VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Maykl Jekson kim edi, siz uchun nima ahamiyatga ega?


06/07/2009

2005
Maykl Jekson (2005)
Insonning qadri ko'p hollarda u o'tganidan keyin bilinadi deyishadi. Bugun dunyoning qayeriga bormang, kim bilan gaplashmang, qay tarafga qaramang, hammaning og'zida Maykl Jekson...

Pop musiqa qiroli aks etgan tasvirlar, rasmlar, uning betakror musiqasi, ovozi va raqslari...  

Maykl Jeksonning muxlisi bo'lmagan insonlar ham uning kutilmagan o'limidan afsusda.

Maykl Jekson oxirgi 10 yil ichida ijodi bilan emas, jinoiy tergovlar, g'alati ko'rinish va harakatlari bilan omma e'tiborida bo'ldi.

30 yildan oshiq davr mobaynida jahon musiqa sanhasidan tushmagan, super yulduz sifatida olamga dong'i ketgan xonanda 50 yoshida to'satdan vafot etdi.  

O'limga yetaklagan sabablar aniq emas, uning yurak xurujiga uchragani ma'lum xolos.  

Amerika atoqli farzandiga motam tutmoqda. Siyosiy doiralardan tortib, bog'cha bolalarigacha Maykl Jekson deydi.  

Oddiy ishqibozlarning ko’z-yoshi u yoqda tursin, hatto prezident Barak Obama va sobiq Davlat kotibi Kolin Pauelgacha, xonanda olamdan o’tganidan qayg’uda.  Kongressning har ikki palatasida Maykl Jekson sharafi uchun sukut saqlandi.   

Savollarning esa cheki yo'q. Maykl Jekson qanday inson edi?  

Yoshligidan qo'shiq aytib, xalq dili va tiliga tushgan yulduz nega omma nigohidan qochar edi?

Qora edi, nega oq bo'ldi? Qora ekanidan uyalarmidi, nafratlanarmidi? Nega normal odamga o'xshamas edi?  

Balki ko'rinishini yangilab, irq muhim emasligini, inson istasa, rangni o'zgartirish oson ekanini, eng asosiysi uning qalbi ekanini isbotlamoqchi bo'lgandir?  

Uning boyligi kimga qoladi? Uch farzandi kimning otalig'iga o'tadi? Vasiyatida nima degan? Maykl Jeksonning shaxsiy hayoti nega bu qadar sirli edi?

Bu qadar kuchli qiziqish ortida turgan yagona sabab shuki - Maykl Jekson musiqiy daho edi. 

[insert caption here]
U yozgan qo'shiqlar, ohang, u tushgan raqslarni insoniyat hali ko'rmagan, tinglamagan, bilmagan edi. 

Oqmisiz yoki qora, yoshmisiz yoki qari, ziyoli yoki savodsiz, nimaga e’tiqod qilishingizdan qat’iy nazar Maykl Jekson har kimning yuragida o't yoqa olar edi.  

"Uning maqsadi sevdirish emas edi", deydi uning safdoshi Kvinsi Jouns, "Maykl Jekson odamlarni o'ylantirishni istardi".  

Umumbashariy mavzular, yaxshilik va yomonlik, tenglik va tengsizlik, irqchilik va millatchilik,  to'g'rilik va egrilik, go'zallik va qo'rqinch, to’qlik va sho’xlik uning qo'shiqlari mazmuni edi.  

Maykl Jekson o'zini bir yurt farzandi deb bilmas edi. Qo'shiqlarida hokimiyatni savolga tutsa-da, siyosatdan uzoqda yurardi.

Biroq g'aroyib insonlar hamisha boshqalar diqqat markazida. Uning nomi va nolalari yer yuzining eng olis nuqtalariga ham yetib borgan. 

Pop musiqa qiroli abadiyatga kuzatilmoqda, ammo muxlislar qalbida barhayot. Maykl jekson, deydi ular, yulduzlar orasida eng yorqin yulduz bo'lib qoladi.     

Maykl Jekson 2002 yilda imzo chekkan vasiyatida boyligini bolalariga berishni, ularga g'amxo'rlik qilish mas'uliyatini esa onasi - Ketrin Jekson zimmasiga topshirishni so'ragan. Ketrin Jekson 79 yoshda.

Maykl to'qqiz farzanddan biri. Akalalari va opalari, uka va singillari ham musiqa olamida tanilgan insonlar.  “Lekin Maykl biz uchun ham Maykl Jekson”,- deydi singlisi Janet Jekson, “eng yuqori cho'qqini egallay olgan artist”.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Pop musiqa qiroli Maykl Jekson abadiyatga yo'l oldi
 
  Bosh mavzu
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi

  Boshqa xabarlar
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Obama: AQSh va Xitoy raqib emas, yaqin hamkor bo'lishi kerak
Isroilning qurilishni kengaytirish qarori tanqid ostida
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
Eron G'arbga tashviqotni kuchaytirmoqchi
Falastin BMT Xavfsizlik Kengashidan madad kutmoqda
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Eronda internet ustidan nazorat yanada kuchayadi
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available
  Qo'shimcha manbalar
Michael Jackson - foto albom
"Thriller" klipiaudio clip
"Black or White" klipiaudio clip