VOANews.com

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

 
45 tilda xabarlar
Robiya Qodir uyg'urlar nomidan Xitoyga qator talablar qo'ymoqda


07/07/2009

Robiya Qodir - Jahon uyg'urlari kongressi prezidenti
Robiya Qodir, Jahon uyg'urlari kongressi prezidenti
Xitoy hukumati Shinjon-Uyg’ur muxtoriyatida 5 iyul kuni ro’y bergan qonli namoyishlarda Jahon Uyg’urlari Kongressi rahbari Robiya Qodirni ayblamoqda. 

“Urumchidagi namoyishlar zo’ravonlik va ektremistik harakatning bir ko’rinishi”,- deydi Xitoy rasmiylari. Ular nazarida Robiya Qodir boshchiligidagi harakat xalqni isyon ko’tarishga undab, qon to’kishni tashviq qilmoqda.

Robiya Qodir xalqaro maydonda,  qahramon ona va yetuk faol sifatida tanilgan. Xitoy ayblovlarining birortasini tan olmaydi.

“Jahon uyg’urlari meni eshitadi, meni quvvatlaydi, meni hurmat qiladi. Bu rost. Qurultoyimiz va kengashimizga o’zining bir vakillik organi deb qaraydi. Bu ham rost. Lekin bugungi to’polon va notinchliklarni Xitoyning o’zi qo’zg’agan. Xalqimning na so’zlash huquqi yo’q, odamdek yashash huquqi yo’q, yo o’z vatanida ishlash huquqi yo’q. Xalqim nolisa,  Xitoy hukumati bizni terrorist deb ataydi. Uy’gur ana shu adolatsiz sabab ko’chaga chiqqan”,- deydi Robiya Qodir. 

[insert caption here]
Shinjon-Uyg'ur muxtoriyatida qariyb sakkiz million uyg'ur yashaydi
“Bu namoyishlarga mening aloqam yo’q. Xitoy aybni o’zidan qidirsin”,- deydi faol.

“60 yildirki biz Xitoy zulmi ostidamiz. Bizni bu davlat o’z mustamlakasiga aylantirgan. Bostirish ketidan bostirish.  Siyosiy tazyiqlarning cheki yo’q. Mana bugungi ahvolning o’zi uyg’ur va xitoylar birga yashay olmasligini isbotlamoqda. Bunday holatga olib borgan ham Xitoyning o’zi”,- deydi Robiya Qodir.

Uning qayd etishicha uyg’urlar hozirda chet mamlakatlardan turib ham Xitoy siyosatini qoralab, xalqaro hamjamiyatni ogohlikka chaqirish maqsadida turli chiqishlar uyushtirmoqda. Vashingtonda ham Xitoy elchixonasi oldida bugun katta piket o’tkaziladi.



Robiya Qodir va uning boshchiligidagi uyg’urlar Xitoyga qator talablar qo’ymoqda:

[insert caption here]
Uyg'urlar turkiy xalq, islomga e'tiqod qiladi
“Birinchi talabimiz uyg’urlarni millat sifatida tan olish. Ikkinchi talabimiz Xitoy bizning zaminimizni zaharlayotgan zavod-fabrikalarini, odamlarimizga zo’ravonlik qilayotgan harbiylarini olib chiqib ketsin. Uyg’urlar o’z taqdirini o’zi belgilasin. Xitoy qamoqxonalarida o’tirgan barcha uyg’urlar ozod etilsin. Ular Sharqiy Turkistonga, o’z ona yurtiga qaytsin. Bu elat o’ziga o’ziga xo’jayin bo’lsin”.

Robiya Qodir Amerikadan xalqi uchun yordam so’rab keladi. Kongress a’zolari bir necha bor murojaat qilib,  ulardan Xitoy bilan aloqalarda uyg’ur masalasini ko’tarishni iltimos qilgan.

“Biz yolg’iz AQShga emas, Yevropa Ittifoqi va BMTga ham murojaat qilib, yordam so’ramoqdamiz. G’arb davlatlaridan ko’mak istayapmiz. Uyg’ur xalqi o’z huquqlari hurmat qilinishini so’rayapti. Qachongacha xalqim ezilib yashaydi? Biz AQSh rahbariyati, Kongessi va uning a’zolariga o’z ahvolimizni tushuntirib, ularga xolis axborot berishga harakat qilayapmiz”,- deydi Robiya Qodir.

Xitoy hukumati Shinjon-Uyg’ur muxtoriyatiga xorij axborot vositalarini kiritmay keladi. 

“Bugungi vaziyat haqida faqat davlat matbuoti, tele va radio kanallar ma’lumot tarqatmoqda xolos”,  - deydi Tursun Muhammad, Yevropadagi uyg’ur faollardan biri. 

Qashg’arda qadim tarixga ega mahalla va mavzelar buzilib, o’rniga zamonaviy imoratlar qurilishi rejalangan. Bu ham uyg’urlar noroziligiga sabab bo’lgan.  Hukumat yangi uy-joy quriladi desa, aholi uyg’ur madaniyati yakson qilinmoqda deb shikoyat qiladi.


Download Suhbatni tinglang
Download  (MP3)
Listen to This Report Suhbatni tinglang
Tinglang (MP3)
E-mail This Article Xabarni jo'nating
Print This Article Bosma uchun
  Shu mavzuda
Robiya Qodir: Uyg'ur madaniyati - uning quroli
Xitoy Qashg'ardagi uyg'ur mahallalarini buzmoqda
AQSh Xitoy harbiy salohiyatidan xavotirda
Guantanamodagi uyg'urlar yaqin kunlarda ozod etilishi mumkin
Uyg'urlar va tibetliklar Xitoy zulmidan birdek norozi
Xitoy uyg'ur va Tibet ozodlik harakatlariga zarba bermoqchi
Uyg'urlar adolat talab qilmoqda, Xitoydan va jahon hamjamiyatidan
Uyg'ur imomning rafiqasi uning aybsiz ekanini ta'kidlamoqda
Uyg'urlar faol taqdiri yuzasidan Toshkentdan "aqlli" qaror kutmoqda
Uyg'urlar faol taqdiri yuzasidan Toshkentdan "aqlli qaror" kutmoqda
Uyg'urlarni bosh ko'tarishga undayotgan omillar ko'p
Xitoy Urumchidagi qonli voqealarda uyg'ur yetakchini ayblamoqda
Urumchida uyg'urlar bosh ko'targan, to'qnashuvlarda 156 kishi o'lgan
Xitoy uyg'ur yoshlarining masjidga qatnashini cheklab qo'ygan
Xitoy poytaxtida xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda
AQSh qonunchilari Xitoydagi huquqiy vaziyatdan norozi
Uyg'urlar mustaqillikka, Kipr turklari esa ittifoqqa intilmoqda
Uyg'urlar uchun Albaniyada hayot "zerikarli"
Robiya Qodir: Xitoy uyg'urlarni qo'rqitishga urinmoqda
Uyg'urlar AQShdan ko'proq yordam va e'tibor so'ramoqda
Robiya Qodir: Xitoy uyg'urlani ezishda davom etmoqda
Uyg'ur imom Husayn Jalil Xitoyda 15 yilga qamalgan
 
  Bosh mavzu
Qizil Xoch turmalarni tekshirmoqda, lekin xulosa oshkor etilmaydi

  Boshqa xabarlar
Afg'on hukumati layoqatli ekanini isbotlashi lozim
G'arb Karzaydan korrupsiyaga qarshi amaliy choralar kutmoqda
Isroil-Falastin muzokaralari: Fikrlar tarqoq, murosadan darak yo'q
Urumchida to'qqiz uyg'ur qatl etilgan
Eron Rossiyadan qurol talab qilmoqda
Sovet kommunizmini jar yoqasiga yetaklagan omillar
Muxolifatchi Sanjar Umarov qamoqdan ozod etilgan
Berlinda yirik tarixiy sana nishonlanmoqda
Tojikiston ahli Rossiya va AQShdan birdek madad kutmoqda
O'zbekiston terim mavsumi tugamoqda, daromad qilgan fermer sanoqli
Vakillar Palatasi sog'liqni saqlash islohoti uchun ovoz berdi
Fort Xuddagi fojia ketidan Amerika musulmonlari xavotirda
Kommunizmga xotima yasagan voqealarni eslab...
Maykl Jeksonning armon bo'lib qolgan konserti
Qirg'izistonda davlati tilini yaxshi biladigan jurnalistlar yetishmaydi
Dilmurod Sayidning oilasi avtohalokatda o'lgan
Yevropa O'zbekiston energiya zaxiralariga yo'l topdi
Berlin devori qulashiga olib kelgan siyosiy-iqtisodiy omillar
Paxta plani bajarildi, lekin katta sinflar hali ham dalada
O'zbekiston mintaqaviy energetik tizimni tark etmoqchi
AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati - o'zbekistonlik ekspert fikri  Audio Clip Available
AQSh O'zbekiston bilan oshkora, kelishib ishlamoqchi  Audio Clip Available
Tarixga nazar: Berlin devori qulaganiga 20 yil to'ldi
Amerika iqtisodiyoti ancha jonlangan, ammo hamon krizisda
O'zbeklar Hamid Karzaydan dadil va adolatli qarorlar kutmoqda
G'arb, deydi ekspertlar, Markaziy Osiyoga e'tiborini oshirishi kerak