi.

Afg'oniston, Pokiston, AQSh va Markaziy Osiyo hukumatlari orasida qaysidir darajada axborot almashish ham yo'lga qo'yilgan, deydi ekspertlar, ammo ular ommaga oshkor etilmayapti. 

"Ogohlik – jamoatchilik xavfsizligi uchun eng muhim zaruriyat",- deydi jurnalist Nafis Takar. 

"Moliyaning katta qismi Fors ko'rfazidagi boy odamlardan ham keladi. Islomiy tashkilotlar xayriya va zakot deb yiqqan pul terroristlar cho'ntagiga tushayotganini bilamiz.  Oddiy, mo'min musulmonlar, albatta, pulim qayerga ketmoqda deb so'rashdan uyaladi".   



Download Lavhani tinglang
Download  (MP3)
Listen to This Report Lavhani tinglang
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Tolibon va al-Qoida safida yuzlab o'zbeklar borligi aytilmoqda
Ahmad Rashid: AQSh Markaziy Osiyoda xalq dardiga quloq tutsin
O'zbekistonlik jangarilar xalqaro sahnada katta jumboq
Markaziy Osiyo jangarilari yana jahon diqqatida
Robiya Qodir: Xitoy uyg'urlarni qo'rqitishga urinmoqda
Vaziristonda pashtun va o'zbeklar o'rtasida qonli mojarolar
Ahmad Rashid: Pokiston shimolida jangari o'zbeklar ko'paymoqda
Karzay va Zardariy Barak Obamaning strategiyasiga tayyor
Qo'shimcha askarlar bilan Afg'onistonni xavfsizroq qilish mumkinmi?
Vashington: Afg'oniston faqat Amerikaning muammosi emas
Afg'oniston bugun kamroq qoradori yetishtirmoqda
Xillari Klinton: AQSh endi "terrorga qarshi urush" demaydi
Obama Afg'oniston bo'yicha strategiyani e'lon qildi
Qirg'izistondagi baza har ikki tomon uchun muhim
AQSh Qirg'izistondagi baza bo'yicha Rossiya bilan gaplashyapti
AQSh "Manas" o'rniga muqobil variant qidirmoqda
Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasiga a'zo davlatlar qo'shin tuzmoqda
Petreyus: Qirg'izistondagi baza yopilmaydi
Jangarilar emlash davrida zo'ravonliklarni to'xtatishga rozi
AQSh generali O'zbekistonda muzokaralar olib borgan
AQSh: O'zbekistondan baza so'raganimiz yo'q
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi
AQSh: Afg'oniston Markaziy Osiyo yordamiga muhtoj
Guantanamodagi uyg'urlar yaqin kunlarda ozod etilishi mumkin
Mo'tabar Tojiboyeva kelajakdan umidvor, faol bilan TV suhbat
Inqiroz Markaziy Osiyoni chetlab o'tayotgani yo'q
Vatanda jinoyatchi, xorijda yurtining "sodiq o'g'loni"
Axborot asrida sifatli axborot topish amri mahol
Amerika Markaziy Osiyo bilan ochiq muloqot yuritishga tayyor
Qirg'izistonda omma Manas emas, tirikchilik haqida o'ylamoqda
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
Islomiy bank: tavakkal qilish moliyaviy inqirozga yetaklaydi
Markaziy Osiyo birlashishidan kim nima foyda ko'radi?
"O'zbekiston ipak parda ortida yashaydi"
Ikrom Yoqubov: sobiq agent yoki vatan xoini?
Inson savdosi bugun uyushgan jinoyatchilik tizimi
Korrupsiya qoradoriga qarshi kurash yo'lida asosiy to'siq
Jurnalist ba'zida ko'r, kar va soqov bo'lishga majburmi?
Afg'oniston: O'zbekiston bilan aloqalarni AQSh belgilamaydi
Afg'oniston O'zbekistonni G'arbga yaqinlashtirishi mumkin
Korrupsiya taraqqiyot kushandasi ekan, yechim xalq qo'lida
O'zbekiston paxtasi ustidan xalqaro bahslar davom etmoqda
"Demokratik imkoniyat boy berildi"
AQSh Markaziy Osiyoga yordam bermoqchi, aql o'rgatmoqchi emas
Amerika kimni qancha moliya bilan ta'minlamoqda?
AQSh: O'zbekistonda siyosat o'zgarishi kerak
Musulmon adib dindoshlarini uyg'onishga chaqirmoqda
Alisher Soipovni uning hamkasblari xotirlaydi
O'zbekistonda saylov va saylovchi bir-biridan juda yiroq
Markaziy Osiyo ayoli uchun siyosat darvozalari hali ham yopiq
O'zgarishni O'zbekistonda xalqning o'zi istashi lozim
Markaziy Osiyoda savdo va chegara hali ham muammo
AQSh: Markaziy Osiyo Rossiyaga tobe bo'lib qolmasligi lozim
Ijtihodchi, islohotchi musulmonlar ko'paymoqda
O'zbekistonda fuqaro jamiyatiga umid bormi?
Nohukumat tashkilotlar tanqidga qaramay xalqaro siyosiy o'yinchilar
Nohukumat tashkiloti haqiqatdan no-hukumat tashkilotimi?
Qonun ustuvor bo'lmasa, iqtisodiy barqarorlik uzoqqa cho'zilmaydi
Yevroparlament a'zosi: O'zbekistonga qarshi sanksiya kuchaytirilsin
AQShga biznes maqsadida kelish mumkin, agar hamyon ko'tarsa
AQSh O'zbekistonga strategik hamkorlik shartlarini eslatmoqda
O'zbekiston ayollari - an'ana va tarix iskanjasidagi hayot
Markaziy Osiyoni tashqi kuchlar o'zgartira olmaydi
Uyg'urlar adolat talab qilmoqda, Xitoydan va jahon hamjamiyatidan
AQSh Kongressida endi musulmon a'zo bor
Markaziy Osiyo iqtisodini Rossiya va Qozog'iston tebratmoqda
 
