VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Obama Rossiya bilan bitimni yangilashga umid qilmoqda

02/07/2009

AQSh prezidenti Barak Obama kelasi hafta Moskvada bo'lib, Rossiya rahbari Dmitriy Medvedev bilan uchrashadi. AQSh-Rossiya aloqalari murakkab bo'lib turgan bir paytda Obama munosabatlarni yangilashga va'da bergan. Buning uchun ikkitomonlama muammolarni murosa bilan hal qilish kerak. Strategik qurollarni qisqartirish tashabbusi ana shu yo'nalishda ilk qadam. Ma'lumki, bu boradagi bitim muddati yil oxirida tugaydi. Obama ungacha yangisini imzolashga umid qilyapti.

Ikki rahbar 1 aprelda Londonda uchrashganda ishchi guruhlar tuzib, Moskvadagi sammitgacha yangi hujjat bo'yicha kelishib olishni gaplashgan.

"Yangi bitim omborlarda saqlanayotgan strategik arsenalni qisqartirishga imkon beradi," deydi Obama.

Gap START-1 bitimi haqida ketmoqda. Ruschada SNV deb ataladi. 1980 yillarda olib borilgan muzokaralar natijasida Sovet Ittifoqi qulamasidan oldin imzolanib, 1994 yili kuchga kirgan.

Qurollar nazoratini tadqiq qiluvchi markaz rahbari Deril Kimbolning aytishicha, bir ming sahifadan ortiq qalinlikdagi hujjat murakkab bo'lib, o'sha davrning eng muhim shartnomalaridan biri.

"Uning imzolanishi Sovuq Urush tugab, Sovet Ittifoqi qulayotgan paytga to'g'ri kelgan. Unga ko'ra, tomonlar 2001 yilgacha 10 ming donagacha bo'lgan qurollarini 6 mingga tushirishi kerak bo'lgan. Yadro bombalarini tashuvchi raketa va bombardimonchilar soni ham 1600 dan oshmasligi lozim edi. Bitim ijro nazoratini ham o'z ichiga olib, tomonlar yadro arsenali bo'yicha ma'lumot almashib turgan. Bir-birining yadro ob'yektlarini ko'zdan kechirish huquqini qo'lga kiritgan edi," deydi mutaxassis.

2002 yilda Moskva bitimi imzolanib, unda tomonlar cheklovlarni ko'paytirishga kelishgan. Barak Obama va Medvedev yangi hujjatda yadro arsenalini yanada kamaytirib, 1700- 2200 donagacha tushirmoqchi.

Tahlilchi Deril Kimbolning aytishicha, AQSh 2200 strategik bombaga ega, Rossiya esa 2000-3000 atrofida.

"Ular hujumga doim shay turadi," deydi u.

Jorj Bush prezidentligi davrida Davlat departamentida yuqori lavozimni egallagan Deyvid Kreymerning aytishicha, tomonlar strategik yadro qurollarini qisqartirishga kelishib olgan bo'lsada, yechilmagan hali ko'p masalalar bor.

"Voz kechiladigan bomba va raketalarni nima qilamiz? AQSh va Rossiya bu borada turlicha fikrda. Ular biror joyda saqlanadimi yoki yo'qotiladimi? Qurollarni qanchaga kamaytirish kerak? Tomonlar mana shu savollarga hali javob topmagan," deydi Kreymer.

Tahlilchilar nazarida Kreml bitimning yangilanishini AQShning Yevropada raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimini o'rnatish rejasiga bog'lashga harakat qilib, Vashingtondan rejadan qaytishni so'ramoqda. Qo'shma Shtatlar bunga ko'nmayapti.

Deyvid Kreymerga ko'ra, START bitimi Rossiyaga ham suvday zarur, chunki uning yadro qurollari tizimi eskirib bormoqda va buncha qurollarni saqlash oson emas.

"Yangi qurollanish poygasi boshlansa, Rossiya raqobatlasha olmaydi va buni yaxshi tushunadi. Shu sabab qurollarni qisqartirishdan birinchi navbatda Rossiya manfaatdor," deydi Kreymer.

Tahlilchilarning aytishicha, muzokarachilarda vaqt oz qolyapti. Bitim muddati 5 dekabrda tugasada, loyiha ustida ishni avgustgacha yakunlash kerak, chunki uning AQSh Senati va Rossiya parlamenti tomonidan ratifikatsiyasi ham vaqt talab qiladi.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available