VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Obama: AQSh Rossiya bilan do'st bo'lishni istaydi

07/07/2009

[insert caption here]
Obama fikricha Rossiya bilan til topishish mumkin va bunga erishilmoqda
Barak Obama Rossiya yoshlari bilan muloqot qilar ekan, “Yadroviy qurollar XXI asrda insoniyatga eng katta tahdid solayotgan vositalar”, dedi.  

AQSh rahbari Rossiyani jahon xavfsizligi va iqtisodiyotini mustahkamlash uchun birga ishlashga chaqirmoqda.  

Barak Obama bugun ilk bor Vladimir Putin bilan uchrashdi va yuzma-yuz muzokara olib bordi. Muloqot ko’tarinki ruhda, iliq kechgan.

“Fikrimiz har sohada ham bir joydan chiqmasligi mumkin, lekin bir-birimizni  tushunishimiz va hurmat qilishimiz kerak. Bu Amerika va Rossiya xalqi manfaatlari uchun birdek xizmat qiladi”,- deydi Obama.

Amerika prezidenti uchun xalq bilan bog’lanish muhim, chunki Rossiyada nafaqat AQShga balki uning yangi rahbariga ham salbiy qarashlar kuchli.  Obama iqtisodiyot oliygohi talabalari bilan uchrashgan.  

[insert caption here]
Obama va Putin, 7 iyul, 2009
Barak Obama yoshlarga qarata “Amerika Rossiyaning kuchli, tinch va farovon jamiyat bo’lishini istaydi. Biz sizga dushman emas, hamkor davlat bo’lishni istaymiz”, degan.

Obama Kremldan ham, Rossiya ommasidan ham Amerikaga nisbatan sovuq urush davriga xoz munosabatda bo’lmaslikni so’ramoqda.

“Amerika va Rossiyada yangi davr va yangi avlod hukmron. Bugun faqat hamkorlik haqida gaplashishimiz kerak. Rossiya ham, biz ham na terrorizm, na ekstremizm va na zulm tarafdorimiz”,- deydi Obama.

Rossiya va AQSh orasidagi ayrim kelishmovchiliklarga to’xtalar ekan, Obama demokratiya va erkinlik, suverenitet va qonun ustuvorligi haqida ham gapirdi.  

“Har bir davlat o’z rahbarini tanlash huquqiga ega ekan, ularning o’z chegaralarini himoya qilish va o’z tashqi siyosatiga ega bo’lishga ham haqqi bor”,- deydi Obama Gruziya va Rossiya orasidagi o’tgan yilgi urushga ishora qilib. Vashington bu urushni qoralagan, ammo Gruziya pozitsiyasini quvvatlagan edi.  Obama Rossiyani NATO bilan ham til topishishga undamoqda.


E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Bosh mavzu
O'zbekistonda cho'chqa grippi vahimasi hukm surmoqda

  Boshqa xabarlar
AQSh armiyasi askarlar ruhiyatidan tashvishda
Qonunchilar Afg'oniston strategiyasi bo'yicha turlicha fikrda
Toshkentda kesilgan chinorlar xotirlandi
Sog'liqni saqlash tizimi islohoti Kongress muhokamasida
Eronda yadro inshootlari himoyasiga qaratilgan harbiy mashqlar
AQSh diplomati Jorj Krolning Toshkentga safari xulosalari
O'zbekistonda porasiz ish bitmaydi
AQSh universitetlarida o'zbekistonlik yoshlar ko'paymoqda
AQSh O'zbekiston bilan biznes va notijoriy hamkorlikka tayyor  Audio Clip Available
Afg'onistonda korrupsiya jilovlanmasa, hammasi behuda
AQSh Afg'onistonni qachon, qanday tark etish ustida o'ylanmoqda
Karzay qasamyod keltirar ekan, "korrupsiyani tugataman" deydi
Ajal makonlari Tojikistonda hanuz qarovsiz
Afg'oniston notinch ekan, Obamani murakkab qarorlar kutmoqda
Rossiya Eron atom dasturiga nisbatan AQSh bilan bir fikrda
Korrupsiya umumbashariy illat bo'lib qolmoqda
Qashqadaryoda taniqli otin va uning shogirdlari qamoqqa olingan
Faol dehqon G'anixon Mamatxonovga ozodlik talab qilinmoqda
Pokiston AQShdan unga bosim o'tkazmaslikni so'ramoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
AQShda terrorda ayblanganlarga o'lim jazosi so'ralmoqda
Tantilikmi yohud tantiqlik? Gulnora va Lola Karimova haqida mulohaza
Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi  Audio Clip Available