VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
O'zbekiston nega iqtisodiy integratsiyadan chetda qolmoqda?


29/06/2009

2010 yildan boshlab Belarus, Rossiya va Qozog’iston o’rtasida bojxona ittifoqi ishga tushishi kutilmoqda. Hamkorlik shartlari hali oydin emas. Ammo mutaxassislar bu a’lo tashabbus demoqda. Yangi blok Rossiya  qaramog’ida bo’ladi. 

O’zbekistonda bu ittifoqqa nisbatan fikrlar qanday?

Ekspertlar nazarida Belarus, Rossiya va Qozog’iston shu paytgacha sobiq ittifoq hududida tuzilgan eng mukammal hamkorlik doirasi bilan chiqmoqda.

“Bu ittifoq a`zo davlatlarga ancha qulayliklar beradi. Tovar harakatlanishi va xizmat ko`rsatish bo`yicha chegaralar yo`qoladi”, - deydi tahlilchi Rashid Taymurov.

Bojxona ittifoqiga kiruvchi davlatlar Jahon Savdo Tashkilotiga kirish uchun birgalikda muzokara olib borishga ham kelishishgan. Lekin bu tashkilotga guruh sifatida emas, alohida mamlakat sifatida a’zo bo’linadi xolos.

Bojxona Ittifoqiga kelajakda mintaqaning boshqa davlatlari ham qo`shilishi mumkin.  Qirg`iziston va Tojikiston bunga hozir ekanini bildirgan.

Sharhlovchi Fayzulla Isxoqov fikricha O`zbekistondan ham ildamroq harakat qilishi,  yakkalanmay, mana shunday foydali guruhlarga kirishi kerak.

“Ozbekistonni kemirib yotgan narsa bu korruptsiya. Shuning uchun ham erkin bojxona hududiga kirmoqchi emas. Chegarada qancha qiyinchilik bo`lsa, o`sha tepada o`tirgan guruhlarning cho`ntagi shuncha pulga to`lib boradi. Hozirgi vaziyat aynan shu doiralar manfaati uchun xizmat qilayapti. Qani erkin bo`lsa… Odamlar qishloq xo`jaligi mahsulotini yetishtirayapti. Shularni olib chiqib Qozog`istonga, Qirg’izistonga sotsa, pulini esa ro`zg`origa ishlatsa”,  - deydi Isxoqov.

Rashid Taymurov esa O`zbekistonning hozirgi iqtisodiy siyosati jahon bozori talablariga javob bermaydi.

“Bu ittifoq O`zbekistonga ancha imkoniyatlar berishi mumkin edi, lekin bu davlat iqtisodi proteksionizmga asoslangan. Bojxonadagi to`siqlardan tortib, to`lovlar va  soliqlar haddan ortiq yuqori.  Hukumat bularning hammasidan voz kechib, iqtisodiy siyosatni qayta ko`rib chiqadi deb ishonish qiyin”,  - deydi u.

Shunday ekan, deydi mutaxassis, O`zbekiston hali-beri Jahon Savdo Tashkilotiga ham kira olmaydi.

Ayrim tahlilchilar ta’biricha Rossiyaning bojxona ittifoqi tuzish haqida bir to`xtamga kelishi siyosiy maqsadlardan xoli emas. Rossiya, deydi ular, turli bloklar yaratib,  bu tashkilotlar orqali siyosiy nufuzi va ta’sir maydonini kengaytirish, mustahkamlash bilan ovora.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
O'zbekistonda iqtisodiy inqiroz asoratlarini yashirib bo'lmaydi
Amerikaning O'zbekistondagi sobiq elchisi Genri Klark bilan suhbat
Xitoy Markaziy Osiyo uchun 10 milliard dollar ajratmoqda
Markaziy Osiyo davlatlari kelajakni birga quradimi yoki alohida?
Medvedev: Rossiya iqtisodiyoti og'ir ahvolda
AQSh: Global muammolarga global yechim kerak
AQSh: Xitoyning bu yerdagi moliyaviy manfaatlari joyida
Yevropa va Rossiya: Markaziy Osiyodagi ziddiyatlar
Pan Gi Mun: Xalqaro maydonda o'zboshimchalikka o'rin yo'q
AQSh: Qozog'iston ishonchni oqlamayapti
"General Motors" O'zbekistondagi biznesidan mamnun
Senator Makkeyn: Karimovga ishonib, huquq chetda qolmasin
Amerika va Markaziy Osiyo rahbarlari orasida ishonch past
O'zbek ziyolilari Obama faoliyatini ijobiy baholamoqda
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi
Obamaga ishonch baland, lekin iqtisod qachon tiklanadi?
Ishsizlik: Inqiroz ayniqsa mehnat muhojirlariga og'ir tushmoqda 
Jahon Banki: krizisning Markaziy Osiyoga ta'siri katta
Amerika mintaqa farovonligini ko'zlasin, deydi tahlilchilar
O'zbekistonda biznes muhitini yaxshilash uchun nima zarur?
O'zbekistonda korrupsiyani yengib bo'ladimi?
Obama iqtisod tiklanmoqda deydi
Qishloq farovonligi yilida yangi banklarga ishonch past
O'zbekistonda maosh kartochkada to'lanmoqda; xalq nima deydi?
Obama iqtisodiy inqirozni bartaraf etishda hamkorlikka chaqirmoqda
Yangi xalqaro valyuta joriy etish vaqti yetdimi?
Obama iqtisodiyot tiklanishiga ishonadi
O'zbekistonda tadbirkorlar turli to'siqlardan shikoyat qilmoqda
O'zbekistonda fermerlar o'tkazilayotgan yer islohotidan norozi
Obama: Asosiy maqsad inqirozdan chiqish
Inqiroz kengayarkan, moliyaviy tashkilotlardan najot kutilmoqda
Rossiyada muhojir ishchilar hayoti yanada og'irlashgan
Inqiroz Markaziy Osiyoni chetlab o'tayotgani yo'q
AQSh Markaziy banki raisi: krizis bir yilda tugashi mumkin
Suv muammosiga yana bir nazar
Iqtisodiy inqiroz O'zbekistonda hayotni yanada og'irlashtirgan
O'zbekistonning temir ayollari oldidagi bugungi mashaqqatlar
Afg'oniston barqarorligi - iqtisodiy taraqqiyotda
Iqtisodiy tanazzul dunyo ahli uchun siyosiy-ijtimoiy sinov
 
  Bosh mavzu
Urumchida to'qqiz uyg'ur davlatga qarshi jinoyatlarda ayblanib qatl etilgan

  Boshqa xabarlar
Eron Rossiyadan qurol talab qilmoqda
Sovet kommunizmini jar yoqasiga yetaklagan omillar
Muxolifatchi Sanjar Umarov qamoqdan ozod etilgan
Berlinda yirik tarixiy sana nishonlanmoqda
Tojikiston ahli Rossiya va AQShdan birdek madad kutmoqda
O'zbekiston terim mavsumi tugamoqda, daromad qilgan fermer sanoqli
Vakillar Palatasi sog'liqni saqlash islohoti uchun ovoz berdi
Fort Xuddagi fojia ketidan Amerika musulmonlari xavotirda
Kommunizmga xotima yasagan voqealarni eslab...
Maykl Jeksonning armon bo'lib qolgan konserti
Qirg'izistonda davlati tilini yaxshi biladigan jurnalistlar yetishmaydi
Fort Xuddagi fojea: Obama shoshib xulosa qilmaslikka chaqirmoqda
AQShdagi harbiy bazada musulmon ofitser 13 zobitni o'ldirgan
Dilmurod Sayidning oilasi avtohalokatda o'lgan
Yevropa O'zbekiston energiya zaxiralariga yo'l topdi
Berlin devori qulashiga olib kelgan siyosiy-iqtisodiy omillar
Paxta plani bajarildi, lekin katta sinflar hali ham dalada
O'zbekiston mintaqaviy energetik tizimni tark etmoqchi
AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati - o'zbekistonlik ekspert fikri  Audio Clip Available
AQSh O'zbekiston bilan oshkora, kelishib ishlamoqchi  Audio Clip Available
Tarixga nazar: Berlin devori qulaganiga 20 yil to'ldi
Amerika iqtisodiyoti ancha jonlangan, ammo hamon krizisda
O'zbeklar Hamid Karzaydan dadil va adolatli qarorlar kutmoqda
G'arb, deydi ekspertlar, Markaziy Osiyoga e'tiborini oshirishi kerak
O'zbekistonda ayrim advokatlar islohotlardan norozi