VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Karimov jurnalistlarni ichki senzuradan qutulishga chaqirmoqda


28/06/2009

Islom Karimov
Islom Karimov
Prezident fikricha senzurada jurnalistlar aybdor

O’zbekiston prezidentining aytishicha, matbuotdagi norasmiy senzura ortida jurnalistlarning o'zi turibdi. Islom Karimovning 27 iyun, matbuot kuni yo`llagan tabrigidan shunday xulosa qilish mumkin.

Tanqidiy maqolalari bilan jamoatchilikka tanilgan jurnalistlar qamoqda yoki quvg`inda yurgan bir paytda prezidentning bu so’zlariga munosabat turlicha. .

Ziyolilar nazarida o’zbek jurnalistikasi 1990-yillar boshida nisbatan mustaqil bo’lgan, ammo bugun matbuot organlari to'liq nazorat ostida.

Jamoatchilik bu soha xatarli va kelajagi yo’q deb hisoblaydi. Jurnalist bo’laman degan yoshlar esa ko’p o’tmay xafsalasi pir bo’lib, boshqa kasbga o’tib ketadi.  

Karimov esa jurnalistlarni o'z-o'zini cheklash odatidan voz kechishga chaqirmoqda. Eski qoliplardan, erkin gapirishga halaqit beruvchi qarashlardan qutilishni maslahat bermoqda.

“Jurnalistlarga yo`llangan tabrikda har yili shunga yaqin gaplar aytiladi. Avvalo o`z-o`zini nazorat qilish degan narsa juda kulgili ekanligini aytish kerak. O`zbekistonda jurnalistlar o`zini nazorat qilmaydi, jurnalistlarni nazorat qilishadi, matbuotni ham, yozilgan maqolani ham. Tasavvur qiling, mustaqillikning ilk yillaridan boshlab hukumat jurnalistlarga nimani yozish kerakligini o`rgatib kelayotgan bo`lsa, u albatta qolipga tushadi. Agarda birorta jurnalist prezident gaplariga amal qilib, bu qolipni buzishga jur’at etsa, uning darhol “kovushini to'g'rilashadi”, - deydi mustaqil jurnalist Rahmon Berdiyev.

Gap sonda emas, sifat va mohiyatda

Rasmiy idoralar erkinlik haqida gap ketganda, asosan ommaviy axborot vositalari soni ko`payayotganini ta`kidlash bilan cheklanadi. Prezidentning jurnalistlarga yo`llagan  tabrigi ham shunday. Unda ta`kidlanishicha, 15 yil avval mamlakatda 450 ta ommaviy axborot vositasi bo`lgan, hozirga kelib esa 1110 tani tashkil etmoqda. O’zbekiston prezidenti ta`kidlaganidek, mamlakatda  ommaviy axborot vositalari soni shiddat bilan ko`paymoqda. 

“2005 yilgacha nisbatan erkin edik. “Amerika ovozi”, “Ozodlik”, BBC bu yerda rasman ishlayotgan edi, odamlar  kelib dardini aytib turardi. Bu esa hukumatga bo`lgan keskin radikal kayfiyatni oz bo`lsada so`ndirishga xizmat qilayotgan edi. Hukumat haqiqatni ochiq aytsa, janjal bo`ladi deb o`ylaydi. Aksincha, haqiqat aytilmasa, janjal chiqadi. 15 yil avval esa vaziyat mutlaqo boshqacha edi. Gazetalar chiqib turgandi.  Masalan, “Advokat press” gazetasi hukumatni ochiq tanqid qilmasa ham sud-huquq tizimidagi barcha kirdikorlarni ochiq-oydin yoritayotgan edi”, -deydi mustaqil jurnalist Nosir Zokir.

Jurnalist Mamarasul Yoqubovning aytishicha esa hukumat ko'rsatadigan son va ko`rsatkichlar o'quvchilar saviyasini tushirish uchun xizmat qilmoqda. 

