VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Urumchida uyg'urlar bosh ko'targan, to'qnashuvlarda 156 kishi o'lgan

06/07/2009

[insert caption here]
Urumchidagi namoyishlarda minglab uyg'ur qatnashgan
5 iyul  kuni Xitoyning Shinjon-Uyg’ur muxtoriyatida avj olgan namoyishlar qonli tus olib, kamida 156 kishi halok bo’lgan.

Hokumatga qarshi namoyishlar Urumchida kechgan va bu yerdan olingan foto va video tasvirlar politsiya bilan to’qnashuvlar yuz berganidan guvoh beradi.  

Bir yarim mingga yaqin fuqaro hibsga olingan, aksariyati uyg'urlar.

Xitoy davlat axborot vositalariga ko’ra,  jarohatlangan va o’lganlar soni 1000 dan oshadi. 200 dan ortiq do’kon va 260 avtomobil yoqib yuborilgani ma’lum. 

Xitoy hukumati uyg’ur namoyishlarini zo’ravonlik va ektremistik harakatning bir ko’rinishi deb ta’riflamoqda. "O’tgan oy bir fabrikada uyg’urlar boshqa fuqarolarga hujum qilib, tinchlikka raxna slogan",- deydi Liyu Yaxua, Shinjon  qonun –tartibot idorasi rahbari. 

Fabrikadagi to’qnashuvda ikki uyg’ur o’ldirilgan va jamoa adolat talab qilib, ko’chaga chiqqanini aytmoqda.  

Xitoy hukumati jahon uyg’urlari yetakchisi Robiya Qodirni AQShdan turib, “Xitoyda osoyishta yashayotgan xalqini” qurol ko’tarishga undayotganlikda ayblamoqda.  

Robiya Qodir
Robiya Qodir, jahon uyg'urlari yetakchisi
Robiya Qodir bugun bayonot berib, “Urumchidagi namoyishlar shundan dalolat beradiki, Xitoy hukumati bu xalq dardiga boshqa ko’z yuma olmaydi. Ularning nimadan norozi ekanini tinglash payti yetgan. Uyg’urlar adolat talab qilmoqda”,- degan.

Jahon Uyg’urlari Kongressining Germaniyadagi vakili To’lqin Isoning aytishicha uning xalqi tinchlik tarafdori.

“Biz azaldan Xitoyni bu muammoni tinch yo’l bilan, muzokara orqali hal etishga undab kelayapmiz. Lekin Xitoy “qo’limda qurol bor. Uyg’urlarni yo’q qilishga qurbim yetadi” deb ish tutib, uyg’urlarning unga nisbatan g’azabini oshirmoqda. Xitoy biz bilan o’tirib, dardimizni tinglashi kerak”,- deydi u.  

Uyg'urlar azaldan Xitoy zulmiga qarshi kurashayotganini, erkinlik va o’z-o’zini boshqarish huquqi uchun kurashayotganini aytadi.  Xorijda yashayotgan uyg’urlar juda faol.

Avstraliyada bu jamoa yetakchisi Mamatamin A’lo deydiki: 

[insert caption here]
Urumchi, 5 iyul, 2009
“Xitoylar shunday bir uydirma bilan chiqayaptiki, go’yoki Urumchidagi namoyishlar ortida Jahon Uyg’urlari Kongressi va uning prezidenti Robiya Qodir turibdi. Haqiqatda esa Xitoyning asl maqsadi Sharqiy Turkistondagi uyg’urlarni siyosiy, iqtisodiy va madaniyat huquqlaridan tamoman ayirib, bu siyosatini berkitish uchun namoyishlarni zo’ravonlik deb atab, ularning qonini to’kayotganini chet eldagi uyg’urlarga to’nkash. Maqsad uyg’urlarni tamoman ezib tashlash, bu xalqni yo’q qilish”.
 
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Xitoyni fuqaro erkinliklarini hurmat qilishga chaqirgan.  

[insert caption here]
Urumchi, 5 iyul, 2009
Dunyo bo’ylab 20 millionga yaqin uyg’ur bo’lsa, ularning yarmi Shinjonda yashaydi. Bu mintaqani ularning ko’pchiligi Sharqiy Turkiston deb ataydi. 

