VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Obamaning Moskvaga tashrifi O'zbekiston ziyolilari nigohida


06/07/2009

[insert caption here]
O'zbekistonlik sharhlovchilar nazarida Obamaga Rossiya bilan aloqalarni yaxshilash oson bo'lmaydi. Ammo, deydi ular, harakatda barakat
Barak Obamaning Moskvaga tashrifi Markaziy Osiyoda katta qiziqish bilan kuzatilmoqda. Sharhlovchilar nazarida muloqot qilinayotgani ijobiy hol va muzokaralar geosiyosiy tarangliklarni yumshatishga xizmat qiladi. 

Faollar esa Obama va Medvedev inson huquqlari va erkinliklari bilan bog’liq ahvol haqida ham gaplashadi degan umidda.

O’zbekistonda sharhlovchi Bahodir Musayev fikricha yuzma- yuz uchrashuvlarda siyosiy pozitsiyalar oydinlashadi.

“Gruziyadagi urushdan keyin AQSh va Rossiya aloqalari keskinlashgan edi.  Bu uchrashuv Kremlning shubhaga asoslangan siyosatini qanchalik o’zgartiradi? Ana shu narsa eng muhimi”,- deydi u.

Siyosiy sharhlovchi Farxod Tolipov esa uchrashuvlar qanday day yakun topishidan qat’iy nazar Obamaning Moskvaga tashrifi siyosiy burilishlarga turtki beradi.

“AQSh raketa hujumlariga qarshi mudofaa tizimini Markaziy Yevropada joylashtirish niyatidanvoz kechishi mumkin. Lekin xalqaro maydondagi asosiy masalalarda AQSh pozitsiyasi o`zgarmaydi.  Obama bu pozitsiyalar  Rossiyaga qarshi qaratilmaganini aytib o`tishi mumkin xolos”, - deydi Tolipov.

Rossiya siyosiy doiralarida sovuq urush davriga xos qarashlar kuchli. Amerika ular nazarida hamon dushman davlat.  

“Shu bilan birga”,- deydi Farxod Tolipov “AQShga demokratik jihatdan hamkor sifatida qarayotgan guruhlar ham bor”.

Tahlilchilar Markaziy Osiyoning G’arb bilan munosabatlarida Kreml muhim rol o’ynashini tan oladi.  Rossiya harbiy qudratini oshirishga urinayotgani, mintaqa iqtisodiy jihatdan Rossiyaga tobe ekani, Kremlning G’arbga nisbatan yangi glok tuzishga harakat qilayotgani, deydi sharhlovchilar, Amerika va Yevropa uchun o’ziga yarasha katta to’siqlar qo’yadi".    

Hozirgi Rossiya tashqi siyosati sobiq SSSR davridagi siyosatdan uncha farq qilmaydi. Tarafkashlikdan chiqib keta olgani yo`q. Ikkinchidan Rossiyada buyuk millatchilik siyosati hukmron”, - deydi sharhlovchi Akbar Aliyev.  Uning fikricha Vladimir Putin tutgan yo’l bunga yaqqol misol.

Kreml AQShning Markaziy Osiyodagi harbiy bazalarini tahdid sifatida ko`radi.

Huquq himoyachilari Amerikadan mintaqada inson huquqlari va erkinliklari e’zozlanishi uchun hissa qo’shishni so’rab kelmoqda. Obama “Demokratiyani quvvatlashda davom etamiz”,- deydi.  Lekin amalda hali biror siljish bo’lgani yo’q.    


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Obama Moskvada, aloqalarda yangi sahifa ochilmoqda
Ziyolilar: Moskva sammiti Markaziy Osiyoga ham daxldor
Obama Putin va Medvedev bilan til topishish harakatida
Ekspertlar: Rossiyaning Eronga ta'siri cheklangan
Moskva sammiti mudofaa bahslariga chek qo'ya oladimi?
Obama Rossiya bilan bitimni yangilashga umid qilmoqda
AQSh: Aloqalar faqat harbiy sohada bo'lmaydi
AQSh-O'zbekiston aloqalari jonlanar ekan, asosiy e'tibor xavfsizlikda
O'zbekiston "Freedom House" dan eng past baho oldi
AQSh-Rossiya aloqalarida yangi sahifa ochilishi mumkin
AQSh nazarida Ahmadinajod tashqi siyosatni hal etmaydi
O'zbekiston nega iqtisodiy integratsiyadan chetda qolmoqda?
O'zbek jangarilar Pokistonda mehmon emas, sig'indi
Tolibon va al-Qoida safida yuzlab o'zbeklar borligi aytilmoqda
Amerikaning O'zbekistondagi sobiq elchisi Genri Klark bilan suhbat
AQSh kongressmeni: Aloqalarda yangi sahifa ochamiz
Ayrim yuristlar attestatsiya qonunga xilof demoqda
AQSh: Qozog'iston ishonchni oqlamayapti
Senator Makkeyn: Karimovga ishonib, huquq chetda qolmasin
Amerika va Markaziy Osiyo rahbarlari orasida ishonch past
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi
Amerika mintaqa farovonligini ko'zlasin, deydi tahlilchilar
AQSh sudyasi: O'zbekiston huquq bobida yordamga muhtoj
 
  Bosh mavzu
Qizil Xoch turmalarni tekshirmoqda, lekin xulosa oshkor etilmaydi

  Boshqa xabarlar
Kommunizmdan keyingi Rossiya hamon o'zligini qidirmoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
G'arb Karzaydan korrupsiyaga qarshi amaliy choralar kutmoqda
Isroil-Falastin muzokaralari: Fikrlar tarqoq, murosadan darak yo'q
Urumchida to'qqiz uyg'ur qatl etilgan
Eron Rossiyadan qurol talab qilmoqda
Sovet kommunizmini jar yoqasiga yetaklagan omillar
Muxolifatchi Sanjar Umarov qamoqdan ozod etilgan
Berlinda yirik tarixiy sana nishonlanmoqda
Tojikiston ahli Rossiya va AQShdan birdek madad kutmoqda
O'zbekiston terim mavsumi tugamoqda, daromad qilgan fermer sanoqli
Vakillar Palatasi sog'liqni saqlash islohoti uchun ovoz berdi
Fort Xuddagi fojia ketidan Amerika musulmonlari xavotirda
Kommunizmga xotima yasagan voqealarni eslab...
Maykl Jeksonning armon bo'lib qolgan konserti
Qirg'izistonda davlati tilini yaxshi biladigan jurnalistlar yetishmaydi
Dilmurod Sayidning oilasi avtohalokatda o'lgan
Yevropa O'zbekiston energiya zaxiralariga yo'l topdi
Berlin devori qulashiga olib kelgan siyosiy-iqtisodiy omillar
Paxta plani bajarildi, lekin katta sinflar hali ham dalada
O'zbekiston mintaqaviy energetik tizimni tark etmoqchi
AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati - o'zbekistonlik ekspert fikri  Audio Clip Available
AQSh O'zbekiston bilan oshkora, kelishib ishlamoqchi  Audio Clip Available
Tarixga nazar: Berlin devori qulaganiga 20 yil to'ldi
Amerika iqtisodiyoti ancha jonlangan, ammo hamon krizisda
O'zbeklar Hamid Karzaydan dadil va adolatli qarorlar kutmoqda
G'arb, deydi ekspertlar, Markaziy Osiyoga e'tiborini oshirishi kerak