VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Uyg'urlarni bosh ko'tarishga undayotgan omillar


07/07/2009

[insert caption here]
Urumchi, 5 iyul, 2009
Xitoy rasmiy propagandasiga ko’ra, Shinjon-Uyg’ur muxtoriyati kun sayin farovonlashib,  har jihatdan gullab-yashnayotgan diyor.  

Lekin bu viloyat markazi Urumchi shahrida yuz bergan qonli to’qnashuvlar va davom etayotgan namoyishlar tub aholi bo’lmish uyg’urlar markaziy hukumatdan tobora norozi ekanini ko'rsatmoqda. 

Musulmon va turkiy bu millat vakillari kommunistik rejimdan to’yganini aytmoqda. 

5 iyuldan beri Urumchining o’zida 160 ga yaqin kishi o’lgan, 1000 ga yaqini jarohatlangan.  

Uyg'urlarning bugungi ahvoli qanday? 

"Shinjondagi so’nggi qon to’kilishlar zaminida uzoq yillik murakkab masalalar yotibdi", - deydi dunyoning bu qismi bilan yaqindan tanish, uyg’urshunos olim Shon Roberts (Sean Roberts).

Uning fikricha uyg’urlar uch muammoga ortiq toqat qilolmaydi.  Birinchisi,  uyg’ur muxtoriyati endilikda muxtoriyat emas. Markaziy hokimiyat nazoratni kuchaytirgan. Ayniqsa iqtisodiy jihatdan Xitoy hukumati bu hududni to’la idora etishga urinmoqda.  Uyg’urlar uchun iqtisodiy imkoniyatlar cheklangan. 

[insert caption here]
Shon Roberts, uyg'urshunos olim
Ikkinchidan uyg’urlarning yerlariga Xitoyning boshqa qismlaridan aholi ko’chirib olib kelinmoqda. Uyg’urlar boshqa mintaqalarga majburan jo’natilmoqda.  Xitoy uyg’urlarning bir joyda kun kechirishini istamayapti.  Jamoaning bo’lib tashlanishi kuchli qarshilikka sabab bo’lmoqda. 

Uchinchidan esa, deydi uyg’urshunos olim, Shinjonda siyosiy erkinliklar haqida gapirish mumkin emas. Hukumatdan nozorilik terrorizmga qiyoslanadi. Odamlar doimiy qo’rqinchda yashaydi. E’tiqod erkinligi, madaniy huquqlar poymol etilmoqda.   

Uyg'urlar o'z-o'zini boshqarishni istaydi, ammo bugun elat sifatida katta to'siqlar bilan yuzlashmoqda 

Uzoq yillardan beri uyg’ur ozodlik harakati va Xitoy siyosatini kuzatib kelayotgan Shon Roberts nazarida uyg’urlar bugun ancha birlashgan elat.

"Ammo bu bilan ularning azaliy orzusi – o’z davlatiga ega bo’lish yoki o’z-o’zini boshqarish maqsadiga erishishi oson kechadi yoki bunga vaqt yetgan deya olmaymiz",- deydi tahlilchi. 

[insert caption here]
Shinjonda qariyb sakkiz million uyg'ur yashaydi
Siyosatshunos ta’biricha Xitoydek qudratli davlat bunga hech qachon yo’l qo’ymaydi va uyg’urlar xalqaro maydonda u qadar keng miqyosda quvvatlanmaydi. 

Uyg’urlar uchun eng muhimi hozir o’zligini saqlab qolish. Elat sifatida tan olinib,  deydi olim, uzviy huquqlarga ega bo’lish.

"Uyg’urlar tarqoq xalq emas",- deydi Shon Roberts, "keying yillarda ular G’arbda kuchli tashkilotlar tuzishga, lobbichilikni oshirishga, muhojir jamoalarni birdamlikka undab, siyosiy nufuzini ancha mustahkamlashga muvaffaq bo’ldi". 

"Sharqiy Turkiston Islomiy Harakati degan terrorchi guruh bor degan ma’lumotlar uyg’urlar yuziga dog’ tushirdi, ammo uyg’ur faollar Amerika va Yevropa siyosatchilariga bu elat dardini tushuntirib, “Biz diniy emas, erkinlik kurashi olib bormoqdamiz” deya ko’rsata oldi",- deydi Shon Roberts.   

[insert caption here]
Nuri Turkel, uyg'ur faollaridan biri, deydiki, uning xalqi o'zligi, elat sifatida yashab qolish uchun kurashmoqda
Xalqaro miqyosda tanilgan uyg’urlardan biri bu Nuri Turkel bo’lib, yaqin yillargacha u Vashingtonda asoslangan Uyg’ur-Amerika Uyushmasi rahbari edi.  

Kasbi advokat, asli qashg’arlik, Xitoy va AQSh oliygohlarida ta’lim olgan Nuri Turkel deydiki, uning xalqi bugun juda mushkul bir holatda.  