  Bosh mavzu
Fort Xuddagi fojea: Obama shoshib xulosa qilmaslikka chaqirmoqda

  Boshqa xabarlar
AQShdagi harbiy bazada musulmon ofitser 13 zobitni o'ldirgan
Dilmurod Sayidning oilasi avtohalokatda o'lgan
Yevropa O'zbekiston energiya zaxiralariga yo'l topdi
Berlin devori qulashiga olib kelgan siyosiy-iqtisodiy omillar
Paxta plani bajarildi, lekin katta sinflar hali ham dalada
O'zbekiston mintaqaviy energetik tizimni tark etmoqchi
AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati - o'zbekistonlik ekspert fikri
AQSh O'zbekiston bilan oshkora, kelishib ishlamoqchi  Audio Clip Available
Tarixga nazar: Berlin devori qulaganiga 20 yil to'ldi
BMT xodimlarini Afg'onistondan evakuatsiya qilmoqda
Eron notinch - muxolifat va hukumat tarafdorlari namoyish qilmoqda
Amerika iqtisodiyoti ancha jonlangan, ammo hamon krizisda
O'zbeklar Hamid Karzaydan dadil va adolatli qarorlar kutmoqda
G'arb, deydi ekspertlar, Markaziy Osiyoga e'tiborini oshirishi kerak
O'zbekistonda ayrim advokatlar islohotlardan norozi
Saylovda Hamid Karzay g'olib deb e'lon qilindi
Pokistonda Tolibon rahbarini tutganga mukofot beriladi
Yevropa Ittifoqi Toshkentni jazolash siyosatidan chekinmoqda
Pokiston armiyasi Janubiy Vaziriston ichkarisiga kirib bormoqda
BMT Afg'onistondagi xodimlari xavfsizligi haqida o'ylanib qolgan
Qirg'izistonliklar: ko'proq yosh kadrlar, ayollar boshqaruvga kelsin
Robiya Qodir uyg'urlar taqdiri haqida Yaponiyada so'zlamoqda
Afg'on afyuni - jinoyatchi va jangarilar moliya manbai
Xotin-qizlar xo'rlanmasligi uchun chora ko'rish AQSh zimmasida