VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Pop musiqa qiroli Maykl Jekson abadiyatga yo'l oldi

26/06/2009

[insert caption here]
Maykl Jekson shuhrat cho'qqisida

"Thriller" klipini tomosha qiling real-video

Pop yulduzi, jo’shqin qo’shiqlari va musiqasi bilan dunyoga tanilgan Maykl Jekson 50 yoshida Los Anjelesda kutilmaganda olamdan o’tdi. real-video

Maykl Jekson 25 iyun kuni yurak xurujidan jon bergan.

Muxlislar jahon bo’ylab motamda. U qoldirgan madaniy va ijtimoiy meros muhokamada. 

Amerikaliklar Jeksonni ko’zda yosh, muhabbat va o’kinch bilan eslamoqda.



Maykl Jeksonning hayotini ba’zilar mashhurlik va yolg’izlik kabi iboralar bilan ta’riflaydi. 

Milliardlab muxlis va ulkan mol-dunyo orttirgan xonanda o’z shon-shuhrati asiri edi.

AQShning Indiana shtatida dunyoga kelgan Maykl to’qqiz farzanddan biri edi. U to'rt inisi bilan ansambl tuzib, besh yoshida katta sahnaga chiqadi.

Guruh 1964-1981 yillar oralig’ida 100 milliondan ziyod to’plam sotishga muvaffaq bo’ladi. 

Mayklning o’zi o’sha yillar haqida shunday der edi:

“Menga o’xshab voyaga yetsangiz, besh yoshdan boshlab millionlab muxlislar ko’z o’ngida ulg’aysangiz, hayotingiz tubdan o’zgarar ekan. Bolaligim bo’lmadi, hisob. Avval boshdanoq og’ir mehnat, tinimsiz kurash, moddiy va professional muvaffaqiyat haqida o’ylashga majbur edim. Bu shon-shuhrat menga qimmatga tushdi”.

[insert caption here]
Aka-uka Jeksonlar
Maykl 1972 yilda yakkaxon xonanda sifatida “Got To Be There” to’plamini taqdim etadi. 

U kompozitor, qo’shiqchi, raqqos, xoreograf va prodyuser sifatida nom qozona boshlaydi.

1982 yilda chiqqan “Thriller” musiqiy to’plami insoniyat tarixida misli ko’rilmagan muvaffaqiyat qozonib (45 million nushada sotilgan), Jeksonni xalqaro yulduzga aylantiradi.

1983 yilda "Motown Records" kompaniyasining 25 yilligi nishonalanayotgan paytda Maykl Jekson mashhur raqsini ilk bor ijro etib, ommani lol qoldiradi.

1985 yilda xonanda Afrikada ochlikka qarshi kurash kampaniyasini tashkil qilishda yordam berib,  “We Are The World” qo’shig’ini bastalaydi.

Maykl Jekson boshqalardan uzoqda, o’z dunyosida yashashni ma’qul ko’rar edi. Kaliforniyadagi “Neverland” dala hovlisida san’atkor bolalar dunyosini yaratadi; uning eshiklari bolalar, yordamga muhtoj go’daklar uchun hamisha ochiq edi. Maykl Jekson shu tariqa o’z bolaligini qaytarishga harakat qilgan.

[insert caption here]
Pop musiqa qiroli Maykl Jekson
“Bolalardan o’rnak olsak bo’ladi. Ulardagi beg’uborlik, ishonch va hayrat dunyoni jamiki illatlardan xalos etadi. Bunga ishonaman”, - der edi Maykl Jekson.

1996 yilda jahon bo’ylab qilgan ijodiy safari uning oxirgi muvaffaqiyati edi. 82 kun davom etgan konsert safarini besh milliondan ziyod odam tomosha qilgan.

Xonanda ikki bor uylangan va undan uch farzand qoldi. 

Maykl Jekson 30 yildan oshiq davr mobaynida yer yuzining eng mashhur artisti sifatida sahnadan tushmadi. 

Oxirgi yillarda ijodi ancha to’xtab qolgan bo’lsa-da, uning musiqiy, xoreografik va shaxsiy stili nafaqat estrada va Gollivud balki butun jahon madaniyatining ajralmas qismiga aylandi.


Download "Thriller" qo'shig'ini tinglang
Download  (MP3)
Listen to This Report "Thriller" qo'shig'ini tinglang
Tinglang (MP3)
Download "Black Or White" qo'shig'ini tinglang
Download  (MP3)
Listen to This Report "Black Or White" qo'shig'ini tinglang
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
Urumchida to'qqiz uyg'ur davlatga qarshi jinoyatlarda ayblanib qatl etilgan

  Boshqa xabarlar
Eron Rossiyadan qurol talab qilmoqda
Sovet kommunizmini jar yoqasiga yetaklagan omillar
Muxolifatchi Sanjar Umarov qamoqdan ozod etilgan
Berlinda yirik tarixiy sana nishonlanmoqda
Tojikiston ahli Rossiya va AQShdan birdek madad kutmoqda
O'zbekiston terim mavsumi tugamoqda, daromad qilgan fermer sanoqli
Vakillar Palatasi sog'liqni saqlash islohoti uchun ovoz berdi
Fort Xuddagi fojia ketidan Amerika musulmonlari xavotirda
Kommunizmga xotima yasagan voqealarni eslab...
Maykl Jeksonning armon bo'lib qolgan konserti
Qirg'izistonda davlati tilini yaxshi biladigan jurnalistlar yetishmaydi
Fort Xuddagi fojea: Obama shoshib xulosa qilmaslikka chaqirmoqda
AQShdagi harbiy bazada musulmon ofitser 13 zobitni o'ldirgan
Dilmurod Sayidning oilasi avtohalokatda o'lgan
Yevropa O'zbekiston energiya zaxiralariga yo'l topdi
Berlin devori qulashiga olib kelgan siyosiy-iqtisodiy omillar
Paxta plani bajarildi, lekin katta sinflar hali ham dalada
O'zbekiston mintaqaviy energetik tizimni tark etmoqchi
AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati - o'zbekistonlik ekspert fikri  Audio Clip Available
AQSh O'zbekiston bilan oshkora, kelishib ishlamoqchi  Audio Clip Available
Tarixga nazar: Berlin devori qulaganiga 20 yil to'ldi
Amerika iqtisodiyoti ancha jonlangan, ammo hamon krizisda
O'zbeklar Hamid Karzaydan dadil va adolatli qarorlar kutmoqda
G'arb, deydi ekspertlar, Markaziy Osiyoga e'tiborini oshirishi kerak
O'zbekistonda ayrim advokatlar islohotlardan norozi