“Xitoy”,- deydi  Nuri Turkel “bizni tag-tugimiz bilan yo’q qilishni, biz yashaydigan tabiiy jihatdan boy zaminimizni o’zlashtirib, uzoq asrlik merosimizni barbod qilmoqchi”.  

“Xitoy hukumati hamisha o’z qora ishlarini boshqalarga to’nkab keladi. Tibetdagi ahvol bunga bir misol. Tibet xalqi o’z uzviy huquqlarini talab qilmoqda. Lekin Xitoy ularni ezib, bu elatning diniy rahnamosi Dalay Lamani ekstremizmda, zo’ravonlikka undaganlikda ayblab keladi. Aksincha, Dalay Lama ham, mana bizning yetakchimiz Robiya Qodir ham tinchlik tarafdori ekanini aytib, muzokara va muloqotgacha chaqirib, Xitoy hukumatini bu xalqlar dardiga quloq tutishga undab kelmoqda”,- deydi Nuri Turkel. 

Uning nazarida Xitoy haqiqatni tan olgisi kelmaydi, ya’ni uyg’urlar erkin bo’lsa, Sharqiy Turkistondek tabiiy jihatdan boy, savdo-sotiq  rivojlangan bir mintaqani qo’ldan boy berishdan qo’rqib, zulmni kuchaytirmoqda.  

Hozirda  Shinjondan axborot olish yanada qiyinlashgan. Telekommunikatsiya vositalari va internetga to’siqlar qo’yilgan. Xorijda yashovchi millionlab uyg’urlar yaqinlari bilan bog’lana olmayapti.

Politics - US Capitol
Kongressda uyg'urlarni quvvatlovchilar ko'p, ammo ular ham Xitoy bilan hamkorlik muhim ekanini tan oladi
Uyg'urlar Amerikaga tayanch sifatida qaraydi, lekin... 

AQSh Kongressida uyg’urlarning homiylari, ularga madad berishga urinayotgan arboblar ko’p.

Lekin, deydi Vashington siyosiy doiralariga maslahat berib turadigan Shon Roberts,  Qo’shma Shtatlar Xitoy bilan hamkorlikni uyg’urlardan ustun qo’yishi ham sir emas.  

“AQSh bu borada hamisha juda mujmal pozitsiyaga ega bo’lgan”, deydi olim.  

"Vashington Sharqiy Turkiston Islomiy Harakatidek mavhum bir guruhni terror tashkilot deb chiqqan.  Bu esa Xitoyga uyg’urlarga zulm ko’rsatish uchun bahona va imkoniyat bo’ldi".  

AQSh uchun Xitoy yirik iqtisodiy hamkorlardan biri. Qolaversa ko’plab xalqaro muammolarga yechim topish uchun birgalikda ishlashga majbur.  

Shu bois, deydi Shon Roberts, Amerika uyg’urlar huquqi poymol etilmasligini so’rashi mumkin, ammo ular o’z davlatiga ega bo’lsin deb chiqmaydi .


Download Lavhani tinglang
Download  (MP3)
Listen to This Report Lavhani tinglang
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
AQSh uyg'ur masalasida Xitoyni xotirjamlikka chaqirmoqda
Xitoy Urumchidagi qonli voqealarda uyg'ur yetakchini ayblamoqda
Urumchida uyg'urlar bosh ko'targan, to'qnashuvlarda 156 kishi o'lgan
Guantanamodagi uyg'urlar yaqin kunlarda ozod etilishi mumkin
Uyg'urlar adolat talab qilmoqda, Xitoydan va jahon hamjamiyatidan
Uyg'ur imomning rafiqasi uning aybsiz ekanini ta'kidlamoqda
Uyg'urlar faol taqdiri yuzasidan Toshkentdan "aqlli" qaror kutmoqda
Uyg'urlar faol taqdiri yuzasidan Toshkentdan "aqlli qaror" kutmoqda
Robiya Qodir: Xitoy uyg'urlarni qo'rqitishga urinmoqda
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti AQShga qarshi blokmi?
AQSh: Aloqalar faqat harbiy sohada bo'lmaydi
O'zbek jangarilar Pokistonda mehmon emas, sig'indi
Tolibon va al-Qoida safida yuzlab o'zbeklar borligi aytilmoqda
Amerikaning O'zbekistondagi sobiq elchisi Genri Klark bilan suhbat
AQSh kongressmeni: Aloqalarda yangi sahifa ochamiz
Amerika tolerant jamiyat, lekin muhojirlikning o'z shartlari bor
Ayrim yuristlar attestatsiya qonunga xilof demoqda
AQSh: Qozog'iston ishonchni oqlamayapti
Senator Makkeyn: Karimovga ishonib, huquq chetda qolmasin
Amerika va Markaziy Osiyo rahbarlari orasida ishonch past
AQSh senatori: O'zbekiston istasa, vaziyatni o'zgartira oladi
Amerika mintaqa farovonligini ko'zlasin, deydi tahlilchilar
AQSh sudyasi: O'zbekiston huquq bobida yordamga muhtoj
Xitoy "uyg'ur ekstremistlari" haqida ogohlantirmoqda
Amerika Markaziy Osiyo basketbolchilarini quvvatlamoqda
AQSh: O'zbekistondan baza so'raganimiz yo'q
Mo'tabar Tojiboyeva kelajakdan umidvor, faol bilan TV suhbat
Inqiroz Markaziy Osiyoni chetlab o'tayotgani yo'q
Vatanda jinoyatchi, xorijda yurtining "sodiq o'g'loni"
Mo'tabar Tojiboyeva AQSh bergan mukofotni xalqiga bag'ishladi
O'zbekistonning temir ayollari oldidagi bugungi mashaqqatlar
Paxtaga talab past, O'zbekiston eksportni kamaytiradi
Axborot asrida sifatli axborot topish amri mahol
Amerika Markaziy Osiyo bilan ochiq muloqot yuritishga tayyor
Qirg'izistonda omma Manas emas, tirikchilik haqida o'ylamoqda
Markaziy Osiyoda ob-havo xizmatlarini yaxshilash kerak
Tinchlik va iqtisod - yilning eng dolzarb masalalari
Suv masalasi Markaziy Osiyoda birinchi o'ringa chiqishi kerak
Markaziy Osiyoda tabiiy boyliklardan kim foyda ko'rmoqda?
Ekspert: Markaziy Osiyo xorijiy sarmoyani saqlab qolishi kerak
Turkmanistonda saylovlar, o'zgarish o'zi nima?
Ziyolilar: Musulmon jamiyatlarini nopok siyosat qiynamoqda
Obamaga Markaziy Osiyoda katta umidlar bog'langan, lekin...
Barak Obama haqida yurtdoshlaringiz nima deyapti?
O'zbekistonlik kuzatuvchi: amerikaliklar davlatiga ishonar ekan
Oq Uy uchun kurash murakkab, ammo demokratik jarayon
Islomiy bank: tavakkal qilish moliyaviy inqirozga yetaklaydi
Muhojirotdagi o'zbekistonliklar huquqiy himoya so'ramoqda
AQSh: Markaziy Osiyo kim bilan hamkorlik qilishni o'zi biladi
Markaziy Osiyo birlashishidan kim nima foyda ko'radi?
"O'zbekiston ipak parda ortida yashaydi"
AQSh olimlari O'zbekiston bilan keng hamkorlikka tayyor
 
  Bosh mavzu
Qizil Xoch turmalarni tekshirmoqda, lekin xulosa oshkor etilmaydi

  Boshqa xabarlar
Kommunizmdan keyingi Rossiya hamon o'zligini qidirmoqda
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
G'arb Karzaydan korrupsiyaga qarshi amaliy choralar kutmoqda
Isroil-Falastin muzokaralari: Fikrlar tarqoq, murosadan darak yo'q
Urumchida to'qqiz uyg'ur qatl etilgan
Eron Rossiyadan qurol talab qilmoqda
Sovet kommunizmini jar yoqasiga yetaklagan omillar
Muxolifatchi Sanjar Umarov qamoqdan ozod etilgan
Berlinda yirik tarixiy sana nishonlanmoqda
Tojikiston ahli Rossiya va AQShdan birdek madad kutmoqda
O'zbekiston terim mavsumi tugamoqda, daromad qilgan fermer sanoqli
Vakillar Palatasi sog'liqni saqlash islohoti uchun ovoz berdi
Fort Xuddagi fojia ketidan Amerika musulmonlari xavotirda
Kommunizmga xotima yasagan voqealarni eslab...
Maykl Jeksonning armon bo'lib qolgan konserti
Qirg'izistonda davlati tilini yaxshi biladigan jurnalistlar yetishmaydi
Dilmurod Sayidning oilasi avtohalokatda o'lgan
Yevropa O'zbekiston energiya zaxiralariga yo'l topdi
Berlin devori qulashiga olib kelgan siyosiy-iqtisodiy omillar
Paxta plani bajarildi, lekin katta sinflar hali ham dalada
O'zbekiston mintaqaviy energetik tizimni tark etmoqchi
AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati - o'zbekistonlik ekspert fikri  Audio Clip Available
AQSh O'zbekiston bilan oshkora, kelishib ishlamoqchi  Audio Clip Available
Tarixga nazar: Berlin devori qulaganiga 20 yil to'ldi
Amerika iqtisodiyoti ancha jonlangan, ammo hamon krizisda
O'zbeklar Hamid Karzaydan dadil va adolatli qarorlar kutmoqda
G'arb, deydi ekspertlar, Markaziy Osiyoga e'tiborini oshirishi kerak