VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
AQSh-O'zbekiston aloqalari jonlanar ekan, asosiy e'tibor xavfsizlikda


01/07/2009

[insert caption here]
AQSh Termizdagi baza va Navoiy aeroportidan foydalanmoqda
AQSh-O’zbekiston munosabatlarida biroz siljish ko’zga tashlanmoqda. Bu esa 2002 yilda imzolangan strategik hamkorlik shatnomasi ijrosi uchun qulay imkoniyat. 

Ziyolilar fikricha, asosiy urg’u  xavfsizlik va geosiyosiy manfaatlarga berilmoqda, huquqiy va demokratik muammolar esa orqa planda.

AQShda asoslangan “Freedom House”, “Ozodlik uyi” tashkiloti chiqargan yangi hisobotda O’zbekistonda inson huquqlari va demokratik qadriyatlar bilan bog`liq ahvol o’ta ayanchli deb baholanadi. 

29 iyun kuni AQSh kongressmeni Eni Faleomavaega audio Toshkentda rasmiylar bilan uchrashdi.

AQSh elchixonasi ma’lumotiga ko’ra, qonunchi O’zbekiston bosh vaziri o`rinbosari, tashqi ishlar vaziri bilan muzokara o`tkazgan.

“O'zbekiston prezidenti AQSh elchisini qabul qilganida mintaqaviy xavfsizlik masalasini muhokama qildi. O’ylashimcha, bu uchrashuvda jiddiy mavzular ko’rilgan. Biroz o`tib mana AQSh kongressmeni tashrif bilan keldi. Bu tashrif albatta elchi bilan muhokama qilingan. Hammasi munosabatlar ijobiy tomonga rivojlanayotganidan darak beradi”, - deydi siyosiy sharhlovchi Farxod Tolipov.    

Mahalliy matbuotda AQSh kongressmeni kelgani haqida hech narsa deyilmaydi.

“Ozodlik uyi” hisobotida ta’kidlanishicha, G’arb davlatlarida O’zbekiston bilan strategik sheriklikka ehtiyoj borligi inson huquqlari, demokratik islohotlar bilan bog`liq talablarni ortga surgan. G’arb bu boradagi tanqidlarini ichga yutishga majbur.

Sharhlovchilar nazarida AQSh va O’zbekiston o’rtasida tiklanayotgan aloqalarda Rossiya faktorini ham nazardan qochirmaslik kerak.

“AQSh O`zbekiston hukumatiga ta`sir o`tkazib bo`lmasligini  anglab yetdi.  Bunday holat Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti doirasidagi munosbatlarda ham kuzatilgan. O`zbekistonda inson huquqlari toptalishiga qaramasdan biror munosabat bildirmagan. Boshqa tomondan geosiyosiy manfaatlar bor. AQSh O’zbekistonning Rossiya ta’sir doirasiga kirib borishini xotirjam kuzatib tura olmaydi”, - deydi siyosatshunos Kozim Alimov.

AQSh va O’zbekiston aloqalari xavfsizlik, Afg’oniston masalasida, shuningdek, iqtisodiy hamkorlikda ham yangi bitimlar bilan boyimoqda.

O’zbekiston Afg’onistonga tranzit yo’lagini ochib berdi, NATO yuklarini yetkazishda Navoiy aeroportidan foydalanishga ruxsat berdi va AQSh bilan avtomobil sanoati bo`yicha hamkorlik qilmoqda.

Faollarning aytishicha, ikki o`rtadagi munosabatlarda demokratik islohotlar muhokamadan tushib qolmoqda.

“Demokratiya masalasi bosh maqsad sifatida ko`tarilayotgani yo`q. Yana avvalgidek obro’sizlanish davom etadi, lekin Amerika manfaatlari nuqtai-nazaridan hamkorlik davom etaveradi”, - deydi muxolifatdagi “Erk” partiyasi bosh kotibi Otanazar Oripov.

Farxod Tolipovning aytishicha, munosabatlar keskinlikdan tiklanish tomon bormoqda, o’zaro imzolangan hamkorlik shartlarini bajarish fursati yaqinlashmoqda.

“Amerika xalqaro miqyosda demokratiya va inson huquqlari himoyachisi bo`lib kelgan, bu maqomdan voz kechmaydi. AQSh-O`zbekiston aloqalari sovuqlashgan bo`lsa-da, strategik sheriklik deklaratsiyasi bekor qilinmagan. Hozir munosabatlar tiklanib, yaxshi darajaga ko`tarilayotgan ekan, to`la hamkorlik qilish fursati kelmoqda”, - deydi Tolipov.