Uyg’urlar, ma’lumki, turkiy millat va Markaziy Osiyoda asosan Qirg’iziston, Qozog’iston va O’zbekistonda katta sonni tashkil etadi. 

Robiya Qodir boshchiligida turli davlatlarda uyg’ur tashkilotlari faoliyat yuritadi. Vashingtonda Amerika-Uyg’ur Uyushmasi katta lobbichi markaz sanaladi va uyg’urlar Amerikani suyangan tayanchi, yaqin homiysi deb biladi. 



E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
AQShdan uyg'ur masalasida Xitoyga ishonmaslik so'ralyapti
Uyg'urlar Guantanamodan Bermudaga ko'chirilganidan mamnun
R. Qodir: Uyg'urlar diniy tuzum emas, ozodlik uchun kurashmoqda
Uyg'ur xalqi AQShdan yordam va e'tibor so'ramoqda
Guantanamodagi uyg'ur mahbuslar ozod etilishi mumkin
Nuri Turkel: Uyg'ur mahbuslari AQShga tahdid emas
AQSh: Uyg'ur jangari Al-Qoidaning ishongan odami
Xitoy "uyg'ur ekstremistlari" haqida ogohlantirmoqda
Xitoy ikki uyg'urni terrorda ayblab qatl etgan
Uyg'urlar adolat talab qilmoqda, Xitoydan va jahon hamjamiyatidan
Uyg'ur imomning rafiqasi uning aybsiz ekanini ta'kidlamoqda
Uyg'urlar faol taqdiri yuzasidan Toshkentdan "aqlli" qaror kutmoqda
Uyg'urlar faol taqdiri yuzasidan Toshkentdan "aqlli qaror" kutmoqda
Robiya Qodir: Xitoy uyg'urlarni qo'rqitishga urinmoqda
 
  Bosh mavzu
Qizil Xoch turmalarni tekshirmoqda, lekin xulosa oshkor etilmaydi

  Boshqa xabarlar
Kommunizmdan keyingi Rossiya hamon o'zligini qidirmoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
G'arb Karzaydan korrupsiyaga qarshi amaliy choralar kutmoqda
Isroil-Falastin muzokaralari: Fikrlar tarqoq, murosadan darak yo'q
Urumchida to'qqiz uyg'ur qatl etilgan
Eron Rossiyadan qurol talab qilmoqda
Sovet kommunizmini jar yoqasiga yetaklagan omillar
Muxolifatchi Sanjar Umarov qamoqdan ozod etilgan
Berlinda yirik tarixiy sana nishonlanmoqda
Tojikiston ahli Rossiya va AQShdan birdek madad kutmoqda
O'zbekiston terim mavsumi tugamoqda, daromad qilgan fermer sanoqli
Vakillar Palatasi sog'liqni saqlash islohoti uchun ovoz berdi
Fort Xuddagi fojia ketidan Amerika musulmonlari xavotirda
Kommunizmga xotima yasagan voqealarni eslab...
Maykl Jeksonning armon bo'lib qolgan konserti
Qirg'izistonda davlati tilini yaxshi biladigan jurnalistlar yetishmaydi
Dilmurod Sayidning oilasi avtohalokatda o'lgan
Yevropa O'zbekiston energiya zaxiralariga yo'l topdi
Berlin devori qulashiga olib kelgan siyosiy-iqtisodiy omillar
Paxta plani bajarildi, lekin katta sinflar hali ham dalada
O'zbekiston mintaqaviy energetik tizimni tark etmoqchi
AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati - o'zbekistonlik ekspert fikri  Audio Clip Available
AQSh O'zbekiston bilan oshkora, kelishib ishlamoqchi  Audio Clip Available
Tarixga nazar: Berlin devori qulaganiga 20 yil to'ldi
Amerika iqtisodiyoti ancha jonlangan, ammo hamon krizisda
O'zbeklar Hamid Karzaydan dadil va adolatli qarorlar kutmoqda
G'arb, deydi ekspertlar, Markaziy Osiyoga e'tiborini oshirishi kerak