“Hukumatga  o`z mafkurasini targ`ib qilishi uchun 3-4 jiddiy gazetalar kerak. Lekin hammasi sariq matbuotga aylanib ketdi. Bugun shakllangan sariq matbuot ma`naviyat jallodiga aylangan. Yolg`on, fahsh bilan sug`orilgan maqolalar, hikoyalar. Bu gazetalar hech qachon jamiyatdagi muammolarga aralashmaydi”, - deydi jurnalist.

O'zbek matbuotida senzura rasman bekor qilinganiga bir necha yil bo'ldi, lekin bu qaror ketidan norasmiy cheklovlar yanada avj oldi. Matbuot ustidan nazorat muassis va bosh muharrirga yuklandi.

“Bugungi vaziyatdan kelib chiqib baholaydigan bo`lsak, 2000 yildagi vaziyat bir qadar yaxshi ko`rinadi. “Mohiyat”, “Hurriyat” gazetalarida qator maqolalar chop qilinayotgan edi. Hozir bu narsalarni orzu qilish ham qiyin. Bugun prezident devonida sinovdan o`tgan shaxslar bosh muharrir o`rnini egallaydi. Ular biladi nima qilishni. Shunday ekan qanday rivojlanishni kutish mumkin”? - deydi  Mamarasul Yoqubov.

Prezident "so'z erkinligini kafolatlayman" deb va'da berishi kerak 

So'nggi 4-5 yil ichida, deydi jurnalist Rahmon Berdiyev, matbutoda tanqidiy maqolalar deyarli chop etilmagan.

“Matbuot rivojlanishini istasa, prezident televideniyeda so'z erkinligi uchun kafolat beraman deb aytsin.  Shuna maqolalar chiqadi-ki... Gazetalarda yaxshi jurnalistlar juda ko`p”, - deydi u.

Tandiqiy materiallari bilan tanilgan jurnalist Dilmurod Sayid ustidan ayni paytda sud ishi davom etmoqda. U shu yilning fevral oyida ta'magirlikda ayblanib hibsga olingan edi. 

Rahmon Berdiyevning aytishicha, Dilmurod Sayid aynan Internetdagi maqolalari uchun jazolanayapti. 

O`zbekiston prezidenti o'z tabrigida mamlakatda internet jurnalistika rivojlanayotganini ham alohida qayd etadi.  

Rahbariyat inkor etsa-da, matbuot uning panjasi ostida 

Hukumat so`z erkinligi bo’g’ilayotgani, jurnalistlarga nisbatan ta`qiblar mavjudligini inkor etib keladi.

Yaqin bir-ikki yil ichida mamlakatda bir necha ommaviy gazeta, jurnallar faoliyati to`xtatildi, tahriryat xodimlariga nisbatan ta`qiblar kuchaydi. 

Shoir Yusuf Juma, mustaqil jurnalist Solijon Abdurahmonov va Dilmurod Sayidlarning hibsga olinishi ularning jurnalistik faoliyati bilan bog`liq ko`riladi.

Huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov nazarida hibsga olingan jurnalistlar hisobi bo`yicha O`zbekiston allaqachon mintaqaning birinchi mamlakatiga aylangan.

“So`z erkinligiga qarshi kurashgan diktatorlar qismati nima bilan tugashi aniq, bizda ham shunday bo`ladi”, - deydi Tashanov.

Mustaqil jurnalistlar fikricha, matbuot ustidan to`liq nazorat o`rnatilgan bir paytda jurnalistlarni ichki senzurada ayblash haqiqiy vaziyatdan e`tiborni chalg`itish uchun qilingan o`yinga o`xshaydi.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Axborot asrida sifatli axborot topish amri mahol
O'zbekistonda inson huquqlari hamon salbiy ahvolda
Erkinlik O'zbekiston kabi jamiyatlarda hamon juda nodir ne'mat
Jurnalistlar: O'zbekistonda taxallus ostida yozish ham xatarli
O'zbekistonda adolat talab qilganlarning ko'pi - ayollar
Faollar: Huquqiy ahvolni tuzatish jamoatchilik qo'lida
O'zbekistonda Internet axborot vositalari ta'qibga uchramoqda
Huquq faoli Dilmurod Sayid qamoqqa olingan
O'zbekiston saylov qonunlariga o'zgartirish kiritilgan
O'zbekistonda matbuot kishanlanganicha qolmoqda
O'zbekistonda huquq faoli A'zam Turg'unov 10 yilga qamalgan
O'zbekistonda matbuot hamon erkin emas, deydi kuzatuvchilar
Faollar: O'zbekiston - siyosiy mahbuslar makoni
Huquq faollari Yevropa Ittifoqining so'nggi qaroridan norozi
Yevropa Ittifoqining O'zbekistonga sanksiyalari qisman amalda qoladi
Jurnalist Solijon Abdurahmonov 10 yilga qamaldi
So'z erkinligiga doir xalqaro anjumanga jurnalistlar kiritilmagan
"O'zbekiston ipak parda ortida yashaydi"
Human Rights Watch qamoqdagi faollar taqdiridan xavotirda
Birgina felyetonni deb jurnalist 5 yilgacha qamalishi mumkin
Jurnalist Solijon Abdurahmonovning sud kuni belgilandi
Huquq faoli va jurnalist ustidan tergov ishlari davom etmoqda
Amerika Ovozi qurbon bo'lgan jurnalistlarni xotirlaydi
Huquq faollari hamon tazyiqlardan shikoyat qilmoqda
O’zbekistonda jurnalistlarga qarshi kampaniya davom etmoqda
 
  Bosh mavzu
Urumchida to'qqiz uyg'ur davlatga qarshi jinoyatlarda ayblanib qatl etilgan

  Boshqa xabarlar
Eron Rossiyadan qurol talab qilmoqda
Sovet kommunizmini jar yoqasiga yetaklagan omillar
Muxolifatchi Sanjar Umarov qamoqdan ozod etilgan
Berlinda yirik tarixiy sana nishonlanmoqda
Tojikiston ahli Rossiya va AQShdan birdek madad kutmoqda
O'zbekiston terim mavsumi tugamoqda, daromad qilgan fermer sanoqli
Vakillar Palatasi sog'liqni saqlash islohoti uchun ovoz berdi
Fort Xuddagi fojia ketidan Amerika musulmonlari xavotirda
Kommunizmga xotima yasagan voqealarni eslab...
Maykl Jeksonning armon bo'lib qolgan konserti
Qirg'izistonda davlati tilini yaxshi biladigan jurnalistlar yetishmaydi
Fort Xuddagi fojea: Obama shoshib xulosa qilmaslikka chaqirmoqda
AQShdagi harbiy bazada musulmon ofitser 13 zobitni o'ldirgan
Dilmurod Sayidning oilasi avtohalokatda o'lgan
Yevropa O'zbekiston energiya zaxiralariga yo'l topdi
Berlin devori qulashiga olib kelgan siyosiy-iqtisodiy omillar
Paxta plani bajarildi, lekin katta sinflar hali ham dalada
O'zbekiston mintaqaviy energetik tizimni tark etmoqchi
AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati - o'zbekistonlik ekspert fikri  Audio Clip Available
AQSh O'zbekiston bilan oshkora, kelishib ishlamoqchi  Audio Clip Available
Tarixga nazar: Berlin devori qulaganiga 20 yil to'ldi
Amerika iqtisodiyoti ancha jonlangan, ammo hamon krizisda
O'zbeklar Hamid Karzaydan dadil va adolatli qarorlar kutmoqda
G'arb, deydi ekspertlar, Markaziy Osiyoga e'tiborini oshirishi kerak
O'zbekistonda ayrim advokatlar islohotlardan norozi