E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
AQSh: O'zbekistondan baza so'raganimiz yo'q
Mo'tabar Tojiboyeva kelajakdan umidvor, faol bilan TV suhbat
Amerikaning O'zbekistondagi sobiq elchisi Genri Klark bilan suhbat
AQSh kongressmeni: O'zbekiston va butun mintaqa bilan aloqalarda yangi sahifa ochamiz
Amerika tolerant jamiyat, lekin muhojirlikning o'z shartlari bor
AQSh: Qozog'iston ishonchni oqlamayapti
Senator Makkeyn: Karimovga ishonib, huquq chetda qolmasin
Amerika va Markaziy Osiyo rahbarlari orasida ishonch past
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi
Amerika mintaqa farovonligini ko'zlasin, deydi tahlilchilar
AQSh sudyasi: O'zbekiston huquq bobida yordamga muhtoj
Amerika Markaziy Osiyo basketbolchilarini quvvatlamoqda
Inqiroz Markaziy Osiyoni chetlab o'tayotgani yo'q
Vatanda jinoyatchi, xorijda yurtining "sodiq o'g'loni"
Paxtaga talab past, O'zbekiston eksportni kamaytiradi
Axborot asrida sifatli axborot topish amri mahol
Amerika Markaziy Osiyo bilan ochiq muloqot yuritishga tayyor
Qirg'izistonda omma Manas emas, tirikchilik haqida o'ylamoqda
Suv masalasi Markaziy Osiyoda birinchi o'ringa chiqishi kerak
Markaziy Osiyoda tabiiy boyliklardan kim foyda ko'rmoqda?
Ekspert: Markaziy Osiyo xorijiy sarmoyani saqlab qolishi kerak
Turkmanistonda saylovlar, o'zgarish o'zi nima?
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
Obamaga Markaziy Osiyoda katta umidlar bog'langan, lekin...
Barak Obama haqida yurtdoshlaringiz nima deyapti?
O'zbekistonlik kuzatuvchi: amerikaliklar davlatiga ishonar ekan
Islomiy bank: tavakkal qilish moliyaviy inqirozga yetaklaydi
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi
Markaziy Osiyo birlashishidan kim nima foyda ko'radi?
"O'zbekiston ipak parda ortida yashaydi"
AQSh olimlari O'zbekiston bilan keng hamkorlikka tayyor
Ahmad Rashid: AQSh Markaziy Osiyoda xalq dardiga quloq tutsin
AQSh, O'zbekiston yangicha hamkorlik haqida fikr almashmoqda
Kongress Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatni tanqid qilmoqda
AQSh Markaziy Osiyoga yordam bermoqchi, aql o'rgatmoqchi emas
Amerika kimni qancha moliya bilan ta'minlamoqda?
 
  Bosh mavzu
Urumchida to'qqiz uyg'ur davlatga qarshi jinoyatlarda ayblanib qatl etilgan

  Boshqa xabarlar
Eron Rossiyadan qurol talab qilmoqda
Sovet kommunizmini jar yoqasiga yetaklagan omillar
Muxolifatchi Sanjar Umarov qamoqdan ozod etilgan
Berlinda yirik tarixiy sana nishonlanmoqda
Tojikiston ahli Rossiya va AQShdan birdek madad kutmoqda
O'zbekiston terim mavsumi tugamoqda, daromad qilgan fermer sanoqli
Vakillar Palatasi sog'liqni saqlash islohoti uchun ovoz berdi
Fort Xuddagi fojia ketidan Amerika musulmonlari xavotirda
Kommunizmga xotima yasagan voqealarni eslab...
Maykl Jeksonning armon bo'lib qolgan konserti
Qirg'izistonda davlati tilini yaxshi biladigan jurnalistlar yetishmaydi
Fort Xuddagi fojea: Obama shoshib xulosa qilmaslikka chaqirmoqda
AQShdagi harbiy bazada musulmon ofitser 13 zobitni o'ldirgan
Dilmurod Sayidning oilasi avtohalokatda o'lgan
Yevropa O'zbekiston energiya zaxiralariga yo'l topdi
Berlin devori qulashiga olib kelgan siyosiy-iqtisodiy omillar
Paxta plani bajarildi, lekin katta sinflar hali ham dalada
O'zbekiston mintaqaviy energetik tizimni tark etmoqchi
AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati - o'zbekistonlik ekspert fikri  Audio Clip Available
AQSh O'zbekiston bilan oshkora, kelishib ishlamoqchi  Audio Clip Available
Tarixga nazar: Berlin devori qulaganiga 20 yil to'ldi
Amerika iqtisodiyoti ancha jonlangan, ammo hamon krizisda
O'zbeklar Hamid Karzaydan dadil va adolatli qarorlar kutmoqda
G'arb, deydi ekspertlar, Markaziy Osiyoga e'tiborini oshirishi kerak
O'zbekistonda ayrim advokatlar islohotlardan norozi