VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Afg'oniston janubida Tolibonga qarshi yirik operatsiya

02/07/2009

AQSh harbiylari Tolibon faol Afg'oniston janubida yirik operatsiya boshlagan. Hilmand viloyatiga minglab amerikalik va yuzlab afg'on askarlar tashlangan.

AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya matbuot kotibi serjant Charlz Marshning aytishicha, "Xanjar" nomini olgan operatsiya avgustga belgilangan prezident saylovlari oldidan barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan.

Bu - Barak Obamaning Afg'oniston bo'yicha yangi strategiyasi e'lon qilinganidan beri ilk yirik amaliyot. Unda Afg'onistonga yaqinda safarbar etilgan 4 mingga yaqin amerikalik askar va 650 afg'on harbiysi ishtirok etmoqda. O'tgan hafta 500 ga yaqin britan askarlari ham viloyatni toliblardan tozalashga uringan. Hilmand yirik afyun markazi bo'lib, toliblarni mag'lub qilish qoradori sanoatiga ham zarba bergan bo'lardi.

Viloyat jangarilardan tozalangach, xavfsizlik afg'on kuchlari qo'liga o'tadi. Qo'shni Pokiston jangdan qochgan toliblarning uning hududiga kirishining oldini olish uchun chegaraga qo'shimcha askar safarbar etgan.

Tahlilchi Jorrit Kamminga operatsiya samarali bo'lishiga shubha qilmoqda. Hilmand bir necha bor qo'lga olingan. Mahalliy aholi ehtiyojlari qondirilmas ekan, operatsiyadan foyda yo'q, deydi u.

"Gap hududni ozod etib, uni ushlab turishda emas. Jangdan keyin nima ishlar qilinadi, taraqqiyot, gumanitar yordam sohasi bo'yicha aniq reja bormi, odamlar ishonchi qanday qozoniladi - mana shu savollarga javob topish kerak," deydi Kamminga.

AQSh kuchlari oldida turgan asosiy vazifa - operatsiyalar paytida tinch aholi orasida talofatning oldini olish.

AQSh kuchlarining mamlakatdagi yangi qo'mondoni general Stenli Makkristalga ko'ra, afg'onlar madaniyatiga hurmatni yo'qotmagan, ishga jiddiy yondashmagan, mas'uliyatni his qilgan holdagina xalq ishonchini qozonish mumkin.

"Shundagina urushda g'alaba qilish osonlashadi," deydi general.

Yangi strategiyaga ko'ra, Afg'onistonga qo'shimcha 21 ming askar va mutaxassislar safarbar etilmoqda. Yil oxirigacha AQSh kuchlarini 68 mingga yetkazish kutilmoqda.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
Urumchida to'qqiz uyg'ur davlatga qarshi jinoyatlarda ayblanib qatl etilgan

  Boshqa xabarlar
Eron Rossiyadan qurol talab qilmoqda
Sovet kommunizmini jar yoqasiga yetaklagan omillar
Muxolifatchi Sanjar Umarov qamoqdan ozod etilgan
Berlinda yirik tarixiy sana nishonlanmoqda
Tojikiston ahli Rossiya va AQShdan birdek madad kutmoqda
O'zbekiston terim mavsumi tugamoqda, daromad qilgan fermer sanoqli
Vakillar Palatasi sog'liqni saqlash islohoti uchun ovoz berdi
Fort Xuddagi fojia ketidan Amerika musulmonlari xavotirda
Kommunizmga xotima yasagan voqealarni eslab...
Maykl Jeksonning armon bo'lib qolgan konserti
Qirg'izistonda davlati tilini yaxshi biladigan jurnalistlar yetishmaydi
Fort Xuddagi fojea: Obama shoshib xulosa qilmaslikka chaqirmoqda
AQShdagi harbiy bazada musulmon ofitser 13 zobitni o'ldirgan
Dilmurod Sayidning oilasi avtohalokatda o'lgan
Yevropa O'zbekiston energiya zaxiralariga yo'l topdi
Berlin devori qulashiga olib kelgan siyosiy-iqtisodiy omillar
Paxta plani bajarildi, lekin katta sinflar hali ham dalada
O'zbekiston mintaqaviy energetik tizimni tark etmoqchi
AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati - o'zbekistonlik ekspert fikri  Audio Clip Available
AQSh O'zbekiston bilan oshkora, kelishib ishlamoqchi  Audio Clip Available
Tarixga nazar: Berlin devori qulaganiga 20 yil to'ldi
Amerika iqtisodiyoti ancha jonlangan, ammo hamon krizisda
O'zbeklar Hamid Karzaydan dadil va adolatli qarorlar kutmoqda
G'arb, deydi ekspertlar, Markaziy Osiyoga e'tiborini oshirishi kerak
O'zbekistonda ayrim advokatlar islohotlardan norozi