VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
AQSh nazarida Ahmadinajod tashqi siyosatni hal etmaydi

29/06/2009

Eronliklar
Eron rasmiylari nazarida chet el tashkilotlariga ishlayotgan fuqarolar namoyishlar haqida noto'g'ri ma'lumotlar tarqatilmoqda
Eronda Britaniya elchixonasining besh mahalliy xodimi hibsdan ozod etilgan. Ular saylov ketidan boshlangan namoyishlarga aloqadorlikda ayblanib, qamoqqa olingan edi. Yana uch xodim panjara ortida qolmoqda. 

Britaniya va Yevropa Ittifoqi ularni darhol qo’yib yuborishni talab qilmoqda va Eron hukumatini zulmda ayblamoqda. 

Islomiy respublika rasmiylari nazarida G’arbga tegishli idoralarda ishlagan odamlar namoyishlar haqida noto’g’ri ma’lumotlar bermoqda. 

Bu orada esa Inqilobiy Kengash farmoniga binoan 12 iyundagi prezident saylovlarida berilgan ovozlarning 10 foizi qayta sanalmoqda.

Kengash a’zolari bugun Mir Husayn Musaviy, Ahmadinajod bilan bellashgan muxolifatchi bilan uchrashgan. Musaviy barcha ovozlar qayta sanalishi yoki saylov natijasi umuman bekor qilinishi kerak deydi. Kengash bunga ko’nmagan va bugungi muzokara samarasiz tugagan.

AQSh vaziyatni yaqindan kuzatmoqda, ammo e’tiborni saylov natijasi emas, Eron atom dasturiga qaratadi. 

“Vashington bu masalaga yechim topishda xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilishni xohlaydi”, - deydi Amerikaning BMTdagi elchisi Syuzan Rays.

President Obama's top advisor, David Axelrod, 28 Jun 2009
Deyvid Akselrod, prezident Obamaning yaqin maslahatchisi
Obama ma’muriyati ko’p-davlatli guruh tuzib, Eronni uranni boyitishni to’xtatishga ko’ndirish niyatida.  Biroq, deydi Obamaning o’ng qo’li, yaqin maslahatchisi Deyvid Akselrod, Vashington Eron tashqi siyosatiga kelganda prezident Mahmud Ahmadinajodga jiddiy qaramaydi.

“Ahmadinajod Eronning tashqi aloqalari va mudofaa siyosatini hal qiladigan odam emas. U asosan mahalliy siyosat bilan mashg’ul”,- deydi Oq Uy rasmiysi.

Amerika, deydi Deyvid Akselrod, Eron ichki ishlariga aralashmaydi. 

“Eron  hukumati o’z muammolarida AQShni ayblashni bas qilishi kerak”,- deydi u.

“Eronda tuzum hamisha har qanday masalada aybni AQShga ag’darib keladi. Ahmadinajod bizni yomonlamay, o’z xalqiga quloq tutsin. Muammo bizda emas, o’z xalqi undan norozi ekanida”,- deydi Obamaning maslahatchisi.

Eron tug’diradigan xavfni bartaraf etish uchun mo’ljallangan va Markaziy Yevropada o’rnatilishi rejalangan mudofaa tizimi borasida, AQSh bosh harbiysi, admiral  Mayk Myullen so’zi bilan aytganda, “hali biror aniq qarorga kelinmagan”. 

 “Tahdid aniq, Eron strategik qurollarini ko’paytirmoqda. Bu Yevropa tinchligi, Amerika tinchligi va butun dunyo xavfsizligiga raxna soladi. Biz hammaning ko’ngliga o’tiradigan mudofaa rejasi bilan chiqmoqchimiz va maslahatlashayapmiz”,- deydi admiral Mayk Myullen.
   


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available