VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Isroil mintaqa rahbarlari bilan yaqinroq muloqot qilishga urinmoqda


30/06/2009

[insert caption here]
Ilhom Aliyev va Shimon Peres bir-birini yaqin do'st deb ataydi
29 iyun kuni Bokuda Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev bilan muzokara qilgan Isroil prezidenti Shimon Peres Qozog'istonga ham safar qildi. 

Sharhlovchilar Isroil prezidentining mintaqaga safarini so’nggi siyosiy o’zgarishlarga bog’laydi.

“AQShning yangi prezidenti Barak Obama yangicha siyosat yuritayapti. Bu siyosatga ko`ra Isroil Falastin davlatining yuzaga kelishiga qarshilik qilmasligi va Falastin yerlarini bo’shatishi va bu hududlarda qurilishlarni to`xtatishi kerak. Bosh vazir Benyamin Netanyaxu va prezident Shimon Peres bu vaziyatda yangi imkoniyatlar izlamoqda.  Bu yo`llardan asosiysi musulmon mamlakatlari bilan munosabatlarni yaxshilash, bordi-keldini yo`lga qo`yishdir.  Peresni Ozarbayjon ham, Qozog’iston ham juda yaxshi kutib oldi”, - deydi tahlilchi Komron Aliyev.

Ozarbayjon matbuotida yoritilishicha Peres tashrifi ancha qarshilikka uchragan.  Eron norozilik sifatida Ozarbayjondan elchisini chaqirib olgan.  Ozar ziyolilari Isroil siyosatini qoralab, prezidentning Peresni qabul qilganiga e`tiroz bildirgan.

Ilhom Aliyev va Shimon Peres energetik hamkorlik haqida gaplashgan. Isroil Ozarbayjon bilan ko’p sohada birga ishlab keladi va bu Tog’liqorabog’ mojarosi bo’yicha Ozarbayjon pozitsiyasini quvvatlaydi.

Isroil prezidenti Qozog`istonda Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuvda Yaqinsharqdagi  vaziyat bo`yicha fikr almashilgan.

Qozog`iston prezidenti bu mojaroni qurol bilan hal etib bo`lmasligini, bu borada  AQSh prezidenti tomonidan ko`tarilgan tashabbusni qo`llab- quvvatlashini bildirgan.

Qozog`iston prezidenti, shuningdek, Isroilni Yaqinsharqdagi muhim deb atagan.  

“Mintaqada Qozog`iston va O`zbekiston Isroilga ancha yaqin. Lekin Netanyaxu hozir agressiv siyosat yuritayapti. Bundan keyin ham shunday davom etsa, vaziyat yaxshilanmaydi.  Peresning bu paytda mintaqaga  kelgani asosan hukumatlarning kim tomonda ekanini bilish. Mintaqa islomiy emas, dunyoviy ammo aholi asosan musulmonlardan iborat”, - deydi sharhlovchi Fayzulla Isxoqov.  

Mutaxassislar nazarida Isroil Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari bilan ancha mustahkam rishtalarga ega, faqat bu aloqalar kamtarona tusda va ortiqcha namoyish qilinmaydi.

Masalan O’zbekiston, deydi ziyolilar, Isroil bilan qalin do’st va bu davlat bizneslari respublikadan uzoq yillardan beri ish yuritib keladi.

“Toshkent markazida yahudiylarning sinagogi qurilayapti. Yahudiylarning ko’pi mamlakatdan chiqib ketgan, lekin munosabatlar juda iliq”, - deydi  Fayzulla Isxoqov.

O`zbekiston va Isroil o`rtasida qishloq xo`jaligi bo`yicha ham hamkorlik yo`lga qo`yilgan. Bu sohada Isroil tajribasi sinovdan o`tkazilmoqda.

Biroq jamoatchilik orasida Isroilga nisbatan qarshilik kuchli ekani ko’zga tashlanadi.  Odamlar, ayniqsa diniy doiralar Isroilni Falastin yerlarini egallab olgan “bosqinchi”, musulmonlar uchun muqaddas joylarni o’ziniki qilib olgan “sun’iy davlat” sifatida ko’radi.

Mutaxassislar fikricha O’zbekistonning Isroil bilan yaxshi aloqada ekani uning arab davlatlari bilan munosabatlariga salbiy ta’sir qilayotgan bo’lishi mumkin.  

O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroilning G’azo sektoridagi so’nggi urushini bas qilishga undab, tomonlarni  muzokara qilishga chaqiruvchi bayonot tarqatgan edi.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
Urumchida to'qqiz uyg'ur davlatga qarshi jinoyatlarda ayblanib qatl etilgan

  Boshqa xabarlar
Eron Rossiyadan qurol talab qilmoqda
Sovet kommunizmini jar yoqasiga yetaklagan omillar
Muxolifatchi Sanjar Umarov qamoqdan ozod etilgan
Berlinda yirik tarixiy sana nishonlanmoqda
Tojikiston ahli Rossiya va AQShdan birdek madad kutmoqda
O'zbekiston terim mavsumi tugamoqda, daromad qilgan fermer sanoqli
Vakillar Palatasi sog'liqni saqlash islohoti uchun ovoz berdi
Fort Xuddagi fojia ketidan Amerika musulmonlari xavotirda
Kommunizmga xotima yasagan voqealarni eslab...
Maykl Jeksonning armon bo'lib qolgan konserti
Qirg'izistonda davlati tilini yaxshi biladigan jurnalistlar yetishmaydi
Fort Xuddagi fojea: Obama shoshib xulosa qilmaslikka chaqirmoqda
AQShdagi harbiy bazada musulmon ofitser 13 zobitni o'ldirgan
Dilmurod Sayidning oilasi avtohalokatda o'lgan
Yevropa O'zbekiston energiya zaxiralariga yo'l topdi
Berlin devori qulashiga olib kelgan siyosiy-iqtisodiy omillar
Paxta plani bajarildi, lekin katta sinflar hali ham dalada
O'zbekiston mintaqaviy energetik tizimni tark etmoqchi
AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati - o'zbekistonlik ekspert fikri  Audio Clip Available
AQSh O'zbekiston bilan oshkora, kelishib ishlamoqchi  Audio Clip Available
Tarixga nazar: Berlin devori qulaganiga 20 yil to'ldi
Amerika iqtisodiyoti ancha jonlangan, ammo hamon krizisda
O'zbeklar Hamid Karzaydan dadil va adolatli qarorlar kutmoqda
G'arb, deydi ekspertlar, Markaziy Osiyoga e'tiborini oshirishi kerak
O'zbekistonda ayrim advokatlar islohotlardan norozi