VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Moskva sammiti mudofaa bahslariga chek qo'ya oladimi?


03/07/2009

[insert caption here]
Mudofaa masalalari Vashington-Moskva aloqalari yaxshilanishida jiddiy to'siq
Rossiya Amerikani Yevropada yangi mudofaa tizimi o’rnatish rejasidan qaytishga undamoqda. AQSh rasmiylari tizim Rossiyaga xavf solmaydi deb qanchalik javramasin, Kreml so’zida qat’iy turib olgan.

Polsha va Chexiya hududida raketani urib tushirishga qodir sistema o’rnatish Jorj Bush ma’muriyati davrida tuzilgan reja. Barak Obama uni amalga oshirishga shoshmayapti.

Tizim, deydi rasmiylar, AQSh va Yevropani Eron kabi davlatlar hujumidan himoya qilishi kerak. Tahlilchi Deril Kimbl nazarida buni yetarli asos deyish qiyin.

“Eron ixtiyorida o’rta masofali raketalar bo’lsada, yadroviy zarba berish salohiyatiga ega emas. Demak Yevropaga strategik xavf tug’dirmaydi. O’zga davlatni nishonga olgan taqdirda ham, bu NATO davlatlari bo’ladimi, Eron javob hujumiga uchrashini yaxshi tushunadi”, - deydi Kimbl.

Obama ma’muriyati, deydi u, yangi mudofaa tizimi samara berishini aniq bilishni istaydi.

“Sinovdan o’tmagan sistemaga milliardlab dollar pul sarflash uni havoga sovurishdek gap. Moslama haqiqatdan ham hujumni qaytara olishini amalda isbotlash uchun 2-3 yil vaqt ketadi”.

Tizimni o’ziga xavf deb ko’rayotgan Rossiya javob chorasi ko’rishi haqida ogohlantirib keladi. Deyvid Kreymer, Bush ma’muriyatida ishlagan rasmiyning aytishicha, uning Rossiyaga hech qanday aloqasi yo’q. Maqsad aynan Eronning yadroviy hujumini bartaraf etish, deydi u.

Kreml nuqtai nazaridan qaraganda esa, AQSh mudofaa tizimini Rossiyani siquvga olish uchun joylashtirmoqchi. Bu imi-jimida hal bo’ladigan masala emas, deydi siyosiy sharhlovchi Robert Legvold.

“Ruslarni  xavotirga solayotgani shuki, tizim kattaroq rejaning kichik bir qismi. Ular nazarida amerikaliklar kengroq siyosiy-harbiy, ya’ni Rossiya ustidan ustunlikni qo’lga kiritishdek g’arazli maqsadni ko’zlamoqda. AQSh keyinchalik Alyaska, Bolqon va Osiyoda ham shunday tizimlar o’rnatadi degan taxminlar mavjud”, - deydi olim.   
 
Rossiyani loyihaga jalb qilish uchun mudofaa tizimini hamkorlikda yaratish taklifi bilan chiqqanmiz. Kreml na unisiga, na bunisiga rozi, deydi bu masala bilan shug’ullagan sobiq diplomat Deyvid Kreymer:

“Murosa qilish maqsadida Rossiyaning Krasnodar o’lkasi va Ozarbayjonning Gabala shahrida qo’shma radar dasturini yo’lga qo’yishni muhokama qilganmiz. Kreml bunday hamkorlikni ma’qullab, evaziga Polsha va Chexiyadagi rejani bekor qiling deb turib oldi va muzokara uzildi. Obamaning pozitsiyasi hozircha noaniq”.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Obama Rossiya bilan aloqalarni yaxshilashga da'vat etilmoqda
NATO va Rossiya zamon haqida turlicha fikrda
AQSh Rossiya bilan aloqalarni yangilashga tayyor
Tahlilchilar Moskva-Vashington aloqalari iliqlashganiga ishora qilmoqda
Obama fikricha diplomatiya eng kuchli qurol
Obama uchun Kreml bilan til topishish oson kechmaydi
 
